|
N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 44/57 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #99118 |
Bog'liq KO‘TARISH, TRANSPORT majmuaPo'lut tasmalar. O‘tkir qirrali yoki yuqori temperaturali (120...130 °C) yuklarni tashish uchun po‘latdan tayyorlangan tasmalar ishlatiladi.
Uglerodli po‘latlardan tayyorlangan, qalinligi d =1 mm, eni В=500^650 mm bo‘lgan tasmalar, tasmali konveyerlarda ko‘p ishlatiladi. Ularning mustahkamligi um^1200 MPa ga yetadi.
Mustahkamligi yuqori bo‘lgani uchun po‘lat tasmalar uzunligi 1000 m gacha bo‘lgan konveyerlarda ishlatiladi. Lekin tasmani bukish qiyin bo‘lgani sababli konveyer barabanlari katta diametrga ega bo‘ladi.
Konveyer tasmasining chiziqli zichligi (1m uzunlikdagi tasmaning massasi, kg/m) quyidagicha aniqlanadi:
pt = 1,1B(dz + dx + d2), (162)
bu yerda: В — tasma eni, m; z — qistirmalar soni; d — bir dona qistirma qalinligi, mm; dx=(1,5...6) mm, d2=(1...1,5) mm tasmaning ustki va ostki qoplamalarining qalinligi, mm.
Barabanlar
Tasmali konveyerlarda konveyerni harakatga keltiruvchi — yetak- lovchi baraban, tasmaning tarangligini ta’minlovchi — yetaklanuvchi baraban, tasmaning yo‘nalishini o‘zgartiruvchi barabanlar o‘rnati- ladi.
Unumdorligi yuqori, uzun konveyerda tasma bilan baraban o‘rtasidagi ishqalanishni kuchaytirish maqsadida yetaklovchi baraban sirti rezina yoki yog‘och bilan qoplanadi. Tortuvchi element rezinalashtirilgan tasmadan iborat bo‘lsa, yetaklovchi baraban diametri £b=(125...150)z, (bu yerda z — tasmadagi qatlamlar (qistirmalar) soni) (103-rasm). Tortuvchi element po‘latdan iborat bo‘lsa, Z>b=(800...1200) d, (bu yerda d — po‘lat tasma qalinligi)
103-rasm. O‘q va valga o‘rnatilgan barabanlar sxemasi:
I — o‘qga o‘matilgan; II — valga o‘matilgan va futerovkalangan (barabanga qo‘shimcha material qoplangan); III — valga o‘rnatilgan futerovkalanmagan;
1 — o‘q; 2 — baraban; 3 — tasma; 4 — qoplama; 5-val.
olinadi. Taranglovchi baraban diametri Dt=2 Db/3, tasma yo‘nalishini o‘zgartiruvchi baraban diametri Do^0,5 Db olinadi.
Hamma barabanlarning diametrlari standart qatordagi qiymat- ga tenglashtirib olinadi. DAST 22644-77 bo‘yicha baraban dia- metrlarining standart qatori 160, 250, 320, 400, 500, 630, 800, 1000, 1250, 1600, 2000, 2500.
Baraban uzunligi tasma enidan 100 mm ga katta olinadi.
|
| |