N. M. Kayumova




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/288
Sana25.01.2024
Hajmi18,65 Mb.
#146071
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   288
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

4. O'yin faoliyati -
Boladagi ijodkorlik layoqatini, o'yin­
lar uchun g'oyalar o'ylab topishini, yangi o'yinlar tashkil 
etish istagini rag'batlantirish. Bolani tengdoshlari bilan ahil 
o'ynashga, o'yinchoqlari bilan o'rtoqlashishga odatlantirish. 
Bolaga o'yinlarda o'z imkoniyatini haqqoniy baholashga va 
achchiqlanmasdan mag'lubiyatni tan olishni o'rgatib borish.
Mazkur Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarning 
psixologik xususiyatlari turli yosh bosqichlari orqali yoritib 
berilgan. Bunda asosiy psixologik xususiyatlari
- Fikrlash;
-Nutq;
- Ijtimoiy bilish jarayoni;
- Fiziologik sezgilar;
- Bilish obyektlari;
-Bilish usullari;
- Muvaffaqiyatli o'zlashtirish shartlari;
- Muloqot yuritish shakli;
- Tengdoshlari bilan munosabatlari;
- Katta yoshdagilar bilan munosabatlari;
- Nizolar mavjudligi;
-His-hayajonlar;
- O'yin faoliyati - bo'lib hisoblanadi.
83


V. 
"Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga
bo'linadi:
- dunyoni badiiy tasavvur etish;
- badiy - ijodiy qobiliyatlar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bos-
qichlarni o'z ichiga oladi:
- go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha]:
- erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha];
- kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
- o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
- katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
- maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta'lim sifati­
ni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog'liqni saqlash vazirli­
gi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston standart- 
lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oila" 
Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan holda ishlab 
chiqilgan.

Download 18,65 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   288




Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish