• 1.3. “Gazlamashunoslik’’ fani jarayonida hayotiy faoliyat xavfsizligi
  • 2. Ish va dam olish tartibi
  • 3. O`smirlar mehnatini muhofaza qilish
  •  Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari




    Download 156,04 Kb.
    bet16/37
    Sana23.01.2024
    Hajmi156,04 Kb.
    #143596
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
    Bog'liq
    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

    1. Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari 
    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 21 dekabrda 161-1 raqamli 
    O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Respublikamizda
    mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari O`zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasi va O`zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish
    to`g`risida» gi Qonunda mustahkamlangan. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, 


    1.3. “Gazlamashunoslik’’ fani jarayonida hayotiy faoliyat 

    xavfsizligi 


    28


    mulk shaklidan qat`iy nazar korxonalarda muhofaza qilishni tashkil etishning
    yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog`ligi va mehnatini muhofaza 
    qilishni ta`minlashga qaratilgan.

    2. Ish va dam olish tartibi 
    Dam olish va ish jarayoni to`g`ri takrorlanib turishi shikastlanishlar oldini 
    olishning birdan bir asosiy shartidir.
    Kishining ish qobiliyati uning sezgirligiga, ishlab chiqarishdagi har xil xavfli 
    va zararli omillarga ta`sirchanligiga, ish jarayonining uzluksizligiga bog`liq.
    Agar kishi kun mobaynida uzluksiz ko`rsatilgan vaqtdan ortiqcha ishlasa, 
    unda jismoniy charchash bilan bir qatorda ruhiy charchash ham paydo bo`lishi
    mumkin. Buning ustiga ishchiga uzoq vaqt mobaynida juda ko`p qarorlar qabul 
    qilish yoki juda ko`p asboblarning ko`rsatkichlariga qarash to`g`ri kelsa, unda
    ruhiy charchash jismoniy charchashdan oldin kelishi mumkin. Ish joyida shovqin, 
    titrash, gaz, chang va nurlanishning bo`lishi ruhiy charchashni tezlashtiradi va
    kishining noto`g`ri harakat qilishiga, shikastlanishiga yoki avariya holatiga olib 
    kelishi mumkin. SHuning uchun ma`muriyat ish va dam olish tartibiga qat`iyan
    rioya qilishi kerak.


    3. O`smirlar mehnatini muhofaza qilish 
    Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni 
    ishga joylashtirish masalalariga katta e`tibor berilmoqda. O`smirlarni ishga qabul
    qilishdagi kafolatlar O`zbekiston Konstitutsiyasi 239-moddasida quyidagicha qayd 
    etilgan.
    O`smirlar doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim 
    hollarda 15 yoshga to`lgan shaxslar ota-onasidan birining roziligi bilan ishga qabul
    qilinishi mumkin.
    YOshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta`lim maktablari, kasb-
    hunar kollej o`quvchilarini 14 yoshga to`lganlaridan keyin ota-onasidan birining 
    yoki ular o`rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o`smirlarning sog`ligiga va
    kamol topishiga ziyon yetmaydigan va ta`lim olish jarayonini buzmaydigan yengil 


    29


    ishlarni, o`qishdan bo`sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo`l
    qo`yiladi. (77-modda).
    16 dan 18 yoshgacha o`smirlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat,
    15-16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartilgan. O`quv yili mobaynida ishlaydigan 
    o`quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo`lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha
    bo`lganlarga 3 soat ish soati belgilangan (242-modda). 18 yoshga to`lmagan 
    o`smirlarni ish vaqtidan tashqari dam olish kunlari ishga jalb qilish mumkin emas
    (245-modda). 16-18 yoshdagi o`smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning 
    og`irligi o`g`il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo`lmasligi kerak.
    O`smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan 
    ko`p bo`lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o`smirlar uchun esa me`yor 2 martagacha
    kamaytiriladi. (San K va M N 0052-96).



    Download 156,04 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




    Download 156,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari

    Download 156,04 Kb.