• III. Bilimlarni mustahkamlash darsi
  • IV. Sinash-tekshirish darsi
  • V. Muammoli dars
  • Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtexnika fanlari va kasb ta




    Download 156,04 Kb.
    bet24/37
    Sana23.01.2024
    Hajmi156,04 Kb.
    #143596
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
    Bog'liq
    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

    II. Umumiy yoki aralash dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga topshiriqni
    tekshirish. 3. O`quvchilar bilimini og`zaki (yakka tartibda) tekshirish. 4. YAngi 
    o`quv materialini bayon qilish. 5. YAngi o`quv materialini mustahkamlash. 6.
    Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. 


    III. Bilimlarni mustahkamlash darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. Uyga
    topshirig`ini 
    tekshirish.
    3.

    O`quvchilardan


    so`rash, 
    o`quv
    materialini 

    mustahkamlash. 4. Uyga topshiriq berish. 5. Darsni yakunlash.



    IV. Sinash-tekshirish darsi: 1. Tashkiliy qism. 2. O`qituvchining
    topshirig`ini tekshirish. 3. O`quvchilarning savollariga javob berish. 4. 
    O`quvchilarning topshiriqlarini bajarishni tekshirish. 5. Bajarilgan ishlari
    o`qituvchiga topshirish. 6. Uyga topshiriq berish. 7. Darsni yakunlash. 


    V. Muammoli dars: 1. Tashkiliy qism. 2. Muammoni bayon qilish. 3.
    Muammoni hal qilish yo`llarini ko`rsatish va hal etish. 4. Natijalarni muhokama 
    qilish. 5. O`qituvchining izohlashi va umumlashtirishi. 6. Uyga topshiriq berish. 7.
    Darsni yakunlash. 
    Ta`lim jarayonida texnologik xarita ishlab chiqish o`quv jarayonini
    loyihalashtirishning asosidir
    O`qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o`qituvchi
    o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o`qitishning texnik 
    vositalarini, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi
    faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli 
    kafolatlangan natijaga erishish mumkin. qisqa qilib aytganda, talabani ta`limning
    markaziga olib chiqish kerak. 
    O`qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko`ra bilish va uni 

    tasavvur etish uchun bo`lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda


    o`qituvchiga u tomonidan bo`lajak darsni texnologik kartasini tuzib olish katta 
    ahamiyatga egadir. CHunki darsning texnologik kartasi har bir mavzu, har-bir dars
    uchun o`qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va 
    ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.



    39


    Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun
    o`qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot 
    texnologiyalaridan xabardor bo`lishi, shuningdek, juda ko`p metodlarni bilishi
    kerak bo`ladi. Har-bir darsni rang-barang, qiziqarli bo`lishi avvaldan puxta o`ylab 
    tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog`liq. Darsning
    texnologik xaritasini qay ko`rinishda yoki shaklda tuzish, bu o`qituvchining 
    tajribasi, qo`ygan maqsadi va ixtiyoriga bog`liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan
    bo`lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo`lishi xamda aniq 
    belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil
    etishning texnologiyasi to`liq o`z ifodasini topgan bo`lishi kerak. Texnologik 
    xaritaning tuzilishi o`qituvchini darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos
    etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o`z aksini topadi.
    Muayyan o`quv mashg`uloti jarayonining loyixasini ishlab chiqish quyidagi
    bosqichlardan iborat:
    1-bosqich. Ta`lim jarayonini loyixalashning dastlabki bosqichi o`quv
    predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir 
    manbaalarni o`rganish, chunonchi, materiallarni yig`ish va ularning g`oyasi bilan
    tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g`oyalarni umumlashtirish, turkumlashtirish 
    hamda yaxlitlashdan iborat.
    2-bosqich. Ikkinchi bosqich o`quv predmetining mavzusi yuzasidan yagona, 
    umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo`limlar
    bo`yicha hal etuvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta`lim maqsadiga erishish 
    yo`lida ijobiy hal etib borilishi lozim bo`lgan vazifalarni ishlab chiqishga
    yo`naltiriladi.
    3-bosqich. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishning uchinchi bosqichi ta`lim
    maqsadi va vazifalariga tayanilgan holda o`quv jarayonini mazmunini ishlab 
    chiqishdan iborat. Uchinchi bosqich samarasi o`qituvchilar tomonidan ma`lum
    tushunchalarning o`zlashtirilishi, ko`nikma va malakalarning shakllanishini 
    ta`minlovchi shartlarning ishlab chiqilganligida namoyon bo`ladi.



    40


    4-bosqich. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishning eng muhim bosqichi
    sanalgan to`rtinchi bosqichda mashg`ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash 
    kabi harakatlar amalga oshiriladi. Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan
    mashg`ulot shakli, metod va vositalari ta`lim jarayonining muvaffaqiyati 
    ta`minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina o`quv predmetining mavzusi
    borasidagi nazariy bilimlar o`quvchilarga uzatiladi, o`quvchilar tomonidan esa 
    ushbu bilimlar qabul qilinib olinadi. Muayyan mashg`ulot uchun eng maqbul deb
    topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta`lim jarayonining qariyib 90 
    % lik muvaffaqiyatini ta`minlaydi.
    5-bosqich. Ushbu bosqichda o`quvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va 
    malakalarning o`zlashtirilishi uchun yetarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya`ni
    muayyan mavzu yuzasidan ma`lum tushuncha, ko`nikma va malakalarning 
    o`quvchilar tomonidan qancha vaqt oralig`ida o`zlashtirilishi mumkinligi
    aniqlanadi. 
    6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashqlar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich
    natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashqLar tizimining samaradorligiga alohida 
    ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
    7-bosqich. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida 
    o`quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qili shva test tizimini ishlab chiqish
    kabi vazifalar amalga oshiriladi.
    8-bosqich. Ta`lim jarayonini loyihalashtirishning so`nggi bosqichi yaratilgan
    loyihaning ta`lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta`lim jarayoning yakuniy darajasini 
    o`rganish bilan nihoyalanadi.
    Mazkur bosqichda ta`lim jarayoning umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda 
    yo`l qo`yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi,
    navbatdagi mashg`ulotlar jarayonida sodir bo`lgan kamchiliklarning oldini olishga 
    qaratilgan chora tadbirlar belgilanadi.


    Download 156,04 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




    Download 156,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtexnika fanlari va kasb ta

    Download 156,04 Kb.