• Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
  • Bolaga talim berish boyicha quyidagi uch omil mavjud
  • Bolaga yo'naltirilgan yondashuv




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/288
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,65 Mb.
    #146071
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   288
    Bog'liq
    Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

    Bolaga yo'naltirilgan yondashuv.
    - Pedagoglar ayni paytda ijobiy o'zgarishlar darajasini 
    belgilayotganda va navbatdagi qadamlarni rejalashtirilayot- 
    ganda dasturning maqsadini xayoldan chiqarmaydi;
    - Maqsadlarga qay darajada erishish mumkinligi bola­
    ning individual rivojlanishining avvalgi tajribasi, bilimi va 
    ko'nikmalari hamda ta'lim qanday sharoitda olib borilayotgan- 
    ligiga ham bog'liqdir.
    Pedagog tomonidan qabul qilinadigan qarorlar.
    - Pedagog har kuni ko'plab qarorlar qabul qiladi, bu bevosita 
    ta'lim-tarbiyaviy jarayonga bog'liq bo'ladi.
    - Boshqa qarorlar - bu pedagog tomonidan o'qitish muhiti, 
    materiallarni joylashtirish, bolalarni kichik guruhlarga 
    ajratishga doir qarorlar;
    - Har bir vaziyatda qabul qilinayotgan qaror jiddiy o'rganish 
    va rejalashtirish natijasi bo'lishi shart.
    Pedagoglar tomonidan ma'lumot asosida 
    qaror qabul
    qilish 
    - bu qabul qilinayotgan katta va kichik qarorlarning
    411


    barchasi pedagogning kuzatuvlari asosida qabul qilinishi 
    lozim (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbat 
    natijasida tarbiyachi har bir bolaning kuchi va zaif tomoni 
    hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi].
    Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud:
    1. Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma'lum bo'lgan 
    bilimlarni e'tiborga olish;
    2. Har bir bolaning shaxsiga oid ma'lumotlarni e'tiborga 
    olish;
    3. Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy 
    qadriyatlar haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olish.
    Bolaning uydagi va o'zini jamoadagi hayotini takomillashti- 
    rishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyat­
    larini o'rganish pedagogga bolalar uchun muayyan mazmun 
    kasb etadigan, ularni madaniyatga mos keladigan, bolalar va 
    ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam 
    beradigan ta'lim muhiti va mashg'ulotlarni tashkil etish 
    imkoniyatini yaratadi.

    Download 18,65 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   288




    Download 18,65 Mb.
    Pdf ko'rish