• Guruh xonasida
  • Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet153/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti 
    - bu faollikning 
    turli shakllaridan iborat ta'lim jarayonini amalga oshirish 
    funksionallik, 
    jihozlarning yetarliligi, 
    ko'p 
    darajaliligi 
    (rivojlanishi turlicha bo'lgan bolalarning o'z maqsadlariga 
    erishishni ta'minlaydigan] 
    va funksionalligi 
    (bolalarni 
    faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta'minlaydigan) 
    bir-biridan ajralib turadigan rivojlantiruvchi oqilona muhitni 
    tashkil etishni talab etadi. Bu tayyorlov guruhi bolalarning 
    mazmunli, mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
    Guruh xonasida:
    - Bolalarning qiziqishlari bo'yicha erkin mustaqil faoliyat 
    uchun joy ajratiladi;
    - Stullar bilan ajratilgan syujetli o'yinlar, sinov va tajriba, 
    stol ustida o'ynaladigan o'yinlar va didaktik mashg'ulot, qo'l 
    mehnati va tasviriy faoliyat uchun joy;
    413


    - Kitob burchagi (rasmli aibomlar, jurnallar];
    - O'zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi;
    - Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo'yi 
    baravar o'rnatilishi lozim],
    Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish 
    ko'nikmalarining shakllanishini ta'minlaydi.
    Har bir guruh xonalari bir necha markazga bo'linib, o'yin va 
    o'rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro 
    aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo'ladi.
    Turli guruhlarda markazlar to'plami bolalarning yoshi
    qiziqishlari, ehtiyojlariga ko'ra o'zgacha bo'lishi, vaqt o'tishi 
    bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov 
    guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil 
    etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog'i, 
    tarixiy joylarga sayohat uyushtirilishi kerak. Shuni unutmaslik 
    kerakki, maktabgacha ta'lim muassasasi hududini ham talab 
    darajasida jihozlash ham rivojlantiruvchi muhit sifatida ijobiy 
    ta'sirni yanada oshiradi.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish