218
METANLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida metanli
uglevodorodlarning ko‘proq bo‘lishi. Metanli neft tarkibiga metan uglevodorodlari
50% dan ortiqroq bo‘lgan neftlar kiradi. Metanli neftlar tarkibida asfalt-
smolasimon moddalarning oz miqdorda bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
METAN-NAFTENLI AROMATIK NEFTLAR - neft fraktsiyalarida
metanli, naftenli va aromatik uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neft asfalt-
smolasimon moddalar bilan boyitilganli (10% va undan ko‘proq)
gi va deyarli
yuqori solishtirma og‘irligi bilan harakterlanadi.
NAFTEN - AROMATIK NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida
naftenli va aromatik uglevodorod miqdorining ko‘proq bo‘lishi.
Bunda aromatik
uglevodorodlar miqdori yuqori fraktsiyalarga qarab o‘sib boradi. Qattiq
parafinning miqdori kam, asfalt-smolasimon moddalar esa 20% va undan ko‘proq
bo‘lishi mumkin.
NEFT - yonuvchi moysimon suyuqlik. Qora yoki qo‘ng‘ir, ba’zan och malla
rang yoki rangsiz, o‘ziga xos hidli kimyoviy xom ashyo.
Neft yer yuzasiga
chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neftning zichligi 0,73 dan 1,04
gacha o‘zgarib turadi, qaynash harorati +20-100
o
C va undan yuqori; qotish
harorati (+23
o
)-(-60
o
C); issiqlik sig‘imi 1,7-2,1 KDJ (kg.j); 50
o
C
haroratda
neftning yopishqoqligi 0,002-0,55 sm
2
/s ga teng. U organik eritgichlarda yaxshi
eriydi. Suvda umuman erimaydi. Lekin suv bilan emulsiya (bir-biriga
singmaydigan ikki xil suyuqlik qorishmasi)hosil qiladi. Neft tarkibiga kiradigan
asosiy kimyoviy elementlardan uglerod (82-87%) va vodorod (11-14%) ga ega.
Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bog‘liq. Solishtirma og‘irligi 0,65-g/sm
3
dan
0,9 g/sm
3
gcha bo‘lgan neft yengil, undan yuqorisi og‘ir neft hisoblanadi. Neftning
tarkibida uglevodorod 87% gacha, vodorod 10-15% gacha, kislorod 0,05-0,5 dan
5%gacha,
juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Neft
yonilg‘i, moylash materiallari hamda sintetik tola, plastmassa, sun’iy kauchik,
spirt, kislota va boshqa neft-kimyoviy mahsulotlar chiqarishda keng foydalinadi.