II qism. YUK TASHISH MASHINALARI
1. Yuk tashish mashinalarining tasnifi
Yuk tashish mashinalari, ko‘pincha, yuklarni gorizontal yo‘nalishda, ayrim hollarda vertikal yo‘nalishda yoki biror burchak ostida yo‘naltirish ishlarida qo‘llaniladi.
Yuk tashish mashinalarini yuk tashish xususiyati bo‘yicha uch guruhga bo‘lish mumkin:
mexanik mashinalar;
pnevmatik qurilmalar;
gidravlik qurilmalar.
Yuk tashuvchi mexanik mashinalar ikki guruhga bo‘linadi: 1)uzluksiz yuk tashish mashinalari;
2)davriy yuk tashish mashinalari.
Yuk tashuvchi pnevmatik qurilmalar ham ikki guruhga bo‘linadi:
sochiluvchan yuklarni havo bilan aralashtirib tashuvchi qurilmalar;
yuklarni havo oqimi yordamida truboprovod (quvur)larda maxsus kapsulalarda (konteynerlarda) tashuvchi qurilmalar.
Yuk tashuvchi gidravlik qurilmalarda sochiluvchan yuklar suyuqlik bilan birgalikda tashiladi.
Uzluksiz yuk tashish mashinalari
Uzluksiz yuk tashish mashinalari ikki guruhga bo‘linadi:
1)tortuvchi elementsiz (tortuvchi elementi yo‘q) mashinalar;
2)tortuvchi elementi bor mashinalar.
Tortuvchi elementsiz mashinalarda (ular gravitatsion qurilmalar deb ham ataladi) yuk tashishda yukning og‘irlik
kuchidan
125
82-rasm. Qiya tekislikda yuk tushirish sxemasi.
foydalaniladi. Oddiy gravitatsion qurilmalarga qiya tekislik, bi- ror qiyalik bilan o‘rnatilgan nov, quvur (truba) misol bo‘la oladi. Bu qurilmalarning qiyalik burchagi ishqalanish burchagidan biroz katta bo‘lishi kerak.
Gravitatsion qurilma sifatida rolikli, vintli,
inersion, teb- ranuvchi konveyerlar, pnevmatik va gidravlik qurilmalardan ham foydalaniladi.
Gravitatsion qurilmalarda yuk o‘zining og‘irlik kuchi ta’sirida yuqoridan pastga qarab harakatlanadi.
Pnevmatik va gidravlik qurilmalarda yuk quvur bo‘ylab biror tezlik bilan harakatlanayotgan havo yoki suyuqlik yordamida ta- shiladi.
82-rasmda qiya tekislikda yuk tashish sxemasi ko‘rsa- tilgan. Qiya tekislik ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismning qiyaligi ishqalanish burchagidan katta olingan. Bu qismda yuk belgilangan tezlikka ega bo‘lgach, ikkinchi qism- ga o‘tadi. Ikkinchi qismning qiyaligi birinchi qism qiyali- gidan kam olinadi. Ikkinchi qismda yukning tezligi ka- mayadi.
83-rasmda vintsimon gravitatsion qurilma ko‘rsatilgan. Bu qurilmada yuk
1 vintsimon sirt 2 bo‘ylab biror tezlik bilan pastga tushadi.
126
84-rasmda rolikli konveyer sxemasi ko‘rsatilgan. Bu konveyer ketma-ket o‘rnatilgan roliklar 2 dan tashkil topgan. Roliklar podshipniklar ustida erkin aylanadi. Bunday kon- veyerlar ustida yuk qo‘l kuchi yordamida tashiladi.
86-rasmda yuk tashuvchi quvur sxemasi ko‘rsatilgan. Bu qurilma, ichiga vintsimon parraklar 2 o‘rnatilgan quvur 1 dan iborat. Quvur rolikli tayanchlar 4 ustida aylanadi. Quvur aylanganda yuk 3 quvur o‘qi bo‘ylab harakatga keladi. Bunday quvur (truba)lar sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi.
88-rasmda vibratsion (titrovchi) konveyer ko‘rsatilgan. Bu konveyerlar elastik tirkagich 4, nov 3, vibrator 1 dan iborat bo‘lib, konveyer vibrator yordamida harakatga keltiriladi. Vibratsion konveyerlarda yuk 2 shunday tezlanish bilan harakat- lanadiki, bu tezlanishning vertikal teng ta’sir etuvchisi erkin tushish tezlanishidan katta bo‘ladi.
tozalangan havo vakuum-nasos yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi.