• Tabiiy qiyalik burchagi, grad. Materiallarning po‘latga ishqalanish koeffitsienti
  • 3. Tortuvchi elementli uzluksiz tashish mashinalari (UTM) Umumiy ma’lumotlar
  • Uzluksiz yuk tashish mashinalarining turlari
  • Tasmali konveyerlar Tasmali konveyerlarning tuzilishi
  • Tasmali konveyer sxemasi.
  • Tasmali konveyerlarning tortuvchi elementlari
  • Yukning tasmada joylashuvi
  • Tashiladigan materiallarning xossalari




    Download 4,17 Mb.
    bet43/57
    Sana15.11.2023
    Hajmi4,17 Mb.
    #99118
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
    Bog'liq
    KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

    Tashiladigan materiallarning xossalari

    Material

    Materialning zichligi, kg/m3

    Tabiiy qiyalik burchagi, grad.

    Materiallarning po‘latga ishqalanish koeffitsienti

    Tinch holatda

    Harakatda

    Tinch holatda

    Hara­katda

    Mayda quruq antrotsit

    800...950

    45

    27

    0,84

    0,29

    Shlak

    600...1000

    50

    35

    1,2

    0,36

    Bug‘doy

    700830

    35

    25

    0,58

    0,56

    Temir rudasi

    2100...3500

    50

    30

    1,2

    0,58

    Koks

    400...500

    50

    35

    1,0

    0,57

    Tuproq

    1200...1700

    45

    30

    1,0

    0,58

    Sement

    1000...1300

    43

    38



    0,58

    Toshko‘mir




    50

    35

    1,0

    0,58

    Qum

    1400...1800

    45

    30

    0,80

    0,58

    Loy (tuproqli)

    1200...1500

    50

    40

    0,75



    Chaqiq tosh

    1800...2000

    45

    35

    0,63



    Shag‘al

    1500...1900

    45

    30

    1,0

    0,58

    3. Tortuvchi elementli uzluksiz tashish
    mashinalari (UTM)


      1. Umumiy ma’lumotlar

    Sochiluvchan (sement, qum, tuproq, chaqiq tosh, shag‘al, shlak va h.k.), plastik (beton aralashmasi), donali (g‘isht, tosh, buyum) yuklarni tashishga xizmat qiladigan mashinalar uzluksiz tashish mashinalari deyiladi. Uzluksiz tashish mashi­nalari yuklarni to‘xtovsiz, ma’lum yo‘nalishda tashiydi. UTM yuk ortish va yuk tushirish uchun ham to‘xtatilmaydi, ya’ni yuklar mashina ishlab turgan vaqtda yuklanadi va tushirila- di. Smena davomida UTM unumdorlikni o‘zgartirmagan holda yuklarni tashiy oladi.
    UTM qo‘llanilishi, korxonalardagi qo‘l kuchi bilan bajari- ladigan ishlarni kamaytiradi, ish unumdorligini oshiradi, yuk­larni ortish, tushirish, tashish ishlarini mexanizatsiyalash va av- tomatlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari bu mashi- nalarning qo‘llanishi korxonadagi texnologik jarayonning unumdorligini va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Masalan, yig‘uv sexida ishlaydigan konveyerning tezligi, tayyor mahsulot, ya’ni yig‘iladigan mashina (avtomobil, traktor, paxta terish mashinasi va h.k.)ning ishlab chiqarish unumdorligini belgilaydi. Shuning uchun UTM yuklarni katta tezlik bilan uzoq masofaga tashishda ko‘p qo‘llanadi. Masalan, ochiq usul bilan kovlanadigan konlarda tasmaning eni 3000 mm, tasmaning tezligi 6—8 m/s, unumdorligi 30000 t/soat, uzluk­siz tashish mashinalari bir bo‘lagining uzunligi 8...10 km bo‘lgan konveyerlar qo‘llanadi.

      1. Uzluksiz yuk tashish mashinalarining turlari

    Uzluksiz yuk tashish mashinalari ishlash prinsipi, konst- ruksiyasining turi, tashuvchi elementining turi, tashilayotgan yukning turi, mashinaning bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

    1. Ishlash prinsipi bo‘yicha: yuklarni ko‘tarib tashuvchi; yuklarni kurab tashuvchi konveyerlar.

    140
    Yuklarni ko‘tarib tashuvchi konveyerlar: tasmali, plas- tinkali, aravachali, cho‘michli, belanchakli va osma konveyer- lardir.
    Kurab tashuvchi konveyerlar: kurakchali konveyerlarda yuklar ma’lum masofada o‘rnatilgan kurakchalar yordamida maxsus novlarda kurab tashiladi.

    1. Qo‘llanishi bo‘yicha: umumiy vazifalarni bajaruvchi umumiy konveyerlar va maxsus konveyerlarga bo‘linadi. Umu­miy vazifalarni bajaruvchi konveyerlar xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida qo‘llaniladi. Maxsus konveyerlar maxsus vazifa­larni bajarishda, masalan, yerosti ishlarida, tog‘lardagi kon- lardan yuklarni tashishda ishlatiladi.

    2. Konstruksiyasining tuzilishiga qarab:

    1. egiluvchan elementli konveyerlar;

    2. egiluvchan elementi bo‘lmagan konveyerlar.

    Egiluvchan elementli konveyerlarga tasmali, plastinali, ara­vachali, cho‘michli, belanchakli, osma konveyerlar, kurakchali konveyerlar kiradi.
    Egiluvchan elementi bo‘lmagan konveyerlarga qiya tekislik — biror burchak bilan o‘rnatilgan nov, rolikli konveyer, biror bur- chak bilan ketma-ket o‘rnatilgan roliklar, ya’ni gravitatsion konveyerlar kiradi. Bu konveyerlarda yuk o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida harakatga keladi. Bulardan tashqari aylanuvchi vint, aylanuvchi quvur, inersion konveyer va odimlovchi konveyerlar kiradi.

    1. Egiluvchan elementning xili bo‘yicha: tasmali, zanjirli, osma arqonli konveyerlar.

    2. Bajaradigan vazifasiga qarab:

    1. sochiluvchan yuklarni tashuvchi;

    2. donali yuklarni tashuvchi;

    d) passajirlarni tashuvchi.
    Konveyerlar yana yuk tashuvchi va texnologik tizimdagi ishlarni bajaruvchi turlarga bo‘linadi.
    Yuk tashuvchi konveyerlar yukni yuk uzatuvchi bo‘limdan qabul qiluvchi bo‘limgacha tashish uchun xizmat qiladi.
    Texnologik tizimdagi konveyerlar yuklarni yoki mahsulotni texnologik tizmada harakatlantirish uchun xizmat qiladi.
    Yuklarni ortish va tushirishda ham yuk ortuvchi konveyerlar ishlatiladi. Yuk ortuvchi konveyerlar o‘ziyurar yoki ko‘chi-
    141
    riladigan turlarga bo‘linadi. O‘ziyurar yuk ortuvchi mashinalar yuklarni yuk uyumidan o‘zi olib, keyin boshqa mashinaga ortadi. Bunda yukni ortishda ishchi kuchi qo‘llanilmaydi.
    Ko‘chiriladigan konveyerlar omborlardagi yuklarni avtomo- billarga, temiryo‘l vagonlariga yoki suvda suzar kemalarga ortishda ishlatiladi. Ko‘chiriladigan konveyerlar bir butun yoki bir necha bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning ramasi bo‘lak-bo‘lak bo‘lib, ko‘chirilgandan keyin qaytadan yig‘iladi yoki ko‘chiriladigan konveyer bir necha bo‘lak-bo‘lak konve- yerlardan tashkil topgan bo‘lib, yuklarni biridan ikkinchisiga ketma-ket uzatadi.
    Yuk ortuvchi konveyerlar tasmali, plastinali, kurakchali va cho‘michli konveyerlarga bo‘linadi.
    Shunday qilib, uzluksiz tashish mashinalari juda xilma-xil bo‘lib, katta unumdorlik bilan ishlay olgani uchun xalq xo‘ja- ligining hamma sohalarida juda keng qo‘llaniladi.

      1. Tasmali konveyerlar

        1. Tasmali konveyerlarning tuzilishi

    Keng tarqalgan tortuvchi elementli uzluksiz yuk tashish mashinalaridan biri tasmali konveyerlardir. 100-rasmda tasmali konveyerning sxemasi ko‘rsatilgan.
    Bu konveyer quyidagi elementlardan tashkil topgan:

    100-rasm. Tasmali konveyer sxemasi.
    142

    1. konveyer yuritmasi: elektrodvigatel 12, mufta 8, reduktor P;

    2. harakatga keltiruvchi — yetaklovchi baraban 6;

    3. yetaklanuvchi baraban — taranglovchi baraban 2;

    4. tortuvchi element — tasma 4;

    5. konveyer ramasi (stanina) 13;

    6. taranglovchi qurilma 1;

    7. rolikli tayanchlar 5, 11;

    8. tasmaning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma 14;

    9. yuk ortuvchi qurilma 3;

    10. yuk tushiruvchi qurilma 7;

    11. yuk tashuvchi tasmani tozalovchi qurilma 10;

    12. konveyerni to‘xtatuvchi qurilma — to‘xtatgich 16.

    Yuk tashuvchi tasmali konveyerning uzunligi tortuvchi element — tasmaning mustahkamligiga bog‘liq. Odatda bir dona yetaklovchi barabanli, ip gazlamadan tayyorlangan tasmali konveyer uzunligi 25...100 m ga yetadi. Tasmali konveyer unumdorligi tasma eni, tasmaning tezligi, tashilayotgan yuk tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
    Yetaklovchi barabani bir nechta bo‘lgan tasmali konveyer­ning uzunligi 2 km bo‘lib, unumdorligi 10000 t/soat bo‘lishi mumkin. Ko‘plab ishlab chiqariladigan konveyerlar tasmasining eni 2 m, tasma tezligi 1...5 m/s ga yetadi.
    Ko‘plab ishlab chiqariladigan konveyerlarning asosiy para- metrlari tasma eni, tasmaning tezligi, yetaklovchi baraban diametri hisoblanadi.

        1. Tasmali konveyerlarning tortuvchi
          elementlari


    Tasmali konveyerlar tasmasi tashilayotgan yukni ko‘tarish va tashish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun tasma ishonchli ishlashi, ishchi sirti tashilayotgan yuk ta’sirida kesilib ketmasligi, darz ketmasligi va yedirilmasligi kerak.
    Tasmali konveyerlarda ko‘pincha rezina shimdirilgan ip gaz- lamali tasma ishlatiladi. Bunday tasma qistirma 1, ustki 2 va pastki 3 qoplamalardan tashkil topadi (101-rasm, a, b). Qistir- malar sifatida viskoza, ipak, shisha tola, asbest va ip gazlama- lardan foydalaniladi.

    101-rasm. Konveyer tasmalari.

    Ip gazlamali qistirmalar oddiy to‘qilgan qo‘pol gazlamadan (belting) tayyorlanadi. Tasmadagi qistirmalar bo‘ylama cho‘- zilishga ishlaydi.


    Tasmaning mustahkamligini oshirish maqsadida qistirma qatlamlari orasiga po‘lat simli troslar 5o‘rnatiladi (101-rasm, e). Bunday tasmalar tashilayotgan yuk temperaturasi <65°C bo‘lganda ishlatiladi. Tashiladigan yuk temperaturasi <100°C bo‘lganda maxsus tasmalardan foydalaniladi. Bunday tas­malar issiqlikka chidamli rezina qatlamiga 4 ega bo‘ladi (101-rasm, d).
    Tasmali konveyerlar yuklarni gorizontal tekislik bo‘ylab, ba’zi hollarda ^ burchak ostidagi qiyalik yo‘nalishida tashishda ishlatiladi. ^ — qiyalik burchagi bo‘lib, uning kattaligi yuk uyumining tabiiy qiyaligining 2/3 qismidan kam bo‘lishi kerak.
    Qurilish materiallari rezinalangan tasmalarda tashilayotgan bo‘lsa ^< 22°, po‘lat tasmalarda tashilayotgan bo‘lsa ^<14° olinadi.
    Konveyerlar uchun ishlab chiqarilayotgan rezina gazlamali tasmalarning eni 0,3...2 m, qatlamlar soni 3...12 bo‘lib, mustahkamlik koeffitsienti Krp = 9...12 olinadi. Agar tasma gorizontal yo‘nalishda yuk tashisa, K.p = 9...10, qiya tekislik yo‘nalishida yuk tashiyotgan bo‘lsa Krp = 11...12 olinadi.

    B-820 markali tasmalarning uzishdagi mustahkamlik chegarasi arp = 61 dan/sm ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda BKNL-65, BKNL-100, TLK-100, TLK-200 markali tasmalar ishlab chiqarilmoqda. Bu tasmalardagi raqamlar 65, 100, 200 — tasma qistirmasining uzishdagi mustahkamlik chegarasini (dan/ sm) ko‘rsatadi.
    Tasmalarning eni B (102-rasm) konveyerning unumdorligi va tashilayotgan yukning xususiyatlariga qarab tanlanadi.
    Gorizontal tekislikdagi yuk uyumining tabiiy qiyalik burcha- gini
    p' = 0,35
    olinadi.
    Harakatdagi tasma ustidagi yuk uyumi kesmasining yuzasini ko‘paytirish maqsadida novsimon shaklga ega bo‘lgan tasmalar ishlatiladi (102-rasm, b).
    Tasmaning eni yuk uyumining enidan 100 mm ga katta olinadi.

    102-rasm. Yukning tasmada joylashuvi:
    a) yassi tasmada; b) qo‘zg‘almas devorli yassi tasmada; d) novsimon tasmada; e) yassi tasmada; f) yassi tasmada.

    10— Ko‘tarish, transport mashinalari 145


    Tasmadagi qistirmalar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


    (161)
    % _ ^max’ Кr.p.
    bu yerda: Fmax — tasmaning eng katta tarangligi, dan;
    В — tasma eni, sm.

    Download 4,17 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




    Download 4,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashiladigan materiallarning xossalari

    Download 4,17 Mb.