n
v
formulasi o’rtacha arifmetik qiymatni topish uchun
ishlatiladi. M — yig’indi,
V
— variatsion miqdor, n — sinaluvchilar yoki
ob`ektlarning sanog’ini bildiradi. [2.8 19-bet]
YUqoridagi statistik metodlar tajribalarda olingan qiymatlarning ishonchlilik
darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Bunday metodlar haddan tashqari ko’p
va biz ularning eng soddalariga to’xtab o’tdik.
To’plangan materiallarni psixologik tahlil qilish metodi mazkur mavzu uchun
alohida ahamiyatga ega. Unda aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi),
tekshiruvchi tajribalarda olingan har xil shakldagi ma`lumotlar turli printsip,
pozitsiya, ko’p qirrali (kompleks) va yaxlit (sistemali) yondashishga asoslanib
so’z-mantiq yordamida psixologik tahlil qilinadi. Barcha fikr va mulohazalar
ishonchli omillar orqali isbotlab beriladi, psixologik qonuniyat, qonun, xususiyat,
xossa, holat va kamolotning o’ziga xosligi asoslanadi. Material alohida guruhlar
va sinflarga ajratiladi, psixologik voqelikning boshqa jihatlari bilan uzviy
sababiy borliqligi, ichki murakkab munosabati bayon qilinadi, sinaluvchilar
muayyan toifalarga kiritiladi va tadqiqotdan yakuniy xulosa chiqariladi.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to’rtinchi - sharhlash va genetik metodlaridan
iboratdir. Genetik metod bilan tadqiqot davomida to’plangan ma`lumotlar
43
yaxlit holda maqsadga muvofiq yo’sinda sharhlanadi. Bu metoddan
foydalanishning asosiy maqsadi - sinaluvchida vujudga kelayotgan yangi
shaxs fazilatlarining rivojlanishi va bilish jarayonlarining o’zgarishiga tajriba
natijasiga suyanib ta`rif hamda tavsif berishdir. SHuningdek, bunda mazkur
fazilat va xususiyatlarning namoyon bo’lish davri, bosqichi hamda ba`zi
mashaqqatli daqiqalarga, paytlarga qo’shimcha shartlar berish imkoniyati
tug’iladi.
Genetik metodga asoslanib psixik o’zgarishlar bilan rivojlanish
bosqichlarining bevosita bog’liqligining ildizi aniqlanadi. Tanlash metodi bilan
tadqiqot ob`ektiga kirgan shaxs psixikasidagi barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik,
o’zaro aloqa, o’zaro ta`sir va uyg’unlikning o’zaro bog’lanishlari o’rganiladi.
Jumladan, inson nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur
jarayonlarining bir paytda birgalikda to’qnashishi bunga yorqin misoldir.
Bunda har bir bilish jarayonining ulushi ifodalanadi yoki uning ahamiyati alohida
ta`kidlanadi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribada to’plangan ma`lumotlarni sharhlash uchun yuqoridagi
metodlarning o’zi yetarli emas. Uzilishlarga yo’l qo’ymaslik uchun yig’ilgan
materiallar maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning birinchi -
tayyorlov bosqichida kashf qilinadigan psixologik qonun to’g’risidagi taxmin,
faraz taxlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida -tajriba o’tkazish
printsipi, sharoiti, ob`ektiv va sub`ektiv omillar bo’yicha mulohaza yuritiladi.
Uchinchi bosqichda esa olingan natijalarni qayta ishlanadi va bu ham o’z
navbatida to’rt pog’onaga bo’linadi: a) materialni birlamchi tahlil qilish:
alohida olingan yoki topilgan omil,_ alomat, ko’rsatkich, xususiyat sharhlanadi;
b) tahlil qilingan material bilan tadqiqot gipotezasi alohida sharhlanadi; v)
ikkilamchi taxlil; barqaror, ustun dalillar ajratiladi; g) ikkilamchi sintez:
psixologik qonuniyat, topilgan dalil omil va tadqiqot gipotezasini birlashtirib
maxsus xulosa chiqariladi.
To’rtinchi bosqich - sharhlashda har bir fakt, alomat, ko’rsatkich, xossa
psixologik jihatdan so’z-mantiq orqali taxlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy
44
mulohazalar isbotlanadi, hech bir shubhaga, e`tirozlarga o’rin qolmaydi. Ana
shu bosqichda tadqiqot yakunlanadi, zarur xulosalar chiqariladi, amaliy
tavsiyalar beriladi, o’rganilishi zarur muammoning ahamiyati va istiqboli
uqtiriladi. [2.6. 125-c]
Kuzatish- metodi. Bu metodning ob`ektiv (tashqi) va sub`ektiv (o’zini o’zi)
kuzatish turlari bor. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun
quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2)
kuzatiladigan ob`ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining yoshi, jinsi aniqlanadi; 4)
tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish qancha davom etishi
qat`iylashtiriladi; 6) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish,
mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka,
guruh, jamoa bilan o’tkazilishi) tayinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib
borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, vi-
deomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning indvidual, his-tuyg’ulari, nerv
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari,
sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
Masalan, go’dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga
munosabati, xis-tuyg’usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O’quvchining
darsdagi holatini kuzatishda esa diqqatning xususiyati, tashqi qo’zg’atuvchi bilan
ta`sirlanishi, temperamenti, xatti-harakatining sur`ati, emotsional kechinmasining
o’zgarishi to’g’risida ma`lumotlar to’plashga imkoniyati tug’iladi. O’spirin
yoshlarning sport faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-
tuyg’usining o’zgarish xususiyatlari, g’alabaga intilishi, o’zining harakatini idora
qila olishi yuzasidan materiallar yig’ishmumkin. Ishchining dastgoh yonidagi
faoliyatini kuzatish natijasida uning o’z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda
o’zini tutishi, imo-ishoralari, tashqi qo’zg’atuvchidan ta`sirlanish darajasi haqida
45
keng ma`lumotlar yig’iladi. O’smirlardagi xulqidagi turli xil o’g’ishlar
aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba`zan tafakkur bo’yicha ham ma`lumotlar olish, ish
ustidagi kayfiyatini, fikrining muayyan ob`ektga yo’naltirilganini, tashqi
qo’zg’atuvchilar ta`siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi
g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy
holatlarni kuzatib tafakkurning kechishidagi o’zgarishni aniqlash mumkin.
Bulardan tashqari, qo’lningtitrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning
beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma`lumot beradi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob`ekti va sub`ekti tanlanadi, mavzusi,
o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan
o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy borliq savol-javob
tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki
muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir.
Suhbat orqali o’smir yoshdagi bolalarni tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori,
qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e`tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida
ma`lumotlar olish mumkin. Suhbat chog’ida
O
’
ZARO
izchil bog’langan savollar
beriladi.
Test metodi. Test-inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning
aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini
tekshirishda qo’llanadigan qisqa standartmasala, topshiriq, misol, jumboqlar test
deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga
yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste`dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda,
kishilarni saralashda keng qo’llanadi. Test metodining qimmati tajribaning
ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan
psixologik ma`lumotlarning ob`ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga
bog’liqdir.
46
1905 yildan, ya`ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon -
insonning aqliy o’sish va iste`dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi
g’oyasiniolg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
CHet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi
deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni
hisoblanmaydi. Malumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik
vositalar bilan amalga oshiriladi. CHet el testologlari tadqiqot ob`ektlarini
o’zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko’nikma hamda malakalarni
aralash holda o’rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning
emotsional holati va salomatligiga bog’liq ruxiy kechinmalarni inobatga
olmaydilar.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozentsveyg,
Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining
namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa
erishish, (maqsadga etish)testlari (ular darsliklarda berilgan va bilim, malaka
darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini
o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishlari
motivatsiyasi va xulqini baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan
iboratdir), shaxs «loyihasi» (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq, javob
berish talab qilinadi, javoblarni taxlil qilib shaxs xususiyatining «loyihasi» ishlab
chiqiladi) kiradi.
Tajriba(eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlar (chaqaloq,
bola, o’spirin, balog’atga ,yetgan va qariyalar)ning psixikasini chuqurroq,
aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment
metodi yordamida sun`iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’sishi,
favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning
xis-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi. Inson
psixikasining nozik ichki bog’lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari,
xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment
materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, ob`ektiv tarzda har xil
47
holat va vaziyatlarni, yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter,
xususiyati, his-tuyg’usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko’nikma
va malakalariga e`tibor berishi lozim.
Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi.
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo’llanadi. Bu
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A. F. Lazurskiy ta`riflagan. Tabiiy
metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, ilmiy
muassasalar xodimlarining, o’qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik
o’zgarishlari, o’zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi
muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini
o’rganishda sinaluvchilar (bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, ishchilar,
dehqonlar, xodimlar va xokazolar) ning o’zlari bexabar bo’lishi, ta`lim
jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta
yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta`sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida
amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (goho guruh va jamoa)
shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-
yo’riklar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir
inson psixikasidagi o’zgarishlarni aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron
hisoblash mashinalari (displeylar), qurilmalar, moslama va jixozlar mavjud.
Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan
yangi sifatlarni qayd qilish va o’lchashda qo’llanadi. Ko’pincha detektorlar,
elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xronorefleksometr,
lyuksmetr, anomaloskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromiogramma
elektrontsefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va
tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish
singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida
kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy
48
vaziyatlar (xalokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning
modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatishi bo’yicha o’zgarishlar,
rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy, asabiy
zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma`lumotlar
olinadi.
Tajriba - aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish qismlariga
bo’linadi. Tajribaning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat
o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob`ektining
aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga
sub`ektiv ta`sir o’tkazmaydi. SHu pallada sinaluvchiga hatto, yo’llovchi savollar
bilan ham yordam bermaslik tajribaning printsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi tajribada sinaluvchilarda biror fazilatni, shakllantirish,
shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malakani yo’l-yo’riq va usulni
o’rgatish rejalashtiriladi. Tajriba yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi
mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga
mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan
tayyorlash oldindan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish tajribasida tarkib toptiruvchi bosqichda shakllantirilgan usul, vosita,
yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini
aniqlash, ta`sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil
topshiriqlar beriladi. Tekshirish tajribasi orqali tarkib toptiruvchi eksperimentning
samarasi o’lchanadi. Mazkur tajribada ham tekshiruvchi sinaluvchiga mutlaqo
yordam berishi mumkin emas, aks xolda tadqiqot o’tkazish printsipi buziladi.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi tajribalarda yig’ilgan
ma`lumotlar, miqdor-statistik metodlardan foydalangan holda ishlab chiqiladi,
shuningdek, miqdor tahlili o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Statistik metodlar
yordamida insonning bilish jarayonlari bilan uning individual-tipologik
xususiyatlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqligi va ta`siri (koppelyaktsiyasi) bilish
jarayonlarining his-tuyg’u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish
amalga oshiriladi. So’ngra miqdorning hamda qo’llanilgan metodikaning
49
ishonchlilik, aniqlilik darajasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik
statistikaning sodda metodlaridan foydalanib ayrim hisoblashlar, masalan,
o’rtacha arifmetik qiymat, miqdorlarni tartibga solish va medianani
hisoblash, kvadrat chetga og’ishinitopish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining
modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek,
mediklar, fiziologlar, kibernetiklar psixikani programmalashtirishni nihoyasiga
yetkazmoqdalar. Ishlab chiqarishdagi «sun`iy intellektlar», robotlar, EHMlar
ana shu izlanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Biografiya(tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning
hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zakiva yozma ma`lumotlar muhim,
ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari,
esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin
egallaydi. SHu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi
materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitofon ovozlari,
fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o’rganilayotgan shaxsni to’laroq
tasavvur etishga xizmat qiladi.Tarjimai hol ma`lumotlari inson psixikasidagi
o’zgarishlarni kuzatishda, uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib
bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Masalan, mazkur
ma`lumotlar orqali ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar; she`riyat, musiqa,
nafosat, tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi
tafakkurning o’ziga xosligini, shaxsning ma`naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor,
iste`dod singari fazilatlarini o’rganish mumkin. Inson ongining xossasi,
namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli
odamlar bildirgan mulohazalarda o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi
ma`lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta`rifu tavsiflari orqali
avloddan avlodga o’tadi.
Biografik ma`lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi,
idora etishi, o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishishi jarayonida
namuna vazifasini o’taydi.
50
Pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bolalarning tarjimai holi asosida ilmiy
tadqiqotlar, masalan N. A. Menchinskaya, V. S. Muxinaning kuzatishlari «Ona
kundaligi» nomi bilan mashhurdir. SHunday tadqiqotlar chet el psixologiyasida
ham keng tarqalgan.Badiiy adabiyotda yaratilgan ko’plab asarlar, masalan,
A..N. Tolstoy, S. Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning
esdaliklari tarjimai hol shaklida bo’lib, ular bilan tanishish natijasida
mualliflarning his-tuyg’usi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste`dodi, qiziqishi,
intilishi, mayli, layoqati, dunyoqarashi, e`tiqodi, nafosati, axloq va odobi
to’g’risida ma`lumotlar olish mumkin.
Anketa metodi. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi.Anketa odatda uch
xil tuziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan motivlarni aniqlashga
mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savolning bir
nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga
yozilgan to’g’ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi. Anketadan turli
yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va
qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Tarqatilgan anketalar yig’ishtiriladi va elektron xisoblash mashinalarida
xisoblanadi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so’ngra tadqiqotga yakun
yasalib, ilmiy va amaliy yo’sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson
psixikasini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi. Lekin
unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi.
Bu kamchilikka yo’l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini
bajaruvchi savollarni puxta ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Odatda
anketa savollariga to’liq javob beriladi yoki qisqacha «ha», «yo’q.» deb yozib
qo’yiladi, shartli belgilar bilan belgilanadi: bunda (Q) tasdiqlashni, (-) inkor
qilishni bildiradi, ketma-ket berilgan bir nechta javobdan faqat bittasi
tanlanadi va tagiga chiziladi yoki tartib raqami aylana ichiga olinadi. [2.17.
72-80-bet]
|