90
Hayotiy vaziyatlarda uchraydigan voqealarni tahlil
qilish orqali hech qanday
tajovuzkor so’zlarni ishlatmagan holda, surbet odamni o’z o’rniga qo’yib
qo’yish.
«Iltimos»
Maqsad: o’z iltimosini bildirish ko’nikmasini shakllantirish. Ishtirokchilar
juftliklarga bo’linib, bir-birlaridan originallik, topqirlik, ustamonlik va
xushmuomalalik ila biron narsani iltimos qiladilar.
5-mashg`ulot
«Yarim og’iz so’z»
Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar. Ularning har biri xursand holda
salomlashish uchun aytmoqchi bo’lgan so’zlarining yarmini
aytadilar, qolganini
esa yonlaridagi sheriklari davom ettiradi.
«Muqobil dalillar»
Maqsad: o’zini o’zi ko’rsatish sharoitlarini yaratish; kontrargument va
munozarani uyushtirish ko’nikmalari.
Har bir guruh a`zosi o’zidan qoniqmagan bo’sh jihatlarini aytib beradi.
Qolgan
a`zolar uning bu jihati ma`lum vaziyatlarda ijobiy fazilat ekanligini
tushuntirishga harakat qiladilar.
«Barchaning e`tiborida»
Maqsad: muomalaning verbal va noverbal vositalarini umumlashtirish;
muomalaning turli vositalarini qo’llagan holda atrofidagilarning diqqatini
jamlashtirish malakasini shakllantirish.
Barcha ishtirokchilar aynan bir masalani atrofidagilarni
jalb qilgan holda
(albatta jismoniy kuch ishlatmay) hal qilishlari kerak.
«Mehribonlik»
Maqsad: atrofdagilarda ijobiy munosabatlarni shakllantirish. Ishtirokchilar
guruh a`zosidan birining eng ijobiy insoniy fazdilatlaridan foydalanib, mustaqil
tarzda hikoya tuzadilar.
«Yoqimli doira»
Maqsad: empatiyani rivojlantirish.
91
Ishtirokchilar qo’llarini ushlagan holda doira hosil
qiladilar, doira o’rtasida
turgan ishtirokchi har bir guruh a`zosining yoniga kelib, so’zsiz, ko’zi
bilan
xayrlashadi.