• Tadqiqot maqsadi
  • Tadqiqot predmeti
  • Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.
  • Dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi




    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/38
    Sana04.01.2024
    Hajmi2,14 Mb.
    #130013
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
    Bog'liq
    VXkrvjqX

    Dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi: 
    Tadqiqot O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta – maxsus ta’limi vazirligi, 
    Namangan davlat universitetining ilmiy rejalari va pedagogika va psixologiya 
    kafedrasining ilmiy- tadqiqot ishlari doirasida amalga oshirilgan.
    Tadqiqot maqsadi: O’smirlik davrida namoyon bo’ladigan deviant xulq-
    atvorning psixologik mexanizmlarini o`rganish, ularni pedagogik korreksiya 
    qilish metodlarini tahlil qilish, moslashtirish va amaliyotga tadbiq etish, 
    o’smirlar bilan olib boriladigan korreksion va texnoligik ishlar dasturini ishlab 
    chiqishdan iborat. 
    Tadqiqot predmeti: O’smirlik davrida namoyon bo’ladigan deviant xulq-atvor
    Tadqiqot ob’yekti: Voyaga yetmaganlarnazoratidahisobda turadigan, “xavfli 
    guruh” va deviant xulqqa moyil o’smirlar 
    Tadqiqot bazasi: Namangan viloyati Chust tumani Xisorak QFY va Namangan 
    shahar Ozod MFY 
    Tadqiqotning ilmiy farazi:
    - agar, xulq-atvorida deviantlikka moyil o’smirlar bilan o’z vaqtida 
    psixodiagnostik, psixoprofilaktik, korrektsion ishlar olib borilsa; 
    - ta’lim-tarbiya jarayonida o`smirlarninig individual xususiyatlarini e’tiborga 
    olgan holda munosabat o’rnatilsa; 



    - oilada ota-ona va o’smir munosabatlarining eng samarali uslublari qo’llanilsa 
    o’smirlar deviant xulq-atvorining rivojlanish tendensiyasini kamaytirishga 
    erishish mumkin; 
    - deviant xulqni pedagogik korreksiyalashni yangi texnologiyalarini ishlab 
    chiqish orqali bu holatni oldini olishga erishish mumkin.
    Mavzu bo’yicha qisqacha adabiyotlar tahlili.  Tarbiyasi «qiyin»lik va 
    u bilan bog’liq deviant xulqining vujudga kelish jarayoni: madaniy (M. Mid, E. 
    Fromm), iqtisodiy (G. Kayzer, B. Xolist, G. Shnayder), ijtimoiy (S.D. 
    Arzumanyan, N.P. Dubinin, V.N. Kudryavtsev), salomatlik (M.I.Buyanov, P.B. 
    Gannushkin, A.I. Zaharov, I.I. Kovalev, Z.F. Kamaletdinova, A.E. Lichko), 
    ijtimoiy-psixologik (M.A. Alemaskin, S.A. Belicheva, L.I. Bojovich, G.G. 
    Bochkareva, A.I. Dolgova, YA.L. Kolominskiy, V._M. Karimova, M.N. 
    Ovchinnikova, E.G’. G’oziev), pedagogik (A.S. Belkin, N.N. Vertsinskaya, L.S. 
    Vigotskiy) kabi keng qamrovli ta`sirlar oqibati ekanligi aniqlangan. Shuningdek
    bir qator psixologlar (M.A. Alemaskin, N.V. Jutikova, I.S. Kon, I.A. Furmanov) 
    salbiy xulq sabablarini tahlil qilar ekanlar, uning oldini olish va tarbiyaviy 
    chora-tadbirlarni tashkil qilishda psixologik–psixologik omillarning ahamiyatiga 
    muhim o’rin beradilar. Shuningdek N.Komilovani “Xulqi og’ishgan bolalar 
    psixologiyasi” nomili o’quv qo’llanmada bolalarning og’ishgan xulqini 
    psixologiyasining dolzarb masalalari: ushbu ko’rinishning fenomenologiyasi, 
    turlarning tasnifi, determinasiya va ishlash mexanizimlari, ijtimoiy-psixologik 
    prevensiya va intervensiyaning usullari ko’rib chiqiladi. N.Komilova 
    muallifligidagi “Ijtimoiy reabilitatsiya” o’quv qo’llanmasida ekstremal 
    vaziyatlar inson psixologiyasining dolzarb masalalari, ekstremal vaziyatlarda 
    yashab ketish va jabr ko’rgan shaxsga dastlabki psixologik yordam ko’rsatish 
    usullari bo’yicha tavsiyalar to’plamini o’z ichiga oladi. 

    Download 2,14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi

    Download 2,14 Mb.
    Pdf ko'rish