|
Sichqoncha g‘ildirakchasi(Колесико мыши)
|
bet | 26/101 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 3,88 Mb. | | #145014 |
Bog'liq Access 2 лотин (2)Sichqoncha g‘ildirakchasi(Колесико мыши)
Foydalanuvchi skrolling g‘ildirakchasi yordamida sichqoncha ko‘rsatkichini harakatlantirganda hodisa yuz beradi. Hodisani qayta ishlash protsedurasi ikki parametrga ega:
Page - ko‘rsatkich boshqa sahifaga o‘tganda True qiymat qabul qiladi;
Count - Formani sichqoncha g‘ildirakchasi yordamida siljitilgandagi ko‘rsatkich ko‘chgan chiziqlar soni.
Tugma tepaga(Кнопка вниз) va Tugma pastga(Кнопка вверх)
Tugma pastga(MouseUp) va Tugma tepaga(MouseDown) hodisalari foydalanuvchi sichqoncha tugmasini bosganda yoki qo‘yib yuborganda sodir bo‘ladi, xamda Tugma bosilishi (Click) vaTugmani ikki bosilishi(DblClick) hodisalaridan farqli qaysi tugma bsoilganligini aniqlaydi. Bu hodisani qayta ishlash protsedurasi to‘rtta parametrga ega:Button, Shift, X, Y. Bu parametrlar birinchi Button parametridan tashqari Ko‘rsatkichni ko‘chirish(MouseMove) hodisasiga uxshash. Chunki bu xolda aniq bir tugma bosiladi, Button parametri qaysi tugmaligini aniqlaydi. Agar foydalanuvchi birdaniga ikkita tugma bossa, birinchi va ikkinchi tugmalar uchun hodisalar bajariladi. Agar sichqoncha tugmasi ko‘rsatkich formaning boshqarish elementlaridan birida bo‘lgan bo‘lsa, u xolda aynan shu ob’уektga sichqonchaning keyingi hamma hodisalari Tugma tepaga(MouseUp) hodisasini ham qo‘shib hisoblaganda taaluqli bo‘ladi.
Chop etish hodisalari
Chop etish hodisasi hisobot tomonidan va uning ixtiyoriy sohalaridan chop etishda yoki predvaritelniy ko‘rishda sodir bo‘ladi.
Formatlash(Форматирование)
Formatlash(Format) hodisasi hisobot uchun ma’lumotlar tanlanganidan keyin, lekin hisobotning deyarli xar bir qismi Formatlanishdan oldin sodir bo‘ladi. Shu bilan birga ma’lumotlar qismi uchun bu hodisa hisobotning xar bir yozuvi uchun sodir bo‘ladi. Bu xar bir yozuvni xar xil formatlash imkonini beradi. Hisobotdagi guruh sarlavhasi uchun hodisa xar bir guruh uchun sodir bo‘ladi. Bu hodisani qayta ishlash protsedurasi ikkita-Cancel va FormatCount parametrga ega. Cancel ushbu qismni formatlashni bekor qilish imkonini beradi. Buning uchun unga True qiymatini o‘zlashtirishni o‘zi kifoya. Bu sizga sahifada bo‘sh joy qoldirmay hisobot qismlarini o‘tkazib yuborish imkonini beradi. FormatCount- Formatlash(Format) hodisasi necha marta sodir bo‘lganligini hisoblaydigan hisoblagich.
|
| |