• 8.5. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi
  • N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/163
    Sana12.01.2024
    Hajmi5,58 Mb.
    #136140
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163
    Bog'liq
    12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

    xatti-harakatlarining sabablarini ochish; 
    — allegoriyani aniqlash; 


    261 
    — masal xulosasini tahlil qilish.
    Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o‘qish darsining qurilishi 
    quyidagicha ba'ladi: 
    1. Tayyorgarlik ishlari: 
    a) masal muallifi haqida o‘qituvchi hikoyasi; 
    b) o‘qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat; 
    d) o‘qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida 
    suhbat. 
    2. Masalni o‘qituvchi o‘qishi (magnitafon yozuvini eshitish yoki film 
    ko‘rsatish ham mumkin). 
    3. Masal matni ustida ishlash: 
    a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o‘qish, reja tuzish va 
    hokazo); 
    b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos 
    xususiyatlarini tushuntirish (tanlab o‘qish, so‘z bilan va grafik tasvirlash, 
    savollarga javob berish); 
    d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni 
    belgilash; 
    e) krossvordlar, ta'limiy o‘yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal 
    mazmuni va g'oyasini o‘zlashtirish. 
    4. Allegoriyani ochish. 
    5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish. 
    6. Hayotda uchragan shunga o‘xshash hodisalarga taqqoslash 
     
    8.5. Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi 
    Boshlang‘ich sinflarda ilmiy - ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy 
    maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan 
    bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim 
    olishga o‘rgatishdan iborat. 


    262 
    Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o‘qish bilan 
    bog‘liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining 
    bo‘rtishi), o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda 
    yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan 
    uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
    Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz 
    hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy 
    sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Beruniy, Ibn 
    Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi 
    matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat 
    o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va 
    mas’uliyatni teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga 
    muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi.
    Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy - ommabop asarlar bilan 
    tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi 
    kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha 
    bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan 
    bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e’tibor berish zarur. 
    1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari 
    mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning 
    o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini 
    kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda 
    tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati 
    yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
    Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o‘quv kinofilmlaridan ham 
    foydalanish mumkin. 
    Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab o‘qitish 
    kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan 
    Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam 


    263 
    beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat 
    tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. 
    Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari «Toshkent», «Toshkent metrosi» 
    mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «Asrga tatigulik kun» (Chingiz Aytmatov) 
    asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning 
    hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, 
    mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, 
    xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
    Ilmiy-ommabop 
    maqolalarni 
    izohli 
    o‘qish darsini uyushtirishda 
    quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin: 
    1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, 
    ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat 
    o‘tkazish; 
    2. Maqolani yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish 
    bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash; 
    3. Maqola rejasini tuzish; 
    4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish; 
    5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish; 
    6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish; 
    7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash 
    va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda 
    tutiladi; 
    8. Reja asosida qayta hikoyalash; 
    9. Xulosalash va umumlashtirish. 
    Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har 
    bir mavzuda bayon etilgan tarixiy - adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi 
    umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta’minlaydi. 
    Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy - 
    siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning 
    mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.


    264 

    Download 5,58 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   163




    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

    Download 5,58 Mb.
    Pdf ko'rish