82
maktab bilan aloqalarini yaxshilash yo’li bilan yo’qotish mumkin edi.
Ma’lumki, bolaning xulqi yomon belgilarini ancha ob’ektiv baholaydilar.
Bunday hollarda ota-onalarga pedagoglar malakali yordam ko’rsatishlari
mumkin bo’ladi.Bolaning oiladan tashqaridagi yaqin
odamlari haqida ota-onalar
quyidagi yo’llar bilan xabardor bo’ladilar:
a) ularning qiziqtirgan uning o’zi haqidagi va uning do’stlari haqidagi
muammolarni qo’pol va odobsiz usulda talab etadilar.
b) bunday ma’lumotlarni uchinchi shaxsdan oladilar.
v) bolaning xulqini o’zlari kuzatishlari natijasida.
Ota-onalar odatda bolaga o’zlariga yoqqan bolalar bilan do’st-o’rtoq
bo’lishni majbur qilishga harakat qiladilar. Aynan ana shu bolani ota-onasidan
uzoqlashtiradi, uni yolg’onchi qiladi.Ota-onalar bola bilan muomalani
bilmaydilar. SHuning uchun ota-onalarni umumiy pedagogik o’qitish tizimini
yaratish zarur, masalan, maxsus seminarlar o’tkazish yo’li, bu maqsadlarda
ommaviy axborot vositalardan foydalanish yo’li bilan, yoki ijtimoiy pedagoglar
va psixologlar yordamida ishlab chiqilgan “Oila xizmati” tizimlari yordamida.
Bugungi kundagi ota-onalar ko’p tomondan huquqiy va pedagogik sohada
tayyor emaslar. SHuning uchun ular bolagi nisbatan jinoiy xavf solinganda o’z
farzandlariga to’gri harakat qilish bo’yicha biror-bir masalahat
berishga qodir
emaslar. SHu sababli ota-onalar orasida va oilaning katta a’zolari orasida
profilaktik ishlarni amalga oshirish zarurati yuzaga keladi.Ota-onalar ma’lum
yuzaga kelgan vaziyatda o’zini qanday tutish kerakligini tushuntirib berishlari,
bolani ayniqsa, notanish odamlar bilan tanishishda yoki notanish yangi joylarda
bo’lishlarida diqqat-e’tiborli, ehtiyotkor bo’lishlarini tushuntirishlari kerak.
Katta shahar sharoitida o’smir uchun zarar tegishi xavfi ayniqsa, yuqori bo’ladi.
Bu yerda o’smirning xulqi asosiy yo’nalishi ularga xavfli
joylarga borishni
ta’qiqlagan ota-onalarining talablarini qat’iy bajarishi bo’ladi.Bolalarlarning
jinsiy tarbiyasi zamonaviy holati haqida olingan ma’lumotlar bu muammoni hal
83
etishda ko’plab jiddiy xatolar va kamchiliklar borligini ko’rsatadi.Kichik va
katta sinf o’quvchilari jinsiy tarbiya masalalari bo’yicha faqatgina qisqa
ma’lumotlar oladilar.Hozirgi paytda respublikamizda yangi fan kiritilgan,
“Sog’lom avlod asoslari”. Bu fanning dasturida jinsiy tarbiya haqida bo’lim bor.
Lekin faqatgina jinsiy masalalarni o’rganishning o’zigina yetarli emas.
Balog’at yoshiga yetmaganlar jinsiy daxlsizligiga jinoiy tajovuz qilish bilan
kurashish bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi. CHunki bu holat aniq bir
balog’atga yetmagan yoki o’smirning o’ziga emas, balki
uning atrofidagilarga
ham juda katta ma’naviy zarar ko’rsatadi.[2.26. 95-bet] Bafarqlik,
beraxmlik
bilan jinoyat sodir etish usuli o’smirlar tomonidan (tarbiyasida kamchiliklari
bo’lganlarida) faol huquqbuzarlik faoliyatiga, shunga o’xshash harakatlarni
amalga oshirishga chaqiriq deb qabul qilinishi mumkin. Boshqa tomondan bu
o’smirga uning tengdoshlari va kattalar bilan o’zaro munosabatlarini
shakllantirishda salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin (ya’ni, o’smirlar tengdoshlari
va kattalarga ishonchsizlik va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladigan bo’lib
qoladilar).SHundan kelib chiqib, bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga
to’g’ri baho berish va ommaviy axborot vositalari, pedagoglar,
ota-onalarni jalb
etib profilaktik ishlarni olib borish zaruriyati yuzaga keladi.Tibbiyot xodimlari
va huquqiy muxofaza qilish organlari seksual asosda tajovuzkor xulqli
shaxslarni o’z vaqtida aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko’rish bo’yicha
birgalikda ish olib borishlari kerak.O’g’il bolalar va qizlar o’zaro munosabatlari
muammolari o’smirning jinsiy yetilish yoshidan ancha avval yuzaga keladi.
Bolalar va qizlar orasidagi yaqin aloqalar, munosabatlar haqidagi ma’lumotlar
odatda noto’gri tushuniladi. Bola bu haqida ishonchli manbalardan qanchalik
kam ma’lumotlarga ega bo’lsa, u bu sohaga shunchalik ko’p qiziqadi. SHuning
uchun jinsiy tarbiyalash asoslari erta bolalik yoshidan boshlanishi kerak
bo’ladi.Akseleratsiya sababli bugungi kunda o’smirlarning
erta jinsiy yetilishlari
va uning ijtimoiy tashkil topishi jarayoni ancha uzoq davom etishi o’rtasida
uzilish yuzaga kelgan. Bu holat bir qator muammolarni keltirib chiqardi,
masalan, doimiy ravishda kinomotografiya, videofilmlar, matbuotdagi maqolalar
84
va boshqa erotik manbalar tomonidan qo’zg’atib kelinayotgan jinsiy
instinktlarining uzoq qondirilmasligi kabi.Bu muammoni hal etish o’smirlarni
sportga ommaviy jalb etish, ijtimoiy jamoatchilik ishlarida ishtirok ettirish bilan
mumkin bo’ladi.SHu sababli bizning fikrimizcha bunday ishlarning hamda
yoshlar o’rtasida huquqbuzarlikni olidini olish bo’yicha faoliyatlar markazi
umumta’lim maktabi bo’lishi kerak deb to’g’ri fikr aytilmoqda, maktab oilaga
nisbatan va boshqa ijtimoiy institutlarni boshqarishi kerak bo’ladi.Haqiqatan,
maktab oilaga, ota-onalarga yordam ko’rsatishni tartibga soluvchi bo’lishi kerak.
Maktab bu ishga ijtimoiy pedagoglarni, tibbiyot xodimlarini, huquqiy himoya
qilish organlarini jalb etishi kerak. Bu ishlar maktabning ota-onalar va bolalar
o’rtasidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishda tarbiyaviy-profilaktik vazifalarni
ancha kengaytiradi.Bu ishda qo’shimcha ta’lim, bolalarning
dam olishlari va
ijod bilan shug’ullanishlari, bolalar va yoshlar ijtimoiy tashkilotlarining ham roli
katta.