35
Massivlar bilan ishlash
Bu mavzuni tushunish uchun massivlar ustida ba’zi sodda amallarni ko‘rib
chiqamiz.
1-misol. 3x2 o‘lchamli massiv 3 soniga ko‘paytirilsin.
Bajarish. Buning uchun
dastlab
A1:B3 maydonga massiv elementlarini kiritamiz. Natijaviy massiv uchun
xuddi shu o‘lchamdagi boshqa
biror maydonni, masalan
D1:E3 maydonni belgilab
olamiz
Formulalar
satrida =A1:B3*3 formulani kiritamiz va odatdagidek
Enter
tugmasini emas, balki
Ctrl+Shift+Enter tugmalarini birgalikda bosamiz. Bu
tugmalarning birgalikda bosilishi yozilgan formulaning massivga qo‘llanilishini
bildiradi. Natija chiqqandan so‘ng
Excel yozilgan formulani qavs ichiga
oladi