O’smirlik deviant xulq shakllanishi uchun senzitiv davr sifatida




Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana04.01.2024
Hajmi2,14 Mb.
#130013
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
VXkrvjqX

1.2. O’smirlik deviant xulq shakllanishi uchun senzitiv davr sifatida 
Hozirgi davrda o’smirlarni tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari, 
qonuniyatlari, imkoniyatlari xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga 
kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. SHuni alohida ta`kidlash kerakki, 
o’smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to’la hisobga olgan holda 
ta`limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo’llash shaxslararo munosabatda 
anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o’rtasida iliq psixologik 
iqlimni yaratadi.
Turg’unlik yillaridagi so’z bilan ishning nomuvofiqligi, axloq 
tarbiyasidagi qo’pol xatolar o’smirlarning ruhiy dunyosiga salbiy ta`sir 
ko’rsatdi. Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, tarbiyani 
insonparvarlashtirish harakati boshlangan hozirgi kunda o’smirlar taqdiri 
masalasi ham g’oyat jiddiy tus oldi.
O’smirlar muammosiga e`tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy 
sabablari quyidagilardan iborat:
1) fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat,san`at va adabiyot,
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotgani;
2) ommaviy axborot ko’lamining kengayishi tufayli o’smirlar ongliligi 
darajasining ko’tarilgani; 
3) o’g’il va qizlarning dunyo voqealaridan, tabiat va jamiyat fan va texnika 
rivojlanishi natijasida madaniyat, san`at va adabiyot, ijtimoiy-qonunlaridan, 
tarixdan yetarli darajada xabardorligi; 
4) ularning jismoniy va aqliy kamoloti jadallashgani; 
5) o’smirlar bilan ishlashda g’oyaviy-siyosiy va vatanparvarlik va millatlararo 
totuvlik tarbiyasiga alohida yondashish zarurligi; 
6) oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga 
chuqur kirib borayotgani; 
7) o’quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o’zini o’zi 
boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani.


24 
O’smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko’chish jarayoni sodir 
bo’ladi. O’smirda psixik jarayonlar keskin o’zgarishi bilan aqliy faoliyatida 
ham burishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda, talaba bilan 
o’qituvchining muloqotida, kattalar bilan o’smirlar muomalasida qat`iy 
o’zgarishlar vujudga keladi. Bu o’zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug’iladi. 
Bular avvalo ta`lim jarayonida ro’y beradi: yangi axborot, ma`lumotlarni bayon 
qilish shakli, uslubi va usullari o’smirni qoniqtirmay qo’yadi. Odobli, dilkash 
o’smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo’pol, serzarda bo’lib qoladi. 
Kattalarning yo’l-yo’riqlarga, talablariga muloyimlik bilan javob qaytarib 
yurgan o’smir ularga tanqidiy munosabatda bo’ladi. Uning fikricha, kattalarning 
talablari, ko’rsatmalari mantiqan ixcham, dalillarga asoslangan, yetarli ob`ektiv 
va sub`ektiv omillarga ega bo’lishi kerak. O’smirda shaxsiy nuqtai nazarning 
vujudga kelishi sababli u kattalarning, o’qituvchining qayg’urishi, kuyishiga 
qaramay, o’zining fikrini o’tkazishga harakat qiladi. Uning o’z qadr-qimmati 
haqidagi tasavvuri, narsa va hodisalarga munosabati oqilonalikdan uzoqlasha 
boshlaydi, u ayrim ma`lumotlarni tushuntirib berishni yoqtirmaydigan bo’lib 
qoladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatning ajralmas qismiga aylanadi. 
O’smir xulqidagi bunday o’zgarishlar tajribasiz o’qituvchi yoki ota-onani qattiq 
tashvishga soladi, asabiylashtiradi va ularning o’quvchiga munosabatini 
o’zgartiradi. Natijada kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar kelib chiqadi. 
Ayrim pedagoglar o’smirlik davri inqirozi to’g’risida kuyinib gapiradilar, 
ba`zi illatlarni tanqid qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga 
intiladilar. Aslida esa o’smirlarga yondashishda metodologik kamchilikka yo’l 
qo’yadilar. Mazkur illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab 
chiqa olmaydilar. Bu masalaga to’g’ri yondashish ayrim ilmiy tadqiqotlarda 
asoslab berilgan va o’smirlik davri inqirozi haqida mulohaza yuritishdan ko’ra, 
kattalar bilan o’smirlar muomalasining inqirozi haqida gapirish to’g’riroq 
bo’ladi, deb xulosa chiqarilgan.[2.17. 153-154.bet] 
O’smirning psixik o’sishini xarakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini 
vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari 


25 
o’rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Mana shu 
dialektik qarama-qarshiliklar ortib borayotgan jismoniy, aqliy hamda axloqiy 
imkoniyatlar bilan barqarorlashgan, stereotipga aylangan tashqi olamni aks 
ettirishning shakllari o’rtasida sodir bo’ladi. Vujudga kelgan ziddiyatlar va 
qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta`minlash, faoliyat turlarini 
murakkablashtirish orqali o’smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib 
toptirish bilan asta-sekin yo’qotish mumkin. Bu davr insonning kamoloti 
yuqoriroq bosqichiga ko’tarilishi bilan yakunlanadi. Kamol topish o’smirdan 
umumlashtirish, hukm va xulosa chiqarish, mavhumlashtirish, ob`ektlar 
o’rtasidagi ichki munosabatlarni o’rnatish, muhim qonun, qonuniyat, xossa, 
xususiyat, mexanizm va tushunchalarni anglash, ixtiyoriy diqqat, barqaror 
qiziqish, ongli motiv va mantiqiy eslab qolishni talab qiladi. Bularning barchasi 
fanlarga doir bilimlar tizimini vujudga keltiradi, amaliy ko’nikmalarni 
shakllantiradi, o’zini o’zi nazorat qilish, baholash, anglash singari xususiyatlarni 
tarkib toptiradi.[2.15. 283.bet] 
Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy 
jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv 
jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. SHu sababli bizda o’g’il 
va qizlarni 10—11 dan 14—15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi. 
Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini 
baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida 
vujudga keladigan o’z mavqeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos 
deb hisoblaydilar. Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, 
paydo bo’lishga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, 
ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilar emish. Rus 
psixologlari Z. Freyd nazariyasini mutlaqo asossizligini ta`kidlab, o’smirda 
imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga 
moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan 
xarakterlanishini asoslab berdilar. [2.10.103.bet] 


26 
Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya`ni jinsiy 
yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik 
jihatdan inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi sub`ektiv ichki kechinmalari 
o’g’il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli 
norozilik, qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik 
kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar 
o’smir xatti-harakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb 
tushuntirilmoqda. O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona 
sof biologik omilga bog’liq emasligi hammaga ayondir. 
Amerikalik psixolog R. Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenetik 
nazariyani qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, 
degan g’oyani olg’a suradi. Uning fikricha, o’smirlik davrida uchta asosiy 
ijtimoiy axloqiy kategoriya mavjud bo’lib, ular; 
1. emansipatsiya (kattalar ta`siridan qutulish)
2. mustaqillikka erishish 
3. hayot yo’li va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur 
ijtimoiy-axloqiy normalarni o’zlashtirishdan iboratdir. 
Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e`tibor bermas ekan, 
o’smirlik davri qancha bo’lishidan qat`i nazar, u bolaligicha qolaveradi. R. 
Kulen o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning 
psixologik xususiyatlarini ham xisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor 
qiladi. 
Psixologlarning fikricha, o’smirlik davrining muayyan hech o’zgarmas 
xususiyati va xarakteristikasi mavjud emas. O’smirlar o’rtasidagi o’ziga xos 
tipologik farqlarni ijtimoiy omillarning ta`siri bilan, ta`lim va tarbiya 
sharoitlarining xususiyatlari bilan izohlash mumkin. 
SHu bilan birga, o’smirning jismoniy o’sishi xususiyatlari, jinsiy yetilishining 
iqlim va milliy-etnografik omillari ham bor. 
O’smirlik insonning balog’atga etish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan 
kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan 


27 
biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi 
vujudga keladi. Balog’at davriga 11 (12)—15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar 
kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy etilish 
amalga oshadi. 
Bolaning bo’yi 11—12 yoshida 6—7 sm, hatto 10 sm gacha o’sishi 
mumkin. Biroq bu bosqichda qizlar o’g’il bolalarga qaraganda tezroq o’sadilar. 
O’smir 13—14 yoshga to’lganda har ikkala , jins o’rtasida bo’yning o’sishi 
qariyb baravarlashadi. O’n besh yoshga qadam qo’yganda esa o’g’il bolalar 
qizlarni ortda qoldirib ketadilar. 
SHundan keyin to umrning oxirigacha 
o’sishda o’g’il bolalar ustunlik qiladilar. 
O’smirlik davrida bo’y bilan tana nomutanosib ravishda o’sadi, natijada 
bolalar oriq, nimjon va uzun bo’yli bo’lib ko’rinadilar. 
O’smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig’imi har yili 25 foiz kattalashib 
boradi. Bo’yning jadal o’sishi va tana og’irligining ortishi bilan qon hamda 
kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak xajmining kengayishi va 
funktsional faoliyati ko’rsatkichlarining boyishi evaziga ta`minlanadi. Mazkur 
davrda tananing umumiy hajmidan 7—8 foizini qon tashkil qiladi, qon bosimi 
birmuncha oshadi, simob ustunining 110—115 mm darajasida bo’ladi. Yurak 
qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda 1 daqiqada 
85—90 marta urgan bo’lsa, 14—15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi. 
[2.36.42.bet] 
O’smirlik davri organizmning jo’shqin o’sishi va rivojlanishi davridir. Bu 
davrda tananing intensiv o’sishi (mana shu ikki yil mobaynida qiz bolalar 
maksimum o’sish 13 yoshga, o’g’il bolalarda esa — taxminan 15 yoshga to’g’ri 
keladi) yuzaga keladi. Bu davrda bolaning muskul apparati takomillashadi va 
skeletining suyaklanish protsessi davom etadi. 
O’smir bolaning qanday o’xshovsiz, beso’naqay ko’rinishini biz yaxshi 
bilamiz. Buni notekis jismoniy taraqqiyot bilan tushuntirish mumkin: skelet va 
qo’loyoqlari xususan intensiv ravishda bo’yiga o’sadi, ko’krak qafasi esa 
taraqqiyotdan orqada qoladi. Bu esa ayrim psixologik namoyonlikni yuzaga 


28 
keltiradi: o’smir o’zining beso’naqayligini anglaydi, undan uyaladi va o’zining 
o’xshovsizligini niqoblashga intiladi. Ba`zan sun`iy, serhasham qiyofaga kirib, 
soxta va yasama qo’pollik bilan o’zining tashqi qiyofasidan kishilarning 
diqqatini chalg’itmoqchi bo’ladi. Uning qaddi-qomati, vajohati yoki yurishlariga 
nisbatan xatto salgina kinoya va xazil, mutoyiba ko’pincha jo’shqin reaksiyani 
yuzaga keltiradi; kishilarning ko’z o’ngida kulgili va qovushmagan bir odamga 
aylanib qolganligidan o’smir ranjiydi. 
Bu davrda yurak-qon tomirlari sistemasining taraqqiyotida mos kelmaslik 
hodisasi kuzatiladi. Bu paytda yurak hajmi jihatidan ancha kattalashadi, 
anchagina baquvvatlashadi, ancha kuchli ishlay boshlaydi, qon tomirlarining 
diametri bo’lsa taraqqiyotdan orqada qoladi. Bu ko’pincha qon aylanishining 
vaqtincha buzilishiga, qon bosimining yoshga bog’liq holda ko’tarilishiga, yurak 
faoliyatining zo’r berishiga olib keladi. Natijada ayrim o’smirlarda uchraydigan 
bosh aylanishi, yurak urishi, bosh og’rishi,vaqtincha yuzaga keladigan 
zaiflik,nisbatan tez toliqish va shuning kabi holatlar vujudga keladi. 
O’smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi. O’pkaning 
tiriklik sig’imi quyidagicha bo’ladi: 
O’g’il bolalarda — 11yoshda 1900—2000 ml; 15 yoshda 2600—2700 mm. 
Qizlarda — 11 yoshda 1800—1900G ml. 15 yoshda 2500—2600 ml. SHuning 
uchun nafas olish har daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin bilan, 
qizlar esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydilar. Ko’krak qafasi, nafas olish 
muskullari tez o’sa boradi va jinsiy yetilishni kuchaytiradi. 
Yuqorida qayd qilingan yurak-qon tomirlari sistemasi taraqqiyotining 
xususiyatlari va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining intensiv ishlay boshlashi 
(jumladan, qalqonsimon bezlar faoliyatining) odatda o’smirlar nerv sistemasi 
faoliyatini ayrim hollarda tez o’tib ketadigan buzilishlarga olib keladi. 
O’smirlarda ortiqcha qo’zg’aluvchanlik, serzardalik, tutaqib ketish va effekt 
tipidagi jo’shqin hamda keskin reaksiyalarda namoyon bo’ladigan asabiylikni 
kuzatish mumkin. O’smirning nerv sistemasi hali kuchli va uzoq vaqt davom 
etadigan bir xildagi qo’zg’ovchilarga hamma vaqt ham bardosh berishga tayyor 


29 
emas. Bunday qo’zg’ovchilarning ta`sirida o’smirlarning nerv sistemasi 
ko’pincha tormozlanish holatiga yoki, aksincha, kuchli qo’zg’olish holatiga o’tib 
ketadi. Taassurotlarning nihoyatda ko’pligi, kuchli asabiy hayajonlanish, 
hayajonga soladigan hodisani uzoq vaqt kutib qolish va shu kabilar o’smirlarga 
ana shunday ta`sir qilishi mumkin. Bir xil o’smirlar buning ta`siri ostida 
tormozlanib qoladilar, ular shalpayib birovga qo’shilmaydigan, uyqusiragan va 
anqov bo’lib qoladilar; boshqa bir o’smirlar — tajang, asabiy bo’lib qoladilar, 
ular intizomni buza boshlaydilar, ba`zan o’zlariga mutlaqo munosib bo’lmagan 
(ba`zan esa umuman bema`ni) xatti-harakatlarni qiladilar. Bu esa o’qituvchini, 
tarbiyachini qiyin ahvolga tushirib qo’yadi. 
11—12 yoshdagi o’smirning ichki sekretsiya bezlari qayta quriladi. 
Gipofizning old qismi ishlab chiqaradigan gormonlar gavdaning o’sishini 
ta`minlaydi. Gipofizning o’rta qismi kuchayishi sababli pigmentlar almashinishi 
o’zgaradi, natijada soch qorayishi, yuzlarning oqarishi namoyon bo’ladi. Gipofiz 
bilan bir qatorda qalqonsimon bezning funksiyasi ham kuchayadi. Qalqonsimon 
bez ishlab chiqaradigan tiroksin gormoni organizmda modda almashinuvi va 
energiya sarfini keskin orttiradi. Markaziy nerv sistemasida qo’zg’aluvchanlik 
o’zgaradi, natijada yaqqol his-tuyg’ular tug’ila boshlaydi. Qalqonsimon bez 
faoliyatining kuchayishi qo’zg’aluvchanlik, asabiylashish va toliqishni keltirib 
chiqaradi. Bosh miya qobig’ida tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli 
emotsional kechinmalarni vujudga keltiradi, xulq-atvorda parokandalik, 
g’ayritabiiylik paydo bo’ladi. Qalqonsimon bez funksiyasining o’zgarishi va 
modda almashinuvining buzilishi sababli o’smirda semirish ro’y berishi 
mumkin. 
Mazkur yosh davrida jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Balog’atga 
yetishning birlamchi va ikkilamchi alomatlari o’sa boshlaydi: o’g’il bolalarda 
ovoz o’zgaradi, yo’g’onlashadi, mo’ylov va soqol paydo bo’ladi, qizlarda esa 
ko’krak bezlari rivojlanadi va hokazolar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, 
orzu, xohish, nozik tuyg’u, sog’inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi. 
O’smirlik yoshidagi jismoniy taraqqiyotning eng muhim fakti jinsiy 


30 
yetilish,ya`ni jinsiy bezlarning ishlay boshlashidir. Ko’pchilik o’g’il bolalar 
hozirgi vaqtda jinsiy jihatdan 15—16 yoshda, qiz bolalar esa 13—14 yoshda 
yetilyapdilar. Mutlaqo tushunarliki, agar 15—16 yoshga kelib jinsiy yetilish 
davri tugallansa, organizm bu paytda o’ziga o’xshash mavjudodni yuzaga 
keltirishga tayyor bo’ladi. Lekin bu yoshda, ravshanki, jismoniy va xususan 
ruhiy, g’oyaviy, ijtimoiy hamda fuqarolik jihatdan yetilganligi haqida gap 
bo’lishi mumkin emas. SHunday qilib, olimlarning aytishlariga ko’ra, o’smirlik 
yoshida jinsiy yetilish bilan, tegishli instinktlar, seksual (shahvoniy) bo’yoqlarga 
bo’yalgan hissiyotlar va intilishlarning namoyon bo’lishi hamda psixik va 
ijtimoiy yetilish o’rtasida nomoslik yuzaga keladi. Bu yoshning qiyinligi va 
xavfliligi ana shundadir: o’smir ko’pincha o’zi uchun yangi bo’lgan 
instinktlarga va intilishlarga baho bera olmaydi, ularni ushlab, to’g’ri yo’lga sola 
olmaydi. Ko’pincha u o’z hissiyotlarini va xatti-harakatlarini nazorat qila 
olmaydi va o’zining qarama-qarshi jinslar bilan bo’ladigan o’zaro 
munosabatlarini to’g’ri yo’lga qo’ya olmaydi. Agar biz o’smirlarning yangi, 
hukmron, noma`lum hissiyotlar va sezgilar oldida ojiz bo’lib qolishlarini 
istamasak, agar ularning nihoyatda gumonli (shubhali) va biz xohlamaydigan 
manbalardan informatsiyalar hamda tegishli ko’rsatmalar olishlarini va ana shu 
asosda ular shaxsining normal bo’lmagan holda bema`ni buzilishini istamasak, 
o’qituvchilar va tarbiyachilar o’smirlarga ularni hayajonlantirayotgan hamma 
masalalarni tushunib olishlariga oqilona hamda ustalik bilan yordam berishlari 
kerak. 
O’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur 
anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotga ta`sir 
qilishdan tashqari o’smirning psixik taraqqiyotiga ham albatta ta`sir qiladi. 
O’smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma`lum 
bo’lgan va qandaydir ma`noda ular uchun kutulmagan jinsiy mayillik va tegishli 
fikrlar,hislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma`lum 
mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo’lgan 
qiziqishlarning paydo bo’lishimutlaqo zarur tabiiy va normal holdir. Bu 


31 
o’smirlar bilan olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda bu yosh 
uchun hisobga olinishi lozim bo’lgan muhim psixologik xususiyatlardan biridir. 
Vaholanki, bularning hammasi tabiiy va qonuniy ekan, qo’rqish, tashvishlanish 
va xavotirlanishning hojati yo’q. Biroq bunga loqaydlik bilan befarq 
munosabatda bo’lish ham mumkin emas. SHunday faktlar keng miqyosda 
ma`lumki, ayrim sharoitlarda jinsiy mayl (yaramas ishlarga taqlid qilish, yoshga 
to’g’ri kelmaydigan kitoblar va kinokartinalar bilan tanishish va shuning 
kabilar) ko’pincha buzuqlik va pastkashlik bilan bog’liq bo’lgan yaramas 
qiliqlar va kechinmalar shakliga o’tib ketadi. 
O’smirlarni imkoniyat boricha yaramas namunalardan saqlash zarur. 
Ularga to’g’ri kelmaydigan adabiyotlarni o’qishga, ular uchun zararli bo’lgan 
kinofilmlarni va televizion ko’rsatuvlarni ko’rishlariga yo’l qo’yish kerak emas. 
Kezi kelganda shuni aytish lozimki, bu ish shunchaki oson ish emas. Masalan, 
televizor orqali o’smir uchun ko’rish mumkin bo’lmagan qandaydir ko’rsatuv 
berilyapti, o’smirni televizordan chalg’itish (ko’rishga yo’l qo’ymaslik) naqadar 
qiyin ekanligini ota-onalar biladilar. Umuman televizorni ko’rishni to’g’ridan-
to’g’ri man qilish teskari natijaga olib kelishi mumkin. O’smir qanday bo’lmasin 
(ularning birining oqilona aytishicha) «temir parda» orqasida qarashga urinib 
ko’radi. Har holda, o’smirlarda ana shunday qiziqishlarni umuman yuzaga 
keltirmaslikka erishish qiyin bo’lsa kerak. Bu qandaydir ma`noda tabiiy va 
zaruriy hodisadir. Biroq shunga erishish lozimki, bu qiziqish zararli xarakterga 
ega bo’lmasin, qandaydir keraksiz psixologik xususiyatlar bilan bog’liq 
bo’lmasligi kerak. Bu erda o’smir hayotining to’g’ri tartibi, ya`ni qat`iy mehnat, 
uyqu, dam olish va ovqatlanish rejimi, jismoniy tarbiya va sport bilan doim 
shug’ullanish yordam beradi.O’smirlarning diqqatlarini ko’chirish, ya`ni boshqa 
tomonga — ular uchun qiziqarli va jozibali bo’lgan faoliyatlar, foydali va 
qiziqarli filmlarga, kitoblarga tomon yo’naltirish muhimdir. [2.17. 156-158.bet] 
O’smir kamolotga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar 
va sifatlar paydo bo’la boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir bo’ladi. 
O’zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo’yadi, bu esa o’z navbatida ko’proq 


32 
huquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va o’z xulq-atvorini 
maqbul deb hisoblab amalga oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish, 
kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o’smirlik davrining eng muhim 
xususiyatlari hisoblanadi. [2.21.304 с] 

Download 2,14 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’smirlik deviant xulq shakllanishi uchun senzitiv davr sifatida

Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish