Макрос- mavjud makroslar bilan ishlash.  Параметри




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana08.01.2024
Hajmi1,08 Mb.
#132148
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Excel kitob 2014

Макрос- mavjud makroslar bilan ishlash. 
Параметри- sistema parametrlarini o‘rnatish. 
Adreslar 
Formulalarda adreslar muhim o‘rin tutadi. Adreslar 3 turga: nisbiy, 
absolyut, va aralash adreslarga bo‘linadi. Ularning bir-biridan farqi quyida 
misollar yordamida tushuntirilgan. 
Nisbiy adreslar. Faraz qilaylik, D4 katakda =B4+C4 formula yozilgan 
bo‘lsin. Agar bu formuladan D5 va D6 kataklarga nusxa olinsa, bu kataklarda mos 
ravishda =B5+C5 va =B6+C6 formulalar paydo bo‘ladi. Bu yerda Excel 
formulalarda qatnashgan adreslarni ularning tutgan o‘rniga qarab o‘zgartirmoqda. 
E’tibor beriladigan bo‘lsa, birinchi formula ikki katak chapda joylashgan son bilan 
bir katak chapda joylashgan son yig‘indisidan iborat. Ikkinchi va uchinchi 
formulalarda ham aynan birinchi qoidadan nusxa olingan, Bu misolda birinchi 
formuladagi B4 va C4 adreslar nisbiy adreslar hisoblanadi. Xullas, formuladan 
nusxa olinganda unda qatnashgan adreslar o‘zgarsa, ular nisbiy adreslardir. 
Absolyut adreslar. Ba’zi holatlar bo‘ladiki, formuladan nusxa olinganda unda 
qatnashgan ba’zi adreslar o‘zgarmay qolishi kerak. Excel jadvaliga qaraylik. 
Bu misolda B2 katakda soliq foizi, C5 katakda B5 katakdan olingan soliq 
miqdori keltirilgan. C5 katakda =B5*$B$2 formula yozilgan. Bu formuladan C6 
va C7 kataklarga nusxa olinsa, mos ravishda =B6*$B$2 va =B7*$B$2 formulalar 


18 
hosil bo‘ladi. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, nisbiy adres o‘zgardi, absolyut adres 
o‘zgarmadi, bu yerda $B$2 adres absolyut adresdir. Xullas, har bir absolyut 
adresda ikkitadan $ belgi ishtirok etadi, birinchisi ustun, ikkinchisi satr nomeri 
oldida. 

Download 1,08 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Макрос- mavjud makroslar bilan ishlash.  Параметри

Download 1,08 Mb.
Pdf ko'rish