|
N. G. Mardanova
|
bet | 21/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Bekor qilish(Отмена)
Bekor qilish hodisasi foydalanuvchi ayni paytda maydondagi yoki ayni paytda yozuvda qilingan o‘zgarishlarni bekor qilish uchun ishlatiladi. Misol uchun klavishasini bosib yoki instrumentlar panelidagi $$ (Undo Field/Record) tugmasini bosib. Bu hodisani qayta ishlash protsedurasi faqat bitta Cancel parametriga ega. Unga True qiymatini berib bekor qilish operatsiyasini uzib qo‘yish mumkin, shunda ayni paytdagi maydondagi ma’lumotlar yoki yozuv o‘zgarganicha bo‘lib qoladi.
Fokus hodisalari
Fokus hodisasi forma, hisobot yoki formadagi boshqarish elementi qabul kilganda yoki yo‘qotganda, xamda forma yoki hisobot aktiv yoki uning aksi bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Kirish(Вход)
Kirish(Enter) hodisasi formadagi boshqarish elementi shu formaning boshqa boshqarish elementidan fokus qabul kilganda yoki formani ochganda fokusni birinchi boshqarish elementi qabul qilganda bajariladi. Uni shu element xaqida ekranga qandaydir ma’lumotlar chiqarganda qulay. U Fokusni olish (GetFocus) hodisasigacha sodir bo‘ladi, lekin Текущая запись(Current) hodisasidan keyin.
Chiqish(Выход)
Chiqish(Exit) hodisasi formadagi boshqarish elementi shu formaning boshqa boshqarish elementidan fokus qabul qilish gacha, lekin Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisasidan oldin sodir bo‘ladi.
Kirish(Enter) va Chiqish(Exit) hodisalari guruhdagi bayroqcha xamda qayta ulagichlar uchun to‘liqligicha aniqlanmagan. Kirish(Enter) va Chiqish(Exit) hodisalari sodir bo‘lmaydi, agar fokus boshqa forma elementiga yoki hisobotga o‘tsa. Bu ularni Fokusni olish (GetFocus) va Fokusni yo‘qotish (LostFocus) hodisalaridan farqlaydi.
Fokus olish(Получение фокуса)
Fokus olish (GetFocus) hodisasi forma yoki formaning boshqarish elementi fokus olganda ishga tushadi. Boshqarish elementi forma qabul qila oladi, faqat agar u ko‘rinsa va mumkin bo‘lsa(uning Ekranga chiqarish xossasi(Visible) va Murojaat imkoni (Enabled) xossalari Ha qiymatiga ega). Shu bilan birga Fokusni olish(GetFocus) hodisasi Kiritish(Enter) hodisasidan so‘ngsodir bo‘ladi. Forma fokus qabul kila oladi agar undagi hamma maydonlar blokirovka qilingan bo‘lsa, aks xolda Fokusni olish (GetFocus) hodisasi forma uchun chiqmaydi.
|
| |