80
15 - 35 – Rivojlanishdan to’xtash kuzatiladi.
36 - 54 – Mukammallikka intilish
tizimi mavjud emas, ko’pincha bu holat
sharoitga bog’liq.
55 - 75 - Faol rivojlanish kuzatilmoqda.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat ijtimoiy pedagog
tomonidan quyidagi asosiy
vazifalarni bajarishini ko’zda tutadi.
Birinchi vazifasi – diagnostika qilish. Bu faoliyat
bolalarni tarbiyasidagi
kamchiliklarni o’rganishlari xavfi omillarini yo’qotishga qaratilgan. Bu vazifa
tarbiyasida nuqsoni bor bola haqida ma’lumotlar to’plash yo’li bilan
amalga
oshiriladi. Pedagog bolaning xususiyatlarini o’rganadi, uning oilasi haqida
ma’lumotlar to’playdi, bolaga yomon ta’sir ko’rsatish manbalarini o’rganadi,
aniqlaydi, mikromuhitning bolaga ta’sirini o’rganadi.Ma’lumotlar to’plash
bolaning o’zi bilan. Uning ota-onalari. Sinf rahbari
bilan suhbatlar, so’rovlar
(og’zaki yoki yozma ravishda) amalga oshiriladi.
Bundan tashqari
standartlashtirilgan intervyu olish, kuzatish, oila va bolaning hujjatlarini
o’rganish usullarini ham qo’llaniladi.
Ikkinchi vazifasi – taxmin qilish, uning mazmuni pedagog birinchi vazifasi
asosida pedagog bolaning xulqidagi nuqsonlarni bartaraf etishning
ijtimoiy-
pedagogik faoliyat dasturini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.
Uchinchi vazifasi – ta’lim-tarbiyaviy. Bu faoliyat ijtimoiy-pedagogik faoliyat
mazmunini hamda uni amalga oshirish metodlarini tanlashni ko’zda tutadi.
Pedagog bolaning ijtimoiy-reabilitatsiyasi jarayonida uning qaysi sifatlari
tarbiyalanishi kerakligini aniqlaydi, bolaning ta’lim
va tarbiyasidagi
kamchiliklarini yo’qotadi.
81
To’rtinchi vazifasi - huquqni himoya qilish. Pedagogik o’z faoliyatini huquqiy
asosda qurishi kerak, bu bolaning huquqlarini himoya qilishni hamda ularga
rioya qilishni bildiradi.