Hikoya janridagi asarni o‘qitish mеtodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

8.2. Hikoya janridagi asarni o‘qitish mеtodikasi 
 
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir 
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi.
«Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning 
mazmunini ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». 
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr 
hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, 
tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalari haqidagi hikoyalar ko‘proq 
qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo‘lgan hikoya bilan 
tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish 
darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan 
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya 
mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: 
hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni 


246 
taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va 
umumlashtirish uchun foydalaniladi. 
Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar 
ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna 
olmaydilar. 
Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar 
nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar 
o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. 
O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad, hikoya 
bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga 
ta’sir etganini bilishdan iborat. SHundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning 
yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning 
asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. 
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, 
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari 
e’tibordan chetda qolmasligi lozim. 
Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan bolani o‘ziga tortadi. Lekin, 
hikoya janri ham hayotiyligi bilan o‘ziga xos. Hikoyada voqealar tez rivojlanib 
boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog‘liq hayotiy lavhalar bayon etiladi. 
o‘quvchilar qahramonlarning xarakteri, ulardagi xususiyatlar bilan qiziqadilar. 
Masalan, 3-sinf «O‘qish kitobi»da «Dadam qurgan dengiz» (Hakim Nazir), 
«Olma» (Malik Murodov), «Ilmli ming yashar» (Nurmat Maqsudiy), 
«Xazonchinak» (O‘. Hoshimov), «Qo‘shterak» (A. Irisov), «Va’da berdi» (K. 
Ersarin), «Mehnatkash qiz» (Oybek) va boshqa qiziqarli hikoyalar berilgan. Ular 
mavzu jihatdan xilma-xil bo‘lib, qahramonlarining xarakter - xususiyatlari bilan 
ham farq qiladi. 
Hikoya biror bir davr bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar qahramonlarning 
ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli va qorong‘i tomonlari 
xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la boshlaydilar. Ularda go‘zallik va 
nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan 


247 
tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Masalan, 3-sinfda 
«Jaloliddin Manguberdi» hikoyasida CHingizxon va uning qo‘shinlariga 
nisbatan nafrat uyg‘otilsa, Jaloliddin Manguberdining xatti-harakati orqali ona-
Vatanga mehr-muhabbat uyg‘otiladi, uning taqdiri orqali o‘z ajdodlaridan 
faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. 
Hikoya tahlili adabiy tur sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va vazifasidan 
kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir so‘z, ibora, gap 
yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. 
Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina 
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan 
foydalanish uchun ham manba bo‘lishi lozim. 
Boshlang‘ich sinflarda hikoya syujeti, kompozistiyasi, qahramonlarini 
o‘rganish bo‘yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda 
o‘quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi. 
«Jaloliddin Manguberdi» hikoyasi qahramonlarini, ularning xatti-
harakatlarini o‘rganish va tahlil qilishni matnga tayangan holda quyidagi reja 
asosida amalga oshirish mumkin: 
1. CHingizxonning hiyla ishlatgan o‘rnini matndan toping. U sizda qanday 
taassurot qoldirdi? 
2. Jaloliddin Manguberdining Eron va Afg‘onistonda mo‘g‘ullarga qarshi 
kurashib, erishgan g‘alabasi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing.
3. Lashkarboshilarning o‘lja taqsimlashi oqibatida nima yuz beradi? Bu 
o‘rinni matndan toping. 
4. Jaloliddin Manguberdining jasorati yana qaysi o‘rinda ko‘rinadi? 
5. CHingizxon Jaloliddin Manguberdiga nima uchun tan beradi? 
SHundan so‘ng o‘quvchilar Jaloliddin Manguberdi haqida ongli fikr 
yuritadilar. CHingizxon bilan Jaloliddin Manguberdining xatti-harakatlarini 
taqqoslab, farqlaydilar. 
Hikoya mazmunini o‘zlashtirish bo‘yicha matn asosida quyidagicha ishlar 
amalga oshiriladi: 


248 
1. Matn mazmuni yuzasidan o‘qituvchi savollariga javob berish
2. Hikoya matniga berilgan savol-topshiriqlarni bajarish; 
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o‘quvchilarning savollar tuzishi; 
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish; 
5. Hikoya matnini qismlarga bo‘lish; 
6. Har bir qismga sarlavha topish; 
7. Hikoyaga reja tuzish; 
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta 
hikoyalash)
9. Reja asosida bayon yozish. 
Tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning 
o‘ziga xosligi, obrazli tasvirning o‘quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga 
muvofiqligi nazarda tutiladi. 
Hikoyani o‘rganishda savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar 
mazmuni, 
qatnashuvchi 
shaxslarning 
xulq-atvorini 
ochish 
yuzasidan 
o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va 
ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o‘z fikrini izchil bayon 
qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq 
esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam beradi. 
Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish 
mumkin: 
1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga 
xarakteristika berish va boshqa.); 
2. Hikoyani o‘qish (bunda to‘liq va ma’no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi 
yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin); 
3. Lug‘at ustida ishlash; 
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar 
va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar yuzasidan qisqacha suhbat); 


249 
5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga 
o‘qitish) 
6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, xikoya 
rejasini tuzish; 
7. Reja asosida qayta hikoyalash; 
8.Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar; 

Download 5,58 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hikoya janridagi asarni o‘qitish mеtodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish