68
tadbirlar mohiyatini ochib berishga bag`ishlangan. Unda o’smirlar guruhida
tajriba ishlari o’tkazilib, natijalar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilindi.
Muammo doirasida to’plangan amaliy va nazariy ma`lumotlarga asoslanib
quyidagi xulosalarni keltirib o’tish joiz.
- o’smirlik davridagi deviant xulqqa moyillik, ulardagi tajaovuzkorlik,
xavotirlanish, hissiy zo’riqish holatlari bilan bog`liq;
- emotsional holatlar o’smir shaxsidagi deviantlikning yuzaga keltiruvchi asosiy
sababi sanaladi;
- o’smir xulqidagi deviantlik bilan uning xarakteridagi turli tiplar o’rtasida
o’zaro aloqadorlik mavjud;
- yuqori darajada validlikka ega va aniq differentsiatsiyaga ega metod va
metodikalar yordamida o’smirlardagi deviantlikka moyillikni erta aniqlash
mumkin;
- verbal, jismoniy, vositali va boshqa tajovuz turlarining o’smir shaxsida yuqori
darajada rivojlanganligi uning xulqida ba`zi deviant axloq turlarining namoyon
bo’lishiga qulay sharoit yaratadi.