N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Tеz aytishlar 
O‘zim uzum uzib yedim. -z-m. 
Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma Olimxon. -m-1. 
To‘lqin turpni tunda to‘pladi. -r-t. 
Bo‘ri boqqa, Soqi toqqa bordi. -q-t. 
Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir. -ch-j. 
Bir tup tut, tut tagida turp, Tut turpni turtib turibdi, turp tutni turtib turibdi. -t-r. 
Sora allalaydi, Rashid arralaydi. -r-1. 
Hashar — hashardan shahar yashar. -sh-r. 
Bolalar bilan tez aytishlar mashq qilinganda shoir va yozuvchilarning 
asarlaridan, xalq ertaklari va maqollardan ham foydalanish mumkin. Masalan, 
"Bor ekanda, yo‘q ekan, och ekanda, to‘q ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, 
chumchuq chaqimchi ekan, yo‘lbars o‘kirar ekan, xo‘roz qichqirar ekan, bo‘ri 
bakovul ekan, tulki yasovul ekan. Ana shunday zamonda qora tovuqdek 
qaqillagan bir kampir bo‘lgan ekan". 
Shuningdek, quyidagicha badiiy asarlar matnidan foydalanib ham mashqlar 
o‘tkazish mumkin:
"Bir boy bor ekan,
uning oti Jomboy ekan, 


275 
o‘zi juda boy ekan,
bir choynakda aynab qolgan choy ekan,
yomg‘ir yoqqanda bulutlar orasidan mo‘ralab turgan oy ekan, 
suv o‘tmagan soy ekan,
birov minmagan toy ekan,
kigiz ko‘rpasi yo‘q,
birov yotmagan joy ekan, 
hech kim ichmagan choy ekan,
ana shunday dong‘i ketgan boy ekan".
Bolalar adabiyoti bilan ishlashda, o‘qilgan asardagi talaffuzi quyin bo‘lgan 
so‘zlarni o‘rgatish bilan ham, kundalik turmushda 
qo‘llanadigan so‘zlarga 
diqqatlarini qaratish bilan ham ularning lug‘at boyliklarini kengaytirib borish 
mumkin. Asar till ustida ishlashda muallif tomonidan qo‘llangan ko‘p ma’noli, 
ma’nolari bir-biriga yaqin hamda qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ayrim so‘z 
birikmalari bilan ishlash nutq o‘stirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bunday 
so‘zlar ustida ishlash bilan bolalar yangi bilim va tasavvurlarga ega 
bo‘ladilar.Ba’zan fasllarga bog‘liq she’rlar, tez aytishlar, topishmoqlarni ham 
o‘rgatib borish kerak. Yuqorida aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri 
talafruz qilishga, tez-aytishlar orqali ularning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga 
erishiladi.  
Maqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan 
qisqa, ko‘pincha she'riy shakldagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma'noli iboralardir. 
Maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lib, hayotning turli masalalarini qamrab 
oladi. Ko‘pincha maqol o‘git, nasihat xarakterida bo‘ladi: “Yer haydasang - kuz 
hayda, Kuz haydamasang yuz hayda”, „Hunari yo‘q kishining, mazasi yo‘q 
ishining" kabi. 
Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo‘lib, unda 
xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo‘ladi. Katta 
hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan ajoyib so‘z ustalarining o‘lmas satr va 
hikmatli so‘zlari ham ko‘pincha xalq maqollariga o‘xshab ketadi. Masalan, 


276 
A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir qancha hikmatli so‘zlari 
shular jumlasidandir: „Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, qatra-qatra yig'ilib daryo 
bo‘lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq. 
Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga 
oshiriladi. Maqollarni o‘rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak.
1-2-sinflar maqollarni o‘rganishning birinchi bosqichi bo‘lsa, savod o‘rgatish 
davri maqollarni o‘qish va o‘rganishning tayyorlov bosqichidir. 
Savod o‘rgatish davridayoq o‘quvchilar maqollarni o‘qiydilar. Alifbe 
davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo‘lib, ular matn 
g'oyasini o‘quvchilarga lo‘nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu 
vaqtda o‘quvchilarga maqollar o‘qitiladi, ma'nosini bilganlaricha izohlab 
berishlari so‘raladi. O‘quvchilar javobini o‘qituvchi to‘ldirib, misollar bilan 
dalillab 

Download 5,58 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish