|
N. G. Mardanova
|
bet | 24/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Sichqoncha hodisasi
Bu hodisa formadagi yoki uning biror boshqarish elementida qandaydir harakat sichqoncha yordamida qilinsa ishga tushadi. Sichqoncha hodisalari hisobot boshqarish elementlariga, xamda guruhlardagi bayroqcha va qayta ulagichlar uchun aniqlanmagan. Ular faqat guruhlarga to‘liqligicha aniqlangan.
Tugmani bosilishi(Нажатие кнопки)
Bu eng keng tarkalgan hodisa. U formada ham uning boshqarish elementlarida ham paydo bo‘ladi.
Forma uchun Tugmani bosilishi hodisasi (Click) sichqoncha tugmasini nafaqat element ustida bosganda, balki unga biriktirilgan yozuvda bosganda ham sodir bo‘ladi.
Lekin boshqarish elementi uchun u faqat sichqoncha tugmasini bosganda emas, boshqa ba’zi xollarda ham sodir bo‘ladi:
Elementni ro‘yxatdan tanlashda, uni sichqoncha bilan tanlanganligidan yoki kursor boshqarish klavishini keyinchalik tugmasini bosish bilan tanlashdan kat’iy nazar;
tugmasini bosishda, fokus bayroqchada, qayta ulagich yoki buyruq tugmasida o‘rnatilgan bo‘lsa;
formada Да qiymatli O‘rnatilgan bo‘yicha (Default) tugma xossasini tugmasini bosishda. Shunda xuddi shu tugmaga fokus o‘rnatiladi.
formada Да qiymatli Rad etish (Cancel)xossalar tugmasini o‘z ichiga oluvchi, tugmasini bosishda;
Murojaat imkoni tugmasini bosishda, agar ular formadagi tugmalar bilan bog‘liq bo‘lsa.
Shunday qilib Tugmani bosilishi (Click) hodisasini qayta ishlash protseduralari bu tugma qanday tanlanganligidan kat’iy nazar-sichqoncha tugmasini bosishda, tugmasini bosishda yoki qabul tugmasi ishga tushadi. Hodisani qayta ishlash protsedurasi faqat bir marta ishga tushadi. Agar uni tugmacha bosilib turgunicha bir necha bor ishlashi talab etilsa, u xolda tugma uchun Avtomatik qaytarish (AutoRepeat) xossasidan foydalanish kerak. Agar sichqonchaning qaysi tugmasi bosilganligini bilish kerak bo‘lsa, u xolda Tugma pastga (MouseDown) va Tugma tepaga (MouseUp) hodisalaridan foydalanamiz.
|
| |