86
«Avtobus».
Maqsad: noverbal muloqotchanlikni rivojlantirish;
muomala malakasini
rivojlantirish.
Ishtirokchilar ikki guruhga ajraladilar.
Guruhning yarmi avtobus ichida, yarmi
esa avtobus to’xtash joyida, Noverbal malaka yordamida axborotni guruh
ishtirokchilaridan biriga yuborish kerak.
Nizoli vaziyat: «hujumchi» va «himoyalanuvchi»
Maqsad: o’z nuqtai nazarini faol himoya qilish ko’nikmasiga ega bo’lish va
bilan kelisha olmayotgan
shaxslarni durustroq tushunish; ishtirokchilar guruhga
ikkitadan bo’linib, bir-birlarga qarama-qarshi o’tirib olgan holda, avval
«hujumchi» keyin «himoyalanuvchi» rolida o’z fikrlarini uqtirishga harakat
qiladilar.
«Ishonchli yiqilish»
Maqsad: psixomotor o’zaro ta`sir malakalarini shakllantirish; guruh a`zolari
orasida ishonch hissini uyg`otish.
Ishtirokchilar qo’llarini mahkam ushlagan holda katta doira tashkil etadilar.
Doira markazida turgan ishtirokchi ko’zlari yumuq va bo’shashgan tarzda
ularning qo’liga yiqiladi. Sarflanadigan vaqt: 15 daqiqa.
«Kimsasiz orol»
Maqsad: guruhda konsensus jarayonini izlashda samarali xulq-atvorga
o’rgatish; ustivorlik va boshqaruv munosabatlari haqida axborotga ega bo’lish
hamda guruhni uyushtirish.
Har bir ishtirokchiga 15 daqiqa ichida ko’rsatmaga binoan vazifani
bajarish
yuklatiladi. Ularning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan
foydalanib, iloji
boricha tezroq kimsasiz orolni tark etishni hal qilishdir. So’ngra ularga 20
daqiqa ichida o’zaro fikr
almashib, o’zaro maqbul xulosaga kelishlari uchun
vaqt beriladi. Ular muvaffaqiyatga erishishlari uchun
boshqaruvning yagona
usuliga yakdil kelishlari kerak.
«Xushomad»
87
Maqsad: xulqning yangi usullar va empatiya malakalarini tiklash;
bir-birlariga
pozitiv ustanovkalar va xushomad qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Har bir ishtirokchi o’zi xoxlagan guruh a’zosining
yoniga kelib, unga o’zining
eng yaxshi dil so’zlarini izhor qiladi.