|
N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov Pdf ko'rish
|
bet | 126/154 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 2,57 Mb. | | #106996 |
Bog'liq N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov,MODDA QOVUSHQOQLIGI - suyuqlik yoki gazsimon holatdagi
moddalarning siljish (surilish) deformatsiyasiga qarshilik ko’rsatish xossasi.
Suyuqlikdagi har xil zarracha ko’chishi jarayonida ba’zi bir qarshilikka uchraydi.
Bu ichki ishqalanish deb ataladi. Ichki ishqalanish eritmalariga xos xususiyat
bo’lib, modda qovushqoqligida ifodalanadi.
SUVNING
QOVUSHQOQLIK
-
suyuqlik
harakat
qilayotganda
ishqalanish kuchini hosil qilishga olib keladigan xossasi; katta tezlikda
harakatlanayotgan suv harakatidan kichik tezlikda siljiyotgan suv qatlamiga
harakat kuchini uzatuvchi faktor hisoblanadi. Suvning qovushqoqligi eritmaning
haroratiga va kontsentratsiyasiga bog’liq.
NEFTNING QOVUSHQOQLIGI - neft zarrachalarining boshqa kuch
ta’siriga ko’rsatgan qarshiligi.
GAZ - moddaning agregat holati. Har bir modda harorati va bosim
o’zgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda bo’ladi. Masalan, suv qattiq (muz)
yoki gaz (bug’) holatda bo’lishi mumkin. Gaz molekulalari siqiluvchan,
harakatchan, zichligi juda kichik, bir-biri bilan juda tez aralashadi. Gaz tashqi
ta’sir bo’lmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. Gaz molekulalari
orasidagi tortishish kuchini qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha
kichikdir. Normal sharoit (300
0
C harorati va 1 atm bosim)da gazlar zichligi
suyuqliklar zichligiga nisbatan 1000 barobar kam yoki gaz molekulalari orasidagi
masofa suyuqliklarnikiga nisbatan 10 barobar katta bo’ladi. Shunday bo’lsa ham
normal sharoitda 1 sm
2
gazda 3х10
19
dona molekula bor. Gaz uchta birlik-bosim,
hajim va harorat bilan ifodalanadi.
NEFT GAZI - neftda erigan holda yoki neft uyumi ustida gaz qalpog’i
ko’rinishidagi neftni kuzatuvchi tibiiy gaz. Og’ir gemolog metan tarkibiga qarab
quruq metanli (< 1%), yarim quruq (1-5 %), yarim yog’li (5-25%) va yog’li (>
25%) kabi neftli gazlarga bo’linadi.
|
| |