|
Yuk tashish mashinalarining unumdorligi
|
bet | 42/57 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #99118 |
Bog'liq KO‘TARISH, TRANSPORT majmuaYuk tashish mashinalarining unumdorligi
Yuk tashish mashinalarini tanlashning asosiy omillaridan biri uning unumdorligidir.
Vaqt birligida tashiladigan yukning miqdori yuk tashish ma- shinasining unumdorligi deyiladi.
Yuk tashish mashinalarini hisoblashda hajmiy va massaviy yoki donali unumdorlik aniqlanadi.
Massaviy unumdorlik quyidagicha aniqlanadi:
Qm = 3,6Apv t/soat (155)
bu yerda: A — tashiladigan yuk kesimi yuzi, m2; p — tashilayotgan yukning zichligi, kg/m3; v — yukning siljish tezligi, m/s.
Donali yuk tashuvchi mashinalarning unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
Qdona = 3,6 и m, t/soat, (156)
bu yerda: m — bir dona yukning massasi, kg; I — donali yuk (tasma joylashgandagi) qadami, m.
Hajmiy unumdorlik quyidagicha aniqlanadi:
Qv= 3600 Av, m3/soat. (157)
Hajmiy va massaviy unumdorlik o‘zaro quyidagicha bog‘- lanadi:
137
Qm =p Qv-
(158)
Tashiladigan yuklarning xususiyatlariTashish mashinalarida donali va uyumli yuklar tashiladi.
Uyumli yuklar (qum, tuproq, sement, ruda-ma’dan) zar- rachalardan tashkil topgan bo‘lib, ular idishsiz tashiladi.
Donali yuklarning asosiy xususiyatlari — ularning mo‘rtligi; ifloslanganligi; dumalash xususiyatlariga ega bo‘lishi; chang, to‘zonga aylanish imkoniyati; portlash va tez yonishga moyilli- gi; o‘tkir qirralarining mavjudligidir.
Uyumli yuklarning asosiy xususiyatlari — zarralarning katta-kichikligi; hajmiy vazni; ichki va tashqi ishqalanish koeffitsientidir.
Uyumli yuklar zarrachalarining shakli turli xilda bo‘lishi mumkin. Shuning uchun uning o‘lchamini o‘lchaganda eng katta qiymati va eng kichik qiymati topiladi. Agar eng katta o‘lchamini amax bilan, eng kichik o‘lchamini amin bilan belgilasak, amax > 2,5 bo‘lsa, bular oddiy yuklar (saralanmagan ^nin
yuklar) deyiladi; amax < 2,5 bo‘lsa, bular saralangan yuklar amin
(navlarga ajratilgan yuklar) deyiladi.
Uyumli yukni saralash jarayonida ular turli o‘lchamdagi te- shiklarga ega bo‘lgan elakdan (g‘alvirdan) o‘tkaziladi.
Uyumli yukning hajmiy vazni (massasi) deb, 1 m3 hajmdagi yukning vazniga aytiladi, t/m3.
Agar hajmiy vaznni p bilan belgilasak, p < 0,6 t/m3 yengil yuk; 0,6 < p < 1,1 o‘rta yuk; 1,1
p < 2 t/m3 o‘ta og‘ir yuklar deyiladi.
Uyumli yuklarning ichki ishqalanish koeffitsienti — uyumli yuklar zarrachalari orasidagi ishqalanish kuchini hisobga oladi.
Uyumli yuklarning tashqi ishqalanish koeffitsienti — uyumli yuk uyumi va uyum tayanch tekisligi orasidagi ishqalanish kuchini hisobga oladi.
Uyumli yuk namligi, olingan namunani (qism) doimiy vaznga ega bo‘lguncha 105°C da quritish bilan aniqlanadi:
"■ = (159)
138
bu yerda: m1 — olingan namunaning quritishdan oldingi vazni; m2 — olingan namunaning quritilgandan keyingi vazni.
Uyumning turg‘unligi deb, uyumning o‘z sochiluvchanligini qo‘zg‘almas holatda uzoq muddat saqlay olishiga aytiladi.
Uyumli yukning muzlashi (ichki yopishqoqligi). Nam holat- dagi uyumli yuk zarrachalarining past haroratda bir-biri bilan yopishib, yaxlit bir holatga kelish xususiyati uyumli yukning muzlashi yoki ichki yopishqoqligi deyiladi.
Yopishqoqlik (tashqi yopishqoqlik). Uyumli yuk zarrachalarining zarrachalari tayanib turgan sirtga, tekislikka, qattiq jismga yopishib qolishi tashqi yopishqoqlik deyiladi.
O‘tkir qirralilik. O‘tkir qirrali yuk deb, uyumli yuk zarrachalarining o‘tkir qirralarga ega bo‘lishiga aytiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan tashqari uyumli yuklar zaharli, zanglovchi, tolali, yengil changlanadigan, tez portlaydigan, tez yonadigan, o‘z-o‘zidan yonib ketadigan, namlikni tez singdiradigan xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatlar albatta tashish mashinasining turini tanlashda e’tiborga olinishi kerak.
16-jadval
|
| |