• Mehnat faoiiyatida
  • N. M. Kayumova




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    O'yin faoliyatida:
    - O'yinlarda ijtimoiy hayotning ijobiy hodisalarini aks 
    ettirish;
    - 0 ‘yinda kelishish;
    390


    - Syujetni hamkorlikda aniqlash;
    - Rollarni haqgo'yiik bilan taqsimlash;
    - O'yin tuzilishi mustaqil tayyorlash;
    - Syujet mazmunini faol rivojlantirish;
    - O'yinda bir-birini tushunishga erishish;
    - Do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash;
    - O'yinning ma'nosini to'liq amalga oshirish;
    - 0 ‘yinchoq va materiallarni joy-joyiga eslatishlarsiz olib 
    borib qo'yish;
    - O'yin qoidalariga to'liq rioya qilish kabi ko'nikmalar o'yin 
    faoliyatini muvaffaqiyatli egallaganliklarining ko'rsatkichi 
    bo'lib hisoblanadi.
    Mehnat faoiiyatida:
    - Mehnat majburiyatlarini (o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, 
    navbatchilik, ish o'rnini tartibli saqlash] yaxshi bajarish;
    - Bajarilgan ish sifat va natijasi;
    - Vazifalarni o'zaro adolatli taqsimlay olishlari;
    - Do'stona ishlay olishlari;
    - Mehnat jarayonida madaniy xulq-atvor qoidalariga 
    rioya qilishlari orqali tarbiyachi bolalarda mustaqillikni
    tirishqoqlikni, uyushganlik va javobgarlikni his qilish 
    mas'uliyatini shakllantirishda foydalanadi.
    Bolalarning jamoa mehnatlari mazmunlari va uyushtirilishi 
    murakkablashib, bolalar guruhlariga birikib ishlashadi, 
    bunda hamkorlikdagi mehnat amalga oshiriladi. Bolalarning 
    jamoa mehnati faoliyati asoslarini muvaffaqiyatli egaliashlari, 
    mehnatda mustaqillik va uyushganlikni shakllanganligining 
    ko'rsatkichi bolalarning mehnat maqsadini tarbiyachi bilan 
    birgalikda rejalashtirishlari va uning natijasini tasavvur 
    qilishlari, zarur materiallarni ajrata olish, vazifalarni mustaqil 
    taqsimlash va mehnat natijasini to'g'ri baholay olishlari lozim. 
    Mehnat burchagida bolalarga tushunarli bo'lgan mehnat turlari 
    bilan mustaqil shug'ullanish uchun barcha zarur narsalar 
    bo'lishi kerak. Bolalarga uskuna, o'yinchoq, qo'llanmalarni 
    guruh xonasida tartibli saqlash uchun mas'uliyat hissi
    391


    shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini 
    jamoa bo'lib yig'ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning 
    badiiy-estetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik 
    muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta'minlanadi, kattalar 
    mehnati 
    haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi, 
    kishilar 
    mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish 
    korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy 
    xizmat xodimlarining mehnatlari to'g'risida tushuncha hosil 
    qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim muassasasida 
    tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha 
    yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta qurishga
    bolalarda mehnat taTimining yangi sharoitlariga faol har 
    tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
    Bolaning maktab ta'limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda 
    o'qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir. U 
    bolalarda matematika, ona till kabi o'quv fanlarini o'rganishi 
    uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning 
    mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassa­
    salarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib 
    toptirish, nutqni o'stirish, o'qish va savodni egallashga tayyor- 
    lanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda 
    o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish