• NEFTNI GAZSIZLANTIRISH
  • SUVSIZLANTIRISH (DЕGIDRАTОR)
  • AJRALISH (DESORBSIYA)
  • N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/154
    Sana28.11.2023
    Hajmi2,57 Mb.
    #106996
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
    Bog'liq
    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,

    GAZSIZLANTIRISH (DЕGАZАTSIYA) - gilli aralashmadan yoki 
    kollektordan gazni tabiiy yoki sun’iy holda ajratib olish. Neftdagi gazlar tarkibini 
    aniqlashga neftdan ajralib chiqadigan gazlarning uch xil turi farq qilinadi: a) 
    kontaktli gazsizlantirishda bosim kamayganda eritmadan ajralib chiqqan gazning 
    hammasi degazatsiyalanish jarayoni tugamaguncha kontaktda qoladi. b) 
    differentsial gazsizlantirishda aralashmadan ajralib chiqqayotgan gaz bosimining 
    pasayishiga qarab sistemadan vaqti-vaqti bilan shunday suyuqlik bilan yangi 
    ajralib chiqqan gazning borgan sari og’irroq fraktsiyalari qoladi. Gazning yengil 
    fraktsiyalarini chiqarib tashlash darajasiga ko’ra og’ir komponentlarning portsial 
    bosimi uzluksiz oshadi. Bu esa ularning bug’lanishini qiyinlashtiradi. Natijada 
    gazsizlantirish jarayoni to’la bo’lmaydi, ya’ni aralashma gazdan to’liq 
    tozalanmaydi. v) vakuumli gazsizlantirish – vakuumli so’rish yo’li bilan barcha 
    gazni neftdan ajratish mumkin. 
    NEFTNI GAZSIZLANTIRISH - qazib olinayotgan neft tarkibidan erigan 
    pastmolekulyarli uglevodorodlar (metan, etan, propan, serоvodorod, azot korbonat 
    angidrid gazi) ni chetlashtirish jarayoni. 
    DЕGIDRАTОR (SUV АJRАTGICH АSBОB) - SUV AJRATGICH 
    ASBOBI (DЕGIDRАTОR) - neft emulsiyasi tarkibidagi suvni yuqori chastota va 
    yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida ajratuvchi asbob. 
    SUVSIZLANTIRISH (DЕGIDRАTОR) - tog’ jinslari va minerallardan 
    suvni ajratib olish jarayoni. Masalan, opal mineralining suvsizlanishidan xaltsedon 
    va kvarts minerallari hosil bo’ladi. 


    215 
    AJRALISH (DESORBSIYA) - adsorbentga yutilgan moddaning qayta 
    ajralib 
    chiqishi, 
    adsorbtsiyaning 
    aksi. 
    Adsorbent 
    atrofidagi 
    muhitda 
    adsorbtsiyalanuvchi modda yig’ilishi (to’planishi)ning ko’payishi yoki haroratning 
    ko’tarilishi desorbtsiyaning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Desorbtsiya 
    laboratoriya sharoitida adsorbentlardan yutilgan gaz, bug’ yoki erigan moddalarni 
    ajratib olish uchun qo’llaniladi. 

    Download 2,57 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov

    Download 2,57 Mb.
    Pdf ko'rish