|
Klavisha pastga(Клавиша вниз) va Klavisha tepaga (Клавиша вверх)
|
bet | 23/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Klavisha pastga(Клавиша вниз) va Klavisha tepaga (Клавиша вверх)
Klavisha pastga (KeyDown) va Klavisha tepaga (KeyUp) hodisalari xar gal foydalanuvchi klaviaturaning tugmalarini bosganda yoki qo‘yib yuborganda ishga tushadi, bunda fokus boshqarish elementida yoki formada bo‘ladi. Bu hodisani qayta ishlash protsedurasi foydalanuvchi qaysi tugmani bosganligini aniqlash uchun ishlatiladi-funksional, kursorni boshqarish tugmasi, raqamli panel tugmalari yoki , yokitugmalari kombinatsiyasi Ular ikkita:KeyCode va Shift parametrga ega. KeyCode bu - xar bir tugmani kodini ko‘rsatuvchi butun son. Shift parametri qaysi tugmalar kombinatsiyasi bosilganligini ko‘rsatadi- 1-ga to‘g‘ri keladi, 2-, 4-,
0- tugmalar bosilmaganligini bildiradi. Agar , , tugmalari ixtiyoriy kombinatsiyada bo‘lsa, Shift parametri shu tugmalar qiymati yig‘indisiga teng buladi.
Klavisha bosilishi(Нажатие клавиши)
Klavisha bosilishi(KeyPres) hodisasi agar foydalanuvchi fokusga ega bo‘lgan ixtiyoriy tugmalar kombinatsiyasini bossa yoki qo‘yib yuborsa sodir bo‘ladi. Klavisha pastga(KeyDown) va Klavisha tepaga(KeyUp) hodisalaridan farqli bu hodisa funksional, kursor boshqarish va , yoki klavishalari bosilsa ishlamaydi. Bundan tashqari bu hodisalar yuqori va quyi registrlar uchun xar xil. Hodisani qayta ishlash protsedurasi bitta argument:KeyAscii-bosilgan klavisha kodini ko‘rsatuvchi butun son. Agar foydalanuvchi klavishasini bosib qo‘yib yubormasa, u xolda Klavisha pastga(KeyDown) va Klavisha tepaga(KeyUp) hodisalari, u klavisha qo‘yib yubormaguncha takrorlanadi. Shunda Klavisha tepaga(KeyUp) hodisasi bajariladi. Agar klavisha bosilish natijasi fokusni bir elementdan boshkasiga o‘tkazish bo‘lsa, u xolda Klavisha pastga(KeyDown) hodisasi birinchi element uchun sodir bo‘ladi, Klavisha tepaga(KeyUp) va Klavisha bosilishi(KeyPres) hodisalari ikkinchi uchun bajariladi.
Agar tugma bosilishi natijasida dialog oynasi ko‘rinsa Klavisha pastga(KeyDown) va Klavisha bosilishi(KeyPres) hodisalari bajariladi, Klavisha tepaga(KeyUp) hodisasi esa ishlamaydi.
|
| |