3
KIRISH
Tadqiqotni asoslanishi va dolzarbligi. Mamlakatimizda “Ta`lim
to’g’risida”gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning uchinchi sifat
bosqichi o’z kasbining zukkolari, o’ta zehnli, kuchli intellektual imkoniyatlar
egasi, o’zida mukammal dunyoqarash va boy ma`naviyatni mujassamlashtirgan
salohiyatli kadrlar tayyorlash, ularni jahon hamjamiyatida raqobatbardoshligiga
erishishni maqsad qilib qo’yadi. «Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini
ro’yobga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga
moslashgan, ta`lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash,
keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va boshqa turdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila
oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
[1.2.10-bet].
Respublikamiz о‘z mustaqilligiga erishgandan sо‘ng, ta’lim sohasini
bosqichma–bosqich isloh qilish ishiga katta e’tibor berilmoqda. Har tomonlama
rivojlangan, ongli barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb
muammolaridan biridir. Chunki, yurtimizning ertangi kuni bugungi yoshlar
qо‘lidadir. Shuning uchun sog‘lom, ongli, bilimdon, dunyoqarashi keng
shaxslarni tarbiyalash vazifasi davlatimiz siyosatining ustivor yо‘nalishlari
darajasiga kо‘tarildi. [1.1. 11-bet].
BMTning o’smirlar muammolari bilan shug’ullanuvchi YuNISEF
tashkilotining ijtimoiy monitoring natijalarida ham O’zbekiston bu borada
o’ziga xos yutuqlarga erishayotgan davlatlardan biri ekanligi ko’rsatiladi
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek: “Barchangiz yaxshi bilasizki, kelajak avlod haqida
qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning
milliy xususiyatimizdir”[1.3. 42-b].
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning
о‘z ijodiy va intellektual salohiyatini rо‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-
qizlarini XXI asr talablariga tо‘liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan
4
shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar
yaratish bо‘yicha keng kо‘lamli aniq yо‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi
Konistitutsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan maruzasida yoshlar va ularning
tarbiyasi haqida quydagi fikrlarini ta’kidlab o’tadilar.
“Xalq bilan muloqot va
inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib
tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz
uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va
sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurush, yoshlarni
ish bilan taminlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo’yicha
boshlangan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko’taramiz. Biz ta’lim va
tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida
takomillashtirishni o’zimizning birinchi vazifamiz deb bilamiz.
Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm,
giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “Ommaviy madaniyat”
degan turli balo-qazolarni xafi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan
bo’lsak, bu so’zlarni chuqur ma’nosiga va ahamiyati yanada yaqqol ayon
bo’ladi.
Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o’z dolzarbligi
va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan masala bo’lib qolmoqda.
Bugungi keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar,
jamoatchilik, mahalla faollari bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada
oshirishimiz kerak.Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning
qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarni yechish uchun amaliy ko’mak
berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor
qaratishimiz zarur. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida
shakillangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz.
Farzandlarimiz ayniqsa, qiz bolalarning zamomnaviy bilim va kasb-hunarlarni,
xorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sog’lom va barkamol bo’lib,
5
hayotdan munosib o’rin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etamiz.
[1.7. 1-2-bet]
O’zbekiston Respublikasi Prezideneti Sh. M. Mirziyoyev 2016-yil
yakunlarida “Eng avvalo yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy
tarixi, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish,
johon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-
sharoit yaratish ustufor vazifalardan hisoblanadi”, deb takidlab o’tdi. [1.9.102
bet]
Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakatlar strategiyasi to’g’risi”dagi Farmonida “aholi bandligini oshirish,
fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularni salomatligini saqlash, maktabgacha
ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta mahsus va oliy ta’limni sifatini yaxshilash
hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi’.
[1.10. 1-2 bet]
Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga
oshirilayotgan tub islohatlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor
yо‘nalishlaridan hisoblangan ta’limni yangilash va yosh avlodni zamon
talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga
mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qо‘ymoqda. [1.4. 40-
bet]
Sir emaski, insonning xulq-atvori o’zgaruvchan va rang-barang bo’lib,
uning individual xususiyatlari, o’ziga xos «uslublari»ning mavjudligi hech
qachon va hech kimda , hech qanday shubha tug’dirmaydi. Biroq bu xulq-
atvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero insonlarning o’zaro
muloqoti, o’zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi
uchun iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. Ma`lumki, har bir jamiyat
o’zining qat`iy belgilangan ijtimoiy xulq-atvor dasturlari tizimiga va
jamoatchilik fikri, odatlar, axloqiy tamoyillar, an`analar kuchiga tayanuvchi
xulq-atvor qoidalariga ega. Qabul qilingan me`yorlar xulq-atvorning tarixan
shakllangan qoidalari sifatida talqin qilinadi, shu bilan birga u baholovchi
6
vazifaga ham ega. Unga muvofiq ravishda har qanday harakat «to’g’ri» yoki
«noto’g’ri» «yaxshi» yoki «yomon» deb tavsiflanadi. Bunday tushunishda
me`yorning tabiiy bo’g’lanishi, ya`ni unga aloqador tushuncha «buzilish»
atamasi bo’lib hisoblanadi. Odatda «buzilish» atamasi har qanday «kasal» va
«kasallik» xususida mulohaza yuritilganda ham ishlatiladi. Chunki buzilish aniq
termin bo’lmasdan, balki bu tushuncha orqali xulq-atvor yoki uning simptomlari
bilan bog’liq belgilar tushuniladi. Lekin psixik buzilishlar guruhiga alohida
ijtimoiy og’ishlar yoki shaxsiyatsiz vazifalar kirmaydi. Har bir shaxs o’z yosh
davriga xos muayyan ijtimoiy munosabatlar egasi hamda unga jamiyat
tomonidan ko’rsatiladigan ko’plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy
ta`sirlarning ob`yekti hisoblanadi (E.G’. G’oziev, 2002). Shaxsning xarakteri,
temperamenti, qobiliyati ruhiy jarayonlarni boshdan kechirganda, mehnat
faoliyatida, turmushda o’zini namoyon etadi. Demak, psixik jarayonlar, psixik
holatlar va psixik xususiyatlarning o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda
aloqadorlik shaxsning psixologik tuzilishini tashkil etadi. Afsuski, biz ba`zan
inson haqida fikr yuritganimizda sog’liq, kasallik va uchinchisi sog’liqqa ham,
kasallika ham qo’shilmaydigan bir holat haqida fikr yuritishimizga to’g’ri
keladi. [2.1. 87-bet].
Jahon fani, xususan tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan Abu
Ali ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» kitobida sabablar to’rt xil bo’ladi:
moddiy, faol (ta`sir qiluvchi), shakliy va tugallovchi sabablarni ko’rsatib o’tadi.
Moddiy sabablar sog’liq va kasallik negizlarida paydo bo’ladi. Eng yaqin negiz
a`zo ruhdir. Ta`sir qiluvchi sabablar odam gavdasining holatlarini o’zgartiruvchi
yoki o’zgarmagan holda saqlovchi sabablardir. Jumladan uyqu va uyg’oqlik ham
sabablardan biridir. Bir yoshdan boshqa bir yoshga o’tish, yosh, jins e`tibor
bilan farqlash ham ta`sir qiluvchi sabablardandir. Shakliy sabablar — mijozlar
ulardan keyin paydo bo’ladigan quvvatlar va tarbiyalardir. Tugallovchi sabablar
faoliyat (ishlar)dir. Faoliyatni o’rganishga quvvatlar va ularni tashuvchi ruhlarni
o’rganish ham kiradi. Tabibning tasavvur qilib, dalil keltirmog’i zarur bo’lgan
7
narsalar kasalliklar, ularning o’ziga xos sabablari, alomatlari va qanday qilib
kasallikning ketkazilishi va sog’liqni saqlashidir.[2.16.78- bet]
Aynan o’smirlik yoshida ijtimoiy me`yorlarga har xil qarash tufayli
ko’pincha, uning xulq-atvori me`yorlarning teskarisi ekanligini hisobga olib,
salbiy me`yorlarning «oynadagi aksi» deyishadi. [2.27.182-bet].
O’smirlik davriga xos deviant xulq-atvor va ularni ijtimoiy moslasha
olmaslik (dezadaptatsiya) muammosi kuchayib borish xususiyatiga ega ekanligi
bois ham juda dolzarbdir. Bunday o’smirlarning umum qabul qilingan ijtimoiy
va ma`naviy-axloqiy me`yorlarni tan olmasligi, ta`lim-tarbiya bilan
shug`ullanuvchi oila, maktab, mahalla va boshqa ijtimoiy institutlar oldiga
muhim vazifalarni yuklaydi. Bunday toifadagi o’smirlar xulqidagi
o’zgarishlarga binoan quyidagilarga:
- xulq ifodalanishiga ko’ra, yuqori tajovuzkor (agressiya) ko’rinishidagilar;
- jinoyatchilik «qurboniga» aylanuvchilar;
- tadbirkorlik faoliyatida barvaqt faol ishtiroki tufayli «erta» kamol topganlar;
- muomala va o’zaro munosabatlarda «qiyinchilik»ni his etuvchilar kabi
kategoriyalarga ajratish maqsadga muvofiqdir. [2.31. 144-bet].
Mazkur muammoning tadqiqi bilan shug`ullangan bir qator olimlarning
fikricha, sodir etilgan har o’nta jinoyatdan olti-sakkiztasini ijtimoiy
dezadaptatsiyani bartaraf qilish orqali samarali amalga oshirish mumkin. Xulq-
atvorida buzilishlari bo’lgan o’smirlarning psixik rivojlanishida ham
o’zgarishlar ro’y berishi sir emas. Shu bois ularning xulq-atvorida buzilishni
keltirib chiqaruvchi sabablar (etiopatogenezi) tibbiy va korrektsion chora-
tadbirlarni amalga oshirish miqdori - kompleks yondashuvni talab etadi. Zero,
yildan-yilga o’smirlar xulq-atvoridagi buzilishlar, ularning intellektual-
emotsional-irodaviy rivojlanishdan ham orqada qolish holatlari ortib
borayotganidan dalolat bermoqda. [2.33. 46-bet].
Hozirgi zamonda turli yosh davrlariga xos deviant xulqining pedagogik
korreksiyasi va uni bartaraf qilishga oid yangi texnologiyalar yaratish xususidagi
masalaga oydinlik kiritishga e`tibor haddan ziyod ortgan. Zamonaviy
8
psixologiya va pedagogika fanlarida ushbu muammoga bag’ishlangan
psixoanalitik, frustratsion, hamda bixevioristik tadqiqotlarning o’rni ham
salmoqlidir. Ammo, bizningcha, tarbiyasi «qiyin» o’smirlarning patologik xulq
mexanizmlari, mazkur «qiyin»lik tasnifiga asoslangan tipologiyaning modelini
yaratish dolzarb muammoligicha qolmoqda. Deviant xulqning
fenomenologiyasi, ya`ni deviant xulqning turlari, deviant xulq tiplarining o’zaro
aloqadorligi, deviant xulqning tasnifi, bu o’zgarishlar nafaqat o’smir uchun,
balki ijtimoiy guruh va jamiyat uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. [2.19. 156-bet].
Yuqoridagi fikrlar o’smir xulq-atvoridagi deviantlikni pedagogik
korreksiya qilish muammosining dolzarbligini ko’rsatadi.
|