N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/163
Sana12.01.2024
Hajmi5,58 Mb.
#136140
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
Bog'liq
12590 2 CE8BD3CE1F03505534B64BE6967001D373895E4B

Tez aytishlar ma'lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g'ri talaffuz 
qilishga, 
uni 
boshqa 
tovushlardan 
farqlashga 
o‘rgatadigan, xotirani 
mustahkamlaydigan va nutqni o‘stiradigan, o‘qish sur'atini oshiradigan janr 
hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko‘pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan, 
“Botir botmas botqoqqa”, „Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", „Bahodir 
bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga bayroqni berdimi?", “Olim oldidagi 
oltita olmani oldi” va boshq. 2-sinfda esa quyidagi tez aytishlar keltirilgan: 
Qobil qahraton qishda qishloqda qishladi. 
Qahraton qishda Qobil qishladi. 
Bu tez aytishni o‘rgangandan keyin qish, qor, sovuq, muz, yax, 
yaxmalak, sumalak, ayoz so‘zlari ishtirokida hikoya tuzish o‘quvchilarga 
topshiriladi. O‘quvchilar quyidagicha hikoya tuzishlari mumkin. 
Qish keldi. Kunlar sovidi. Qor yog‘a boshladi. Suvlar muzladi tarnovlarda 
sumalaklar paydo bo‘ldi. Biz bolalar yaxda yaxmalak ucha boshladik. Ayoz 
bobo oynalarga gul solib ketdi.
Bunday hikoyalarni tuzish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati 
shakllanadi, dunyoqarashi kengayadi, og‘zaki nutqi oshadi.
Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq. 
Qo‘ng‘iroq qo‘g‘irchoqnikimi, qo‘zichoqnikimi? 
Shuningdek 3-sinfda ham tez aytishlar keltirilgan: 
Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi. 
Tolib tandir tagidan tanga topdi. 
San’at saroyi – saroylarning sarasi. 
Salimning sadadagi sap-sariq sa’vasi sahar sayraydi. 
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga 
o‘quvchilar yoshiga mos, mavzular bo‘yicha tanlab olingan, 


272 
Nutqni eshitish va undan o‘z tajribasida foydalanish natijasida bolalarda 
ongli ravishda ta’lim metodikasiga asoslanadigan "tilni sezish" shakllanadi. 
Nutq o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, 
ya’ni, birinchidan, ikki nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til 
vositalaridan foydalanib, fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish 
hisoblanadi.Tilni o‘rganish jarayonida bolalarni turli xil rollarni bajarishga, bir-
birlari bilan gaplashishi, o‘yinchoqlari bilan muloqotda bo‘lishga, o‘z ismini va 
ota-onalarining ismini aytishga, boshqa bolaning ismini so‘rashga o‘rgatib 
borish zarur. Bu jarayonda bolalarning o‘yin mashqlarini bajarishi orqali lug‘at 
boyligi o‘sib borishi bilan birga, so‘zlarni bir-biriga moslashtirish, ularni o‘z 
o‘rnida qo‘llay bilish malakasi o‘sadi. 
Bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini 
ta’minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi. 
Boshlang‘ich sinflarda ayrim bolalar nutq madaniyati boshqa bolalarga 
qaraganda birmuncha yaxshi bo‘ladi. Ular so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qiladilar, 
savollarga qiynalmay, erkin javob beradilar. Lekin ko‘pchilik bolalar nutqida 
ba’zi nuqsonlar uchrab turadi. Masalan, s, z, sh, k, ch, b, p, g, j, r kabi undoshlar 
talaffuzida bu ko‘proq seziladi. O‘qituvchi bolalar bilan ishlashda shunday 
nuqsonlarni bartaraf etishga e’tibor berishi lozim. Buning uchun turli usul va 
vositalardan 
foydalanish 
mumkin.So‘zlarning 
talaffuzi 
ustida 
maxsus 
qo‘shimcha ish olib borilishi lozim. Buning uchun mashg‘ulotning o‘zi yetarli 
emas. Mashg‘ulotdan tashqari sayr paytida, didaktik o‘yinlar o‘tkazilayotgan 
vaqtda bolalar bilan yakka tartibda ishlashga ham to‘g‘ri keladi. So‘zlarni to‘g‘ri 
talaffuz qilishga o‘rgatishda quyidagi mashqlarni qo‘llash yaxshi samara beradi: 
1. So‘zlarni bo‘g‘in va tovush tomondan tahlil qilish. 
2. Bo‘g‘inlardagi harflarning tovush tomondan to‘g‘ri talaffuz qilinishiga 
e’tibor berish, ya’ni fonematik eshitishni rivojlantirish. 
Bu bolalar talaffuzida qiynalayotgan tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni 
og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘lishiga (artikulyatsiyaga) diqqat qaratishni taqozo 
etadi. Masalan, r undoshi tilning orqa tanglayga tegib, tovush paychalarining 


273 
titrab chiqishi natijasida hosil bo‘lishi, b undoshi ikki labning mahkam 
jipslashuvi natijasida o‘pkadan chiqayotgan havoning portlashidan hosil 
bo‘lishini amaliy ko‘rsatish zarur.Talaffuzi qiyin tovushlarni biror hayvon yoki 
parrandalarning ovoziga taqlid qilish va uni takror-takror mashq qilish ham 
yaxshi natija beradi. 
— Bolalar, qurbaqa qanday sayraydi? 
— Qurbaqa "qur-r, qur-r" deb sayraydi. 
— Kechqurunlari chigirtkalarning ovozini eshitganmisiz? 
— Qishda kunlar isib qolgan vaqtda qarg‘alar qanday ovoz beradi? 
— Traktor yurganda qanday ovoz chiqaradi? 
"Sh" tovushining to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish uchun: 
— Hon sudralganda qanday ovoz chiqaradi? 
— Vish-vish-vish. 
Ba’zan buyumlarning nomini takror-takror ayttiriladi: shar, arra, choynak, 
cho‘mich, chaqich kabi. Shuningdek, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga 
o‘rgatishda tez aytishlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, s, sh, g 
undoshlarining to‘g‘ri talaffuzi uchun, avvalo, quyidagicha mashqlarni o‘tkazish 
lozim: 
So-so-so-so Sodiq, sochiq, somon.
Sa-sa-sa-sa sa’va, sariq, sayr.
Sha-sha-sha-sha sharshara, Shahlo, shaqildoq.
Sho-sho-sho-sho sholi, oqshom, sholg‘om. 
Ra-ra-ra-ra rasm, randa, raketa. 
Ro-ro-ro-ro rom, rohat, rost. 
Bu mashqlarni bolalar o‘qituvchi bilan birgalikda shoshilmay, bo‘g‘iniarni 
ifodali qilib aytadilar. Keyinchalik mazkur bo‘g‘inlar qatnashgan so‘zlarning 
to‘g‘ri talaffuzini mashq qiladilar. So‘ngra tez aytish mashqiga o‘tish mumkin: 
Sodiq sochini sochiqqa artdimi,
Sodiq sochiqqa sochini artdimi?
Saodat soatni soatsozga sozlatdi 


274 
Shahlo shaqildoqni shoshib shaqillatdi.
Tohirning traktori tog‘ orqasida tirilladi. 
Tez aytishni dastlab asta-asta aytib, keyin bir nafasda necha marta ayta 
olishga e’tibor qaratiladi. Tez aytish jarayonida o‘qituvchi bolalarni to‘g‘ri 
talaffuzga o‘rgatishi, tovushlarni bir-biridan farqlashlariga e’tibor berishi, 
bolalar nutqini doim kuzatib borishi va xatolarni tuzatib borishi lozim. Boshqa 
millat bolalarining ham davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilini egallashlariga harakat 
qilishi, tilimizga muhabbat uyg‘otishi zarur. 
Bola zerikmasligi, toliqmasligi uchun o‘qituvchi albatta belgilangan vaqtda 
jismoniy tarbiya mashqlarini o‘tkazishi kerak. Bu bolalarni charchashdan 
saqlaydi, ongini rivojlantiradi, nutqini faollashtiradi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N. B. Adizova, R. X. Jumayev, R. A. Qo‘ldoshev, S. R. Ismatov ona tili o‘qitish metodikasi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish