Zanjirli konveyerlar, osma konveyer va sudrovchi konve- yerlarga bo‘linadi (96, 97-rasmlar).
97-rasm. Yuk sudrovchi konveyer sxemasi.
95-rasmda eskalator sxemasi ko‘rsatilgan. Eskalator ham zanjirli konveyer bo‘lib, uning zanjirlariga zinapoyalar 1 o‘rna- tiladi. Zinapoyalar passajirlarni tashishga xizmat qiladi.
96-rasmda osma konveyer ko‘rsatilgan. Bu konveyer osma yo‘l 1 dan iborat bo‘lib, bu yo‘l bo‘ylab zanjir
3 harakatlanadi. Zanjirga maxsus cho‘michlar
2 mahkamlanadi. Tashiladigan yuk cho‘michlarga joylashtiriladi.
97-rasmda sudrovchi konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu konveyerlarda osma yo‘l 1 bo‘ylab harakatlanayotgan zanjir sudragich 3 vositasida osma yo‘lga o‘rnatilgan aravachalar 2 ni sudraydi. Tashiladigan yuk aravachalarga joylashtiriladi.
98-rasmda elevator sxemasi ko‘rsatilgan. Elevatorlar yuklarni vertikal yo‘nalishda yoki vertikalga yaqin yo‘nalishda tashishga xizmat qiladi. Elevatorlarda tortuvchi element vazifasini tasma yoki zanjir bajaradi. Rasmdagi tasmali elevator yetaklovchi 1 va yetaklanuvchi (taranglovchi)
4 barabanlar va ularga kiydirilgan tasma 3 dan iborat. Tasmaga yukjoylashtirish uchun cho‘michlar 2 o‘rnatilgan. Elevatorning pastki qismida cho‘michlar yuklanadi, yuqorigi qismida esa cho‘michlar bo‘shatiladi.
98-rasm,
b dagi, zanjirli elevator yetaklovchi 1 va yetaklanuvchi (taranglovchi) yulduzchalar 4 va zanjir 3 dan tashkil topgan bo‘lib, yuk zanjirlarga o‘rnatilgan belanchaklar 2 da tashiladi.
98-rasm. Elevator sxemasi.
a — tasma cho‘michli;
b — belanchak zanjirli.