Tadqiqot metodologiyasi , metodikasi va uni o’tkazish bosqichlari




Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/38
Sana04.01.2024
Hajmi2,14 Mb.
#130013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
VXkrvjqX

2.2. Tadqiqot metodologiyasi , metodikasi va uni o’tkazish bosqichlari 
Deviant xulqqa moyil o’smirlar orasida intellektual va ijtimoiy yaxshi 
rivojlangan bolalar ham uchraydi. Ular uchun antiijtimoiy axloq o’z-o’zini 
ifodalash, o’zining o’zligi va ulg’ayganligini namoyish qilish vositasi sifatida 
yuzaga chiqadi. [2.21 304-c] 
Ijtimoiy pedagog o’smirlarda axloqiy buzilishlarning sabablari va 
xarakterini ochishda bunday turdagi tashhis zaruriyati bilan, keyin esa valid 
metodik vositani izlash bilan albatta to’qnashadi. 
Og’ishgan xulq shaxsiy determinantini tashhis qilishda yuqori 
differentsiallashgan yondashuvni aniqlovchi ko’pgina moslashtirilgan 
psixotashhis metodikalar mavjud. [2.11. 30-bet] 
Ijtimoiy-psixologik moslashganlik shkalasi (IPM)ning original varianti 
1954 yil F.K.Rodjers va R.Daymond tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur 
so’rovnoma ommaviy maktabdagi «tarbiyasi og’ir bolalar»ning emotsiya va 
xulq-atvor sohasidagi buzilishlarini o’rganish uchun (Murzenko V.A. 1977), 
maktab moslashuvi - moslashmaganligining ko’rsatkichi sifatida boshlang’ich 
ta'limdan o’rta ta'limga o’tishdagi qiyinchiliklarni o’rganish uchun (Prixojan 
A.M. 1984), ixtisoslashtirilgan maktabdagi ta'limning murakkablashgan 
shakllariga moslashish jarayonida o’smirlarda o’z-o’zini anglashning 
shakllanishiga xos xususiyatlarni o’rganish uchun (Snegireva T.V. 1978), o’rta 
maxsus va oliy o’quv yurtlari sharoitiga moslashishning individual 
xususiyatlarini o’rganish uchun (Osnitskiy A.K. 1992) o’quvchilarning turli 
guruhlarida sinab ko’rilgan.[2.11.35-bet] 
«O’lchov vositasi sifatida IPM shkalasi nafaqat maktab moslashuvi-
moslashmaganligi, balki o’quvchini o’z-o’ziga, o’z imkoniyatlariga bahosini 
undashiga xos qayta ko’rib chiqishga undovchi o’quvchining o’zi haqidagi 
tasavvurlari, uni murakkab yosh davrlari va murakkab vaziyatlarda qayta 
ko’rishni ham tashhislash ancha yuqori differentsiatsiyalash qobiliyatiga ega». 
Biroq ayni paytda metodikaning turli mahalliy variantlari yordamida olinadigan 
ko’rsatkichlar yetarlicha me'yorlashtirilmaganligi hamda so’rovnomadagi 


52 
hukmlar bilan ular nisbatlangan shkalalar o’rtasida qat’iy aloqadorlik yetarlicha 
emasligini ta'kidlash kerak. Ushbu holat bizni so’rovnomani tahrirlab va 
mahalliy sharoitga moslashtirish uchun qo’shimcha ish olib borishga undaydi. 
Metodikadan foydalanish jarayoni shuni ko’rsatadiki, u asosan o’smirlar va 
o’spirinlar uchun mo’ljallangan. Biroq u kichik o’smirlar bilan ishlashda ham 
yaxshi samara berishi mumkin. 
Metodika asosini tashkil qilgan insonning ijtimoiy muhit va o’z-o’ziga 
bo’lgan munosabati modeli o’z-o’zidan rivojlanadigan, o’z xulq-atvori uchun 
javob berishga qodir sub'yekt sifatida shaxs kontseptsiyasidan kelib chiqadi. 
Shkala 101ta hukmdan iborat bo’lib, ularning 37 tasi shaxsning ijtimoiy-
psixologik moslashganlik mezonlariga muvofiq keladi (bu mezonlar shaxs 
yetukligi mezonlariga mos kelib, ular orasida o’z qadrini bilish va o’zgalarni 
hurmat qilishga qodirlik, faoliyat va munosabatlarning real amaliyoti uchun 
ochiqlik o’z muammolarini tushunish va ularni hal etishga urinish kabilar 
mavjud). Keyingi 37 ta hukm moslashmaganlik mezonlariga oid (o’zini va 
boshqalarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qila olmaslik shaxsiy tajriba 
ustida fikr yuritishda «to’siqlar»ning mavjudligi, muammolardan qochish, psixik 
jarayonlarning mo’rtligi kabilar). Qolgan 27 ta betaraf hukmning bir qismini 
yolg’on shkalasini tashkil etadi. 
A.M.Prixojan (1987) ishlab chiqqan xavotirlilik shkalasi Yondashning 
(1973) xavotirlanishning asosiy manbalari va darajasini aniqlab beruvchi 
«Ijtimoiy - vaziyatli xavotir shkalasi» tamoyili asosida tuzilgan.[2.11.33-bet] 
Metodika amaliy psixolog tomonidan psixoprofilaktik maqsadlarda, 
o’quvchilarning «xavotir» guruhi, ya'ni o’zlari psixologga ehtimol murojaat ham 
qilmaydigan, o’qituvchilar va ota-onalaridan shikoyatlar bo’lmagan, biroq tashqi 
maqbullik ortida ma'lum shaxsiy nizolar, o’z-o’zini baholashning 
rivojlanishidagi nuqsonlar oqibatida faoliyat va muloqotning jiddiy sohalarida 
mayda muvaffaqiyatsizliklarni sub'yektiv his etish yashiringan o’quvchilarni 
aniqlashda qo’llanishi mumkin. 


53 
Ma'lumki, xavotirlilik mustahkamlashib, barqaror hissiy noqulaylikka 
sabab bo’lishi, salbiy omillar (masalan, asabiy zo’riqish) ta'sirida esa nevrozga 
o’xshash va psixosomatik buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Boshqa 
metodikalar bilan birga mazkur shkalaning qo’llanishi esa xavotirlilikning 
chuqur determinantlari va shakllarini aniqlash imkonini beradi. Shkalaning taklif 
etilayotgan varianti o’smirlarda sinalgan, natijalar standartlashtirilgan. 
Metodika xavotirlilik turlariga mos keluvchi 3 xil vaziyatni o’z ichiga oladi. 
Maktab bilan bog’liq xavotirlilik - bolada maktabdagi vaziyatlar, o’qituvchi 
bilan muloqotga oid xavotirlilik; 
O’z-o’zini baholash bilan bog’liq xavotirlilik - bola o’zi haqidagi tasavvurlarni 
dolzarblashtirishi vaziyatidagi xavotirlilik; 
Shaxslararo munosabatlar bilan bog’liq xavotirlilik - muloqot vaziyatlari bilan 
bog’liq xavotirlilik; 
Xavotirlilik ko’rsatkichlarini ajratish korreksiya nuqtai nazaridan 
mahsuldor, zero, u buzilish zonasini aniq lokalizatsiyalash va bu bilan 
xavotirlanishni bartaraf etish dasturini maqsadga muvofiq tarzda tuzish imkonini 
beradi. 
Shaxslararo munosabatlar diagnostikasining “Shaxslararo munosabatlar 
interpersonal tashhisining modifikatsiyalashtirilgan varianti (T.Liri - Sobchik)” 
O’smirning ijtimoiy voqelikdagi o’z-o’zini qidirish, shaxsiy xususiyatlarni 
aniqlash jarayoni ko’p hollarda ichki nizolarni keltirib chiqaradi. Bolaligi 
nihoyasiga yetgan-u, hali katta bo’lmagan inson - o’smir uchun o’zining yangi 
«Meni» obrazini qidirish ancha og’riqli va davomiy kechadi. Ularga e'tibor 
bermaslikka urinish o’smirning atrofdagilar bilan munosabatlari buzilishiga olib 
kelmaydi. 
Shaxslararo munosabatlar sohasida vujudga keladigan nizolar o’smirlar 
tomonidan emotsional affektiv tarzda qabul qilinadi, ular barkamol shaxs 
kamolotiga to’sqinlik qilib, o’smir hayotiy faoliyatning samarasizligiga sabab 
bo’ladi. [2.35.56-bet] 


54 
Shaxslararo munosabatlar tashhisining (T.Liri - Sobchik) 
modifikatsiyalashtirilgan varianti shaxslararo va ichki ziddiyatlar tuzilmasini 
o’rganish uchun juda qulay. Empirik jihatdan isbotlanganki, o’z-o’zini baholash 
tuzilmasi (real «Men» va ideal «Men»)dagi jiddiy o’zaro nomuvofiqlik 
shaxsning ichki nouyg’unligidan darak berib, uning nizo uyg’otuvchi xulq-
atvoriga sabab bo’ladi. Mazkur metodikaning qimmati shundaki, u o’z-o’zini 
baholash tizimidagi nomuvofiqlik va uning xarakterini aniqlashga qodir bo’lgan 
yagana o’lchov asbobi ekanidadir. 
Xilma-xil psixodiagnostik metodikalar orasida shaxslararo 
munosabatlarning interpersonal tashhisi anketalar va ko’p omilli 
so’rovnomalarning ijobiy tomonlarini o’z ichiga olganligi bilan ajralib turadi. 
Ushbu metodlar esa T.Liri (1969) ishlab chiqqan original variantdan asosan 
boshqa psixodiagnostik tadqiqotlar natijalari bilan qiyoslashda asoslab berilgan 
talqin bilan farqlanadi. Bundan tashqari, L.N.Sobchik tomonidan sport 
jamoalaridagi (1972, 1974, L.Sobchik), ishlab chiqarish jamoalari, talabalar 
jamoalari va boshqa turdagi kichik guruhlardagi (L.Sobchik 1986, M.Maleshina, 
1986) shaxslararo munosabatlarni o’rganish jarayonida sinovdan o’tkazilgan 
metodikaning verbal materialini moslashtirish ishlari amalga oshirildi. Ammo 
metodikani qo’llash amaliyoti so’rovnoma hukmlarining ayrimlari mukammal 
tuzilmaganligi ko’rsatdi. Bu holat metodikani tahrirlash va moslashtirish 
yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga undaydi. Shuningdeq 
natijalarni qayd etish va hisoblab chiqishning o’zgacharoq qulay va tezkor usuli 
ishlab chiqildi.[2.14. 112-bet] 
O’smirlar axloqida u yoki bu deviatsiyaga moyillikni aniqlashning 
universal metodikasi “Deviant xulq atvor tashhisi metodikasi” hisoblanadi. U 
quyidagi yetti shkaladan iborat: 
1. Ijtimoiy xohishga yo’naltirish shkalasi - 15 band; 
2. Me’yor va qoidalarni buzishga moyillik shkalasi - 17 band; 
3. Addiktiv axloqqa moyillik shkalasi - 20 band; 


55 
4. O’z -o’ziga zarar keltiruvchi va o’z-o’zini parchalovchi axloqqa 
moyillik shkalasi - 21 band; 
5. Tajovuzkorlik va zo’ravonlikka moyillik shkalasi — 25 band; 
6. Hissiy reaktsiyalarni ixtiyoriy nazorat qilish shkalasi - 15 band; 
7. Delinkvent axloqqa moyillik shkalasi - 20 band. 
Shuningdek bu so’rovnoma o’smirlarning harakatga keltirish, g’ayritabiiy 
tarzda fantaziya qilish va xobbi, jinsiy deviatsiya, dismorfobiyaga moyilligini 
ham baholash imkonini beradi. [2.11.31-32-bet] 
Tadqiqot ishimizning mohiyatidan kelib chiqqan holda N.G`.Kamilova 
tomonidan ishlab chiqilgan va modifikatsiya qilingan “Deviant xulq atvor 
tashxisi” metodikasidan foydalanildi. Mazkur metodika Namangan viloyati 
Chust tumanidagi Xisorak QFYda hamda Namangan shahar Ozod MFY da 
istiqomat qiluvchi u yoki bu sabablarga ko’ra mahalla hududi nozirlarining 
e`tiboriga tushgan o’smirlarni 20 nafardan jami 40 nafar tekshiriluvchilar tanlab 
olindi. Tekshiriluvchilarga “Deviant xulq atvor tashxisi” metodikasini 
yo’riqnomasi bilan tanishtirildi. Bunda Xisorak QFYda istiqomat qiluvchi 
o’smirlar 1-guruh, Ozod MFY da istiqomat qiluvchi o’smirlar esa 2- guruh deb 
nomlandi. Tekshiriluvchlar bilan so’rovnoma o’tkazilib natijalar miqdor va sifat 
jihatidan tahlil qilindi. 

Download 2,14 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tadqiqot metodologiyasi , metodikasi va uni o’tkazish bosqichlari

Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish