III –bob bo’yicha xulosalar
Tadqiqot ishining uchinchi bobi o’smirlik davrida deviant xulq-atvorni
shakllanganligini profilaktik va pedagogik korrektsion chora-tadbirlar va deviant
96
xulqqa moyil o’smirlarni korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqilgan. Unda
o’smirlar guruhida mazkur dastur va texnologiya asosida tajriba ishlari
o’tkazilib, natijalar tahlil qilindi. Muammo doirasida to’plangan amaliy va
nazariy ma`lumotlarga asoslanib quyidagi xulosalarni keltirib o’tish joiz.
- Deviant xulq-atvorli o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari,
profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng tarqalgan;
-Deviant xulqqa moyil o’smirlar bilan ishlashda pedagogda kuchli bilim va sabr
bo’lishi lozim;
- O’smirlik davridagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha
yondoshuvi chuqur tahlil etish va ulardan tatbiqiy tizim ishlab chiqildi.
- O’smirlik davridagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha
yondoshuv shakli, vosita va metodlari aniqlandi.
- O’smirlik davridagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha
yondoshuv metodikaning samaradorlik darajasini aniqlandi.
- O’smirlik davridagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha
yondashuvlar bilan boyitildi. Ularda axloqiy tarbiya to’g’risidagi tushunchalarni
shakllantirish metodikasiga, uning shakl, usul, vositalariga ega bo’lindi.
97
Umumiy xulosa va tavsiyalar.
O’smirlik davrida namoyon bo’ladigan deviant xulq-atvor tabiatini
o’rganish, pedagogik korreksiyalash texnalogiyasi masalasiga bag`ishlangan
tadqiqot ishiga oid nazariy malumotlar tahlili, olib borilgan sinov-tajriba ishlari
natijasi asosida, quyidagi xulosalarni shakllantirdik:
1.O’smir shaxsidagi deviant xulqqa moyillik ularning yoshga xos xususiyatlari,
tarbiyasidagi “qiyinlik”, o’tish davriga xoslik bilan bog`liq.
2. O’smirlik davrida deviantlikka moyillikni shakllanishiga ham biologik, ham
ijtimoiy omillar birday ta`sir etadi.
3. O’smirning o’ziga, atrofdagilarga, voqea-hodisalarga munosabati,
dunyoqarashi, irodaviy sifatlari, hissiy holatlari - xavotirlanish, hissiy zo’riqish
va boshqa kechinmalari unda turli antiijtimoiy ehtiyojlarning vujudga kelishiga
ta`sir ko’rsatadi.
4. O’smir shaxsidagi mavjud ehtiyojlar va ularni qondirish imkoniyatining
cheklanganligi o’rtasida qarama-qarshilik ularda deviantlikka moyillikni
vujudga keltiradi.
5. O’smirlik davrida shakllangan xarakter aktsentuatsiyasi tipi va barqaror shaxs
xususiyatlari ta`sirida o’zini o’zi tasdiqlash, o’z imkoniyatlarini namoyon etish
ehtiyojlari ham ularni qonun-qoidalarni buzish harakatini sodir etishga undaydi.
6. Deviantlikning shakllanishida ijtimoiy omillarning, xususan o’zini o’zi
anglashning ta`siri yuqori bo’lganligi sababli ular bilan olib boriladigan tizimli
va uzoq muddatli korrektsion va profilaktik ishlar yaxshi samara beradi.
7. O’smir shaxsidagi salbiy shaxs sifatlarining ortib ketishi ularda agressiv xulq-
atvorni yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida shaxslararo munosabatlar
tizimida qoniqmaslikni vujudga keltiradi;
8. O’quv faoliyatidagi turli ziddiyatli holatlar, darsga tayyor emaslik o’qituvchi
bilan bo’ladigan munosabatlardagi noxushliklar, tengdoshlar davrasida o’z
mavqeini mustahkamlashga intilish ham ijtimoiy normalarni buzilishiga olib
keladi.
9. Dars jarayonida o`quvchlarning fanlarga bo’lgan, qiziqishi, ma’naviy
98
tarbiyalanganlik darajasini suhbat, test, pedagogik kuzatish, orqali o`rgandik;
10. Darsda va darsdan tashqari ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar, kechalar, ta’lim-
tarbiya jarayoniga yangicha yondoshuvlar orqali o’quvchilarda fanga bo’lgan
qiziqish, ma’naviy merosimizdan foydalanish yo’llariga oid bilimlar yanada
takomillashdi.
11. Darsdan tashqari tarbiyaviy jarayonda o’quvchilarini yakka tartibda
tarbiyalashda yangicha yondoshuvlar samaradorligi aniqlandi va bu
o`quvchlarni ma’naviy merosimiz orqali komil insonni tarbiyalashga xizmat
qiliuvchi omillardan biri ekanligi isbotlandi .
Yuqoridagi fikr-mulohazalar bizga deviant xulq-atvorga ega
o’smirlarbilan faoliyat olib boruvchi ota-onalar, pedagoglar, voyaga
yetmagandlar nazorati bo’limi xodimlari va tarbiyachilarga amaliy tavsiyalar
berish imkoniyatini vujudga keltirdi.
1. Oilaga ijtimoiy-pedagogik xizmatni uyushtirish zarur.
2. Har bir o’smir bilan ijtimoiy-pedagogik xizmat doirasida tizimli ishlarni
tashkil etish kerak.
3. Ota-ona va farzandlar uchun tibbiy-psixologik-pedagogik maslahat xonalarini
tashkil etish va yuqori darajadagi xizmatni amalga oshirish lozim.
4. Deviant xulq bo’yicha aniq psixodiagnostik va pedagogik korreksiya
dasturlariniishlab chiqish;
5. Muayyan tamoyillarga rioya qilgan holda profilaktik chora-tadbirlarni amalga
oshirish;
6. Zudlik bilan dezadaptatsiyaga ega o’smirlarni aniqlash uchun ijtimoiy -
psixologik diagnostikani amalga oshirish zarur;
7. Har bir shunday xulqqa moyil o’smir bilan ish olib borganda vaziyatni hal
etishga differentsial yondashuv kerak bo’ladi;
8. Xulq-atvor buzilishiga sabab bo’luvchi har qanday nomaqbul
dezadaptatsiya muhitini aniqlash va o’zaro ta`sir kuchiga ega bo’lgan omillarni
izlash;
99
9. Yosh avlodni kamolotga yetkazish ishlariga mas`ul barcha shaxs-
larga deviant xulq-atvor dezadaptatsiyasi bilan bog`liq pedagogik va
psixologik bilimlarni chuqurroq o’zlashtirishlari uchun imkon yaratish;
10. O’smirlarning hali to’liq shakllanib ulgurmagan nerv tizimi
va psixik jarayonlarining osonlikcha jarohatlanishini hisobga olgan holda ularga
individual munosabatni tashkil etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
-o’smirlik davrida yuzaga keladigan psixologik fiziologik o’zgarishlarni
hisobga olish;
11. O’smirlar bilan ishlashning individual uslubini ishlab chiqish;
12. O’smirlarda muomala madaniyati va ijtimoiy xulq normalariga rioya qilish
ko’nikmasini shakllantirish;
13. O’smirlarni kundalik faoliyatlarini to’g`ri tashkil qilishga e`tibor berish
lozim.
14. Tarbiyani demokratiyalashtirish zarur bu tarbiyani ma`muriy extiyoj va
qiziqishlardan yuqori qo`yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o`rtasidagi o`zaro
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar moxiyatini o`zgartirish
demakdir. Bu tarbiya ishiga jamotchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga
jamoat omilini kiritish lozim.
Shunday qilib, ijtimoiy ma`naviy muhitimizni sog`lomlashtirish, oila,
mahalla, maktab hamkorliginng uyg`unlig`iga erishish bugungi kunning
ma`naviy-ma`rifiy, mafkuraviy-tarbiyaviy zarurati sifatida jamiyatimiz
taraqqiyotiga qo’shajak hissamizga ko’p jihatdan bog`liq bo’lib, yoshlarni
barkamol shaxs qilib shakllantirish umuminsoniy burchimiz ekanligini
anglashimizga yanada aniqlik kiritadi.
O’smirlik davridagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda yangicha
yondoshuvlar jarayonida bolalar ma’naviyatini yanada rivojlantirishda ma`naviy
merosidan foydalanish yo’llarini ta’lim-tarbiya jarayonida keng targ’ib qilish
ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish davr talabidir.Modomiki, aqliy zakovat va
ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotini tashkil etar ekan, biz
pedagoglar bu sohada o’z fidoiyligimizni amalda isbot qilishga intilmog’imiz
|