Aralash adreslar. Yana shunday holatlar bo‘ladiki, formulada qatnashgan
adresning faqat bir qismi, ya’ni ustun nomi yoki satr nomeri o‘zgaradi. Bunday
adreslar aralash adreslar deyiladi.
Formulalarni kiritish Formulani kiritish uchun dastlab formula kiritilishi kerak bo‘lgan katak
faollashtiriladi. Shundan so‘ng katakning o‘zida yoki formulalar satrida ma’lum
formula kiritiladi. Formulani qayerda kiritishning ahamiyati yo‘q. Formula har
doim “=” (tenglik) belgisidan boshlanishi shart.
Formulani to‘liq klaviatura yordamida kiritish mumkin. Bundan tashqari
sichqoncha yordamidan foydalanish ham mumkin. Masalan, C1 katakka =A1+B1 formula yozish kerak bo‘lsa, quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
C1 katak faollashtiriladi;
“=” (tenglik) belgisi klaviatura yordamida kiritiladi;
A1 katak ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi;
klaviatura yordamida “+” (qo‘shish) belgisi kiritiladi;
B1 katak ustida sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.
19
Formula to‘liq kiritib bo‘lingandan so‘ng albatta Enter tugmasi bosilishi
lozim.
Formulalar bilan ishlashda bizga yordam beruvchi va qulayliklar yaratuvchi
Excel formulalar masterini (yordamchisini) ishga tushirish uchun yordamchi
asboblar (tugmalar) satrida joylashgan
tugmani bosishimiz kerak. Natijada
quyidagi dialog oynasi hosil qilinadi.
Ushbu oynada formula yaratishning birinchi qadamda biz formula yoki
funksiyani tanlashimiz kerak. КАТЕГОРИЯ nomli berk ro’yxatda kerakli
formulalar guruhini tanlaymiz:
1) 10 недавно использовавшихся - 10 oxirgi ishlatilgan formulalar
2) полный алфавитный перечень - alfavit bo’yicha formulalarning to’liq
ro’yxati
3) финансовые - iqtisodiy formulalar ro’yxati
4) дата и время - vaqt va sana bilan ishlash formulalar
5) математические - matematik formulalar
6) статистические - statistik formulalar
7) ссылки и масивы – giperyo’llanmalar va massivlar bilan ishlash formulalar.
8) работа с базой данных - ma’lumotlar ombori bilan ishlash formulalar
9) текстовые - matn bilan ishlash formulalar
10) логические - mantiqiy formulalar
20
11) проверка свойств и значений - xonalar ichidagi ma’lumotlarni tekshiruvchi
formulalar.