• Komillik - ongli insonga xos va mos bolgan xislat, aqliy- manaviy darajadir. Tarbiya
  • Tarbiya nazariyasi
  • Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
  • N. M. Kayumova




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Tayanch tushunchalar:
    Burch 
    - kishilarning biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan 
    oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha.
    Davlat standartlari 
    - ta'limning zarur yetarli darajasiga 
    qo'yiladigan davlat talablarini belgilovchi mezon.
    Didaktika 
    - pedagogikaning taTim va o'qitish nazariyasini 
    ishlab chiqaradigan tarmog'idir.
    Komillik 
    - ongli insonga xos va mos bo'lgan xislat, aqliy- 
    ma'naviy darajadir.
    Tarbiya 
    - aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosi­
    da tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyor- 
    lashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.
    Tarbiya nazariyasi 
    - pedagogika fanining tarkibiy qis- 
    mi bo'lib, yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashning 
    mazmuni, metod va usullari hamda tashkil etish masalalari- 
    ni o'rganadi.
    Nazorat uchun savollar:
    1. Maktabgacha pedagogika fanining predmetini yoriting.
    2. Maktabgacha pedagogika fanining maqsad va vazifalari 
    haqida nimalarni bilasiz?
    3. Maktabgacha pedagogika fani qaysi fanlar bilan aloqa- 
    dor?
    48


    4. Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular 
    qaysilar?
    5. Maktabgacha ta'lim didaktikasining asosiy xususiyatla- 
    rini izohlang.
    6. Bilimlar dasturi qaysi tamoyillar asosida shakllantirila­
    di?
    Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
    ;1.Maktabda pedagogika fani qaysi fanlar bilan aloqador?
    a) Falsafa, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya
    b) Matematika, fizika 
    v) Kibernetika
    g) Dialektik materializm
    2.Pedagogikaning asosiy tushunchalari qaysilar?
    a) O'qish, o'qitish
    b) Ma'lumot, taTim, tarbiya 
    v) Qayta tarbiyalash
    g) O'z-o'zini tarbiyalash
    3.Pedagogika fan sifatida qaysi jamiyatda shakllangan? 
    a) ibtidoiy jamiyatda
    bj quldorlik jamiyatida 
    v) feodalizm jamiyatida 
    g) sotsialistik jamiyatda
    4. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qaysilar?
    a) Adabiyotlarni o'rganish
    b) Kuzatish, suhbat, anketa yo'li bilan so'rash
    v) Hujjatlar va bolalarni ishlarini o'rganish metodi, tajriba 
    o'rganish metodi
    g) Hamma javoblar to'g'ri,
    5. Tarbiyaning xususiyatlari qaysi bandda to'g'ri yoritilgan? 
    a) Komplektlilik, mantiqiy ketma-ketlik, uzviyli, uzliksiz-
    lik, tizimlilik, yaxlitlik;
    b j Tizimlilik, modelilik, dasturlilik, bilimdonlik, harakatli- 
    lik;
    v) Boshqarish, hamkorlik, ishchanlik, sifatlilik, dasturlilik; 
    g) Ma'naviyat, optimanllik, tezkorlik, psixologik vaziyat.
    49



    Download 18,65 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish