• 2- diagramma O’smirlik davrida tajovuzkorlikning namoyon bo’lishi
  • A.Bass-A.Darkining “Tajovuzkorlikni o’rganish” metodikasi




    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/38
    Sana04.01.2024
    Hajmi2,14 Mb.
    #130013
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
    Bog'liq
    VXkrvjqX

    A.Bass-A.Darkining “Tajovuzkorlikni o’rganish” metodikasi 
    bo’yicha olingan natijalar tahlili 
     
     
     
     
     
     
     
     
    2- jadval 
     
    Shkalalar 
    1-guruh 
    2-guruh 
    Jismoniy tajovuz 
    20% 
    18% 
    Bilvosita tajovuz 
    12% 
    11% 
    Jahldorlik 
    14% 
    12% 
    Salbiy munosabatlar 
    13% 
    16% 
    Alamzadalik 
    12% 
    10% 
    Badgumonlik 
    8% 
    12% 
    Verbal tajovuz 
    14% 
    15% 
    Aybdorlik hissi 
    7% 
    6% 
    Olingan ma`lumotlarning diagramma shaklidagi ko’rinishi 2-diagrammada 
    aks ettirilgan.– 


    61 
    2- diagramma O’smirlik davrida tajovuzkorlikning namoyon bo’lishi 
    Tadqiqotlarimizda o’smirlik davrida deviant xulqqa tajovuzkorlikning 
    ta`sirini o’rganayotganimiz uchun biz asosan jismoniy tajovuz, bilvosita tajovuz 
    hamda verbal tajovuz ko’rsatkichlari bo’yicha olingan ma`lumotlarni tahlil 
    qildik. 
    “Jismoniy tajovuz” shkalasi bo’yicha o’rtacha arifmetik qiymat 20% va 
    18% ni tashkil etgan bo’lib, bunday holatlar o’smirlar ko’proq jismoniy 
    kuchlariga tayanishlari ko’rsatadi. Shuningdek, ular uchun biror bir vaziyatni hal 
    qilishning muhim yo’llaridan biri bu urishish, janjallashishda deb biladilar.
    Ma`lumki, sinaluvchilar guruhiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bilvosita tajovuz 
    1-guruh o’quvchilarida yuqori ekanligi hamda 2-guruh o’quvchilarida esa 
    ahamiyatli tarzda past ko’rsatkichga ega ekanligi ma`lum bo’ldi. Bu ulardagi 
    tajovuzning shunday bir ko’rinishidirki, bu tashqi ta`sirlarga nisbatan 
    tajovuzkorlik to’g`ridan-to’g`ri ochiq holatda bo’lmay balki, yashirin tarzda 
    amalga oshishini ham ko’rishimiz mumkin. Metodikaning navbatdagi shkalasi 
    jahldorlik sinaluvchilarda ahamiyatli ko’rsatkichlarni tashkil qiladi. Unga ko’ra, 
    1-guruh o’smirlarida 14% va 2- guruh o’smirlarida 12% ni tashkil qiladi. Bu esa 
    o’z navbatida mazkur yosh davr uchun xos bo’lgan xususiyat deyishimiz 
    mumkin. SHuningdek, jahldorlik juda kichik ta`sirga nisbatan ham negativ 
    javob berishga tayyorlik (qiziqqonlik, qo’pollik) kabi jarayonlarda yaqqol 

    0,05 
    0,1 
    0,15 
    0,2 
    0,25 









    Shkalalar 
    1-guruh 
    2-guruh 


    62 
    ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, o’smirlik davrining psixologik xususiyatlarini 
    hisobga oladigan bo’lsak, bunday holatni bo’lishi tabiiy holatdir.
    Salbiy munosabatlar –o’rnatilgan urf-odatlar va qonunlarga nisbatan sust 
    qarshilik ko’rsatishdan to faol qarshilik ko’rinishigacha bo’lgan oppozitsion 
    qarash bilan belgilanadi. SHkalaning mohiyat-mazmunidan ko’rish mumkinki, 
    o’smir shaxsi doimiy ravishda jamiyat, ota-ona va kattalar tomonidan qo’yilgan 
    turli to’siqlarga nisbatan ichki qarshilik bilan javob berish xususiyatining 
    mavjudligi bilan tavsiflanadi. Unga ko’ra, 1- guruh o’smirlarida past ya`ni 13% 
    va 2- guruh o’smirlarida 16% ni tashkil qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bu 
    ko’proq ularning kattalar ta`siridan qutilish hamda mustaqillikka ega bo’lishi 
    bilan izohlash mumkin. Tadqiqot natijalaridan ko’rish mumkinki, alamzadalik 
    sinaluvchilar guruhida ahamiyatli tarzda pasayganligini ko’rishimiz mumkin. 
    Xususan, dastlab o’smirlar kattalarning xatti-harakatlaridan ranjigan bo’lsalar 
    keyinchalik u odat tusiga kirganligi bilan tavsiflanadi. Badgumonlik-kishilarga 
    nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlikdan tortib to kishilar tomonidan zarar 
    yetkazish rejalashtirilmoqda yoki zarar keltiradi, deb ishonishga qadar bo’lgan 
    diapozonni qamrab oladi. O’z navbatida o’smir shaxsi nafaqat o’zidan, balki 
    o’zgalardan ham shubhalanish, atrofdagilarga ishonmaslik kabi xislatarni o’zida 
    namoyon qiladi. Natijalarga ko’ra, badgumonlik 1- guruh o’smirlarida 8% va 2- 
    guruh o’smirlarida 12% ni tashkil qilib, yoshga bog`liq ravishda ortganligini 
    ko’rishimiz mumkin. Metodikaning navbatdagi shkalasi verbal tajovuz 
    sinaluvchilar guruhida o’ziga xos o’rinda namoyon bo’lib, ahamiyatli ravishda 
    ortganligi bilan tavsiflanadi. SHuningdek, sinaluvchilarning natijalariga ko’ra, 
    1- guruh o’smirlarida 14% va 2-guruh o’smirlarida 15% ni tashkil qilganligi 
    bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, ko’rsatkichlarning bu tarzda namoyon bo’lishi ular
    kamol topayotgan muhitga, atrofdagilarning munosabatlariga, jamiyat 
    tomonidan qo’yilayotgan talablar tizimiga bog`liqligi bilan belgilanadi. 
    O’smirlik davrida shaxs tomonidan doimiy ravishda kutilgan yoki kutilmagan 
    tarzda qonun-qoida buzish holatlari uchrab turadi. Bu esa o’z navbatida qilgan 
    ishidan ta`sirlanish, uyalish, aybdorlikni his qilishi ma`lum ma`noda 


    63 
    ahamiyatsiz ko’rinishga egaligi bilan belgilanadi. Ta`kidlash joizki, aybdorlik 1- 
    guruh o’smirlarida yuqori 7 % ni tashkil qilsa, 2- guruh o’smirlarida 6% 
    ko’rsatkich qayd qilinadi. Bu esa o’z navbatida jamiyatdagi turli xulq-atvor 
    normalarini buzilish ular uchun odatiy holga aylangan bo’lib, mazkur narsalar 
    uchun ular o’zlarida aybdorlikni his qilmaydilar.
    Xulosa qilib aytish mumkinki, agressivlikni o’rganish metodikasi 
    o’smirlarning tajovuz darajasini aniqlaydigan klassik metodikalardan 
    hisoblanadi.[2.11.36-37-bet]
    O’smirlar deviant xulq-atvorining ko’plab determinantalari orasida eng 
    muhimlaridan biri shaxsning patoxarakterologik rivojlanishi va xarakter 
    aktsentuatsiyasidir. 
    A.Lichko va L.Rubinalarning aniqlashicha, psixonevrologik dispanserlarda 
    ro’yxatga olingan 78 foiz o’smirlar voyaga yetmagan bolalar ishlari bo’yicha 
    inspektsiyada ham ro’yxatda turadi. Shu bois xarakter aktsentuatsiyasini erta 
    tashhis qilish ijtimoiy pedagog ishida juda dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
    Xarakter aktsentuatsiyasi - bu ba'zi xarakter xususiyatlarining o’ta kuchayib 
    ketishi oqibatda, ayrim turdagi psixogen omillar ta'siriga berilishning ortishi va 
    aksincha, boshqa ba'zi omillar ta'sirida beriluvchanlikning susayishidir. 
    O’smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi xususiyatlari ayniqsa kuchayib, 
    tashqi tomondan psixopatiyani eslatib yuboradi. Bordi-yu, o’smirni qurshab 
    turgan ijtimoiy voqelikda aktsentuatsiya tufayli paydo bo’lgan, A.E.Lichko 
    so’zlari bilan aytganda, «qarshiligi eng ojiz bo’lgan joyga yo’naltirilgan» 
    psixogen omillar bo’lsa, ijtimoiy moslashuvchanlikning buzilishi va shaxsning 
    tegishli psixopatik tipga muvofiq shakllanishi kuzatiladi. 
    O’smirning xarakter aktsentuatsiyasi tipini aniqlash katta amaliy ahamiyatga 
    ega. Aniqlangan tip xarakterdagi zaif nuqtalarni ko’rsatadi, bu esa 
    moslashuvchanlikning buzilishiga qanday omillar sababchi bo’lishi 
    mumkinligini oldindin ko’ra bilish imkoniyatini beradi. Bularning barchasi 
    psixoprofilaktika ishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 


    64 
    1970 yilda A.E.Lichko tomonidan o’smirlar uchun mo’ljallangan 
    patoxarakterologik so’rovnoma ishlab chiqilgan va sinovdan o’tkazilgan. 
    So’rovnoma o’smirlik yoshida psixopatiya, psixopatik rivojlanish hamda 
    xarakter aktsentuatsiyasida kuzatiladigan xarakter tiplarini aniqlashga 
    mo’ljallangan. Gipertim tip. Asosiy belgilari - deyarli hamma vaqt juda yaxshi 
    kayfiyat, gohi - gohida jahl, tajovuz, ta'sirlanish bilan almashinishi mumkin. 
    Nafaqat tengdoshlari davrasiga oshiqadi, balki u yerda liderlikka intiladi. 
    Hamma vaqt «hayot qaynayotgan» joyga oshiqadi. Qiziqishlari, reaktsiyasi boy 
    va xilma-xil, asosiysi - doimiy xobbisi yo’q. Odatda, o’z kelajagiga, hatto bunga 
    asos yetarli bo’lmasa-da, ishonch bilan qaraydi. Muvaffaqiyatsizliklar keskin 
    affektiv reaktsiyaga sabab bo’lishi mumkin, biroq izdan chiqara olmaydi. 
    Tsikloid tip. Bolaligida gipertimlardan farq qilmaydi, biroq pubertat yoshga 
    kelib, dastlabki subdepressiv bosqichi yuzaga keladi. Avval osongina 
    uddalangan ishlar endi katta sa'y - harakatlar talab etadi, tengdoshlari davrasidan 
    chetlanish va h.k. Kayfiyatga mos tarzda hamma narsa pessimistik bo’yoqqa ega 
    bo’ladi. Mayda ko’ngilsizlik va omadsizliklar ish qobiliyati pasayishi natijasi 
    bo’lib, juda og’ir kechadi. Tanbehlarga ba'zida qo’pollik hatto jahl bilan javob 
    bersa-da, ko’nglida yanada tushkunlikka tushishi mumkin.
    Labil tip. Asosiy xususiyati — kayfiyatning o’ta o’zgaruvchanligi. Arzimas 
    sabablarga ko’ra kayfiyati tez va keskin o’zgaradi. Maqtovlar, rag’batlardan 
    samimiy quvonadi. Ko’ngilsizlik yo’qotishlar keskin affektiv reaktsiyalarga 
    sabab bo’lishi mumkin. 
    Sensitiv tip. Sho’xliklarni yoqtirmaydi, bolalarning katta davralaridan o’zini 
    chetga oladi, umuman notanish odamlar bilan muloqotga kirishi qiyin. Biroq bu 
    shizoidlarga xos autistik moyilliklar emas. Ular anchagina muloqotli. 
    Tengdoshlariga kichiklar bilan o’yinni taklif etadi, yaqinlariga bog’lanib qoladi. 
    Maktab dastlab xavotirga soladi, keyin ko’nikib qolgach, boshqa jamoaga 
    istamaygina kirishadi. Ta’na va notatsiyalar o’smirlar uchun xos norozilikdan 
    ko’ra ko’proq iztirob va hatto alam uyg’otadi. O’zining, ayniqsa. irodaviy va 
    axloqiy - etik sohalaridagi ko’plab kamchiliklarini ko’ra biladi. 


    65 
    Shizoid tip. Asosiy belgilari - atrofdagilardan chetlanish, kamgaplik muloqot 
    o’rnatishga qodir emaslik yoki buni istamaslik. Ko’p hollarda o’zining 
    yolg’izligidan qiynaladi va yanada odamovi bo’la boradi. Qiziqishlari, 
    fantaziyalari, manfaatlari dunyosiga kirishga kichik urinishlar ham keskin 
    reaktsiyaga sabab bo’ladi. Shizoidlardagi keskin affektiv reaktsiyalar ko’pincha 
    immunitiv tipda bo’ladi. 
    Epileptoid tip: disforiya (hissiy buzilish)ga moyillik va u bilan bog’liq affektiv 
    portlovchanlik. Affektlar nafaqat kuchli, balki davomiy ham. Bunda keskin 
    nafrat – so’kinish, kaltaklash va sh.k. kuzatiladi. Jahl uchun sabab arzimas 
    bo’lishi mumkin, biroq uning manfaatlari kamsitilgan bo’ladi. Sabab tasodifiy 
    bo’lishi mumkin va ko’p holda pichoq suyakka taqalishiga olib keladi. 
    Isteroid tip. Asosiy xususiyati - haddan ziyod egotsentrizm, diqqat markazida 
    bo’lish, hayratga solish, hurmat, hamdardlikka intilish. Befarqlikdan ko’ra 
    atrofdagilarning noroziligi va nafratini afzal ko’radi. O’zini ko’rsatishni yaxshi 
    ko’radi. Emansipatsiya reaktsiyasi namoyishkorona poklonoformizm - qabul 
    qilingan qoida, qarash va me'yorlarni atay (ko’z-ko’z qilib) inkor etish. Kuchsiz 
    tomoni - nafsoniyati kamsitilishi, ishonchlar barbod bo’lishi, nufuzi pasayishi 
    bo’lib, affektiv reaktsiyalar keltirib chiqara oladi. 
    Beqaror tip. O’yin-kulgi, bayram, bekorchilikka moyillik kuchliligi. Emotsiyalar 
    beqarorligi, kuchsiz iroda va shukabilar xosdir. 
    Asteno-nevrotik tip. Toliquvchanlik, ta'sirchanlik va ipoxondriklikka moyilligi 
    bilan ajralib turadi. Arzimas narsalar uchun atrofdagilardan «alamini oladi». 
    Psixastenik tip: kat'iyatsizlik, fikrlash, o’z-o’zini tahlil qilishni yaxshi ko’rish, 
    obsessiyalar - qo’rquv, xavotirlarning oson hosil bo’lishi xos. 
    Konform tip. Narsalarning mavjud tartibini doimo va haddan tashqari passiv 
    qabul qilish. Har qanday vaziyatda ko’pchilikka bo’ysunish, fikrlar qolipli, 
    sodda ekani. Konservatizm, «amaldagi axloqqa» moyillik. Konformlik notanish 
    odamlardan xavfsirash, hamma qanday qilsa shunday qilish, hammadan qolib 
    ketmaslikka harakat qilish, tanqidsizlik atrofdagilarning hamma gaplarini 
    haqiqat deb bilish, yangilikni yaxshi ko’rmaslik va unga moslasha olmaslik, 


    66 
    tashabbussizlik boshqalarga ergashib, noqonuniy ishlarga qo’l urish, odatiy 
    muhitdan ajralganda emansipatsiya reaktsiyasining keskinligi, qiziqishlarning 
    to’laligicha muhit bilan belgilanishi, unga beradigan bahoning yomon emasligi. 
    Xarakter aktsentuatsiyasi tiplari haqidagi ma'lumotning keltirilishiga asosiy 
    sabab shundaki, so’rovnomada ballarga mos keladigan joylarda ushbu tiplarning 
    bosh harflari qo’yilgan: G — gipertim, S — sikloid, JI - labil, A - asteno - 
    nevrotik S — Sensitiv, P — psixostenik Sh — shizoid, E — epiloptoid, I — 
    Isteroid, B - beqaror, K - konform.
    O’smirlik davrida deviant xulq-atvor va xarakter aktsentuatsiyasi 
    o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan tajriba ishimizda A.E.Lichkoning 
    shaxs xarakter aktsentuatsiyasini aniqlashga qaratilgan metodikasidan 
    foydalanildi. Metodika sinaluvchilar guruhida o’tkazilib, natijalar miqdor va 
    sifat jihatidan tahlil qilindi. Miqdoriy tahlil natijalari jadvalda aks ettirildi.

    Download 2,14 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A.Bass-A.Darkining “Tajovuzkorlikni o’rganish” metodikasi

    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish