• YOng`inning oldini olish tadbirlari
  •  YOng`in xavfsizligi. YOng`inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlari




    Download 156,04 Kb.
    bet20/37
    Sana23.01.2024
    Hajmi156,04 Kb.
    #143596
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
    Bog'liq
    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

    7. YOng`in xavfsizligi. YOng`inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlari 
    Xo`jalikda yong`inni keltirib chiqaradigan sabablar: isitish pechlarini qurish 
    yoki ishlatish qoidalarining buzilishi, ishlab chiqarishda yoki xonada olovni
    ehtiyotsizlik bilan ishlatish, kerosinda ishlaydigan yoritish va qizdirish asboblarini 
    noto`g`ri o`rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish, yashin yoki statik
    elektr zaryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jihozlarining nosozligi hamda 
    ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan
    uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki erga ulanib qolishi, elektr 
    simlarida yuqori yuklanishni ortib ketishi, tutashuvlar nosoz bo`lgan joylarning
    qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug` qozonlarining portlashi;) qishloq 
    xo`jaligi mahsulotlarining yoki yonilg`ining o`z-o`zidan yonib ketishiga sabab
    bo`ladi.


    YOng`inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko`ngilli o`t o`chiruvchi
    navbatchilik yoki yong`indan muhofazalash navbatchilar guruhini tuzish, omma 
    orasida tushuntirish ishlarini olib borish). Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar 

    kiradi: yong`in yoki portlash jihatidan xavfli xonalarga alohida konstruktsiyali
    elektr jihozlar o`rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jihozlardan, shuningdek, 
    oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda
    olovdan foydalanishni taqiqlab qo`yish, yashin qaytargich o`rnatish, chiqqan 
    yong`inning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish (ob`ektlarni o`tga
    chidamli materiallardan qurish, binolar orasidagi yong`inga qarshi oraliqlarga rioya 


    33


    qilish), yonayotgan binolardan, hayvonlar va qimmatbaho xo`jalik buyumlarini
    muvaffaqiyatli ravishda ko`chirishga imkon beradigan choralarni ko`rish (kerakli 
    miqdorda eshiklar, zarar kenglikda karidor (yo`lak) lar qurish, ularni to`sib
    qo`yishni man etish), yong`inni o`chirishni engillashtiradigan tadbirlarni ko`rish 
    (yong`inni o`chirish narvonlari, yong`inni kuzatish mumkin bo`lgan balandliklar,
    suv havzalari va binolarga kelish yo`llarini qurish, yong`in aloqasi hamda 
    xabarlagichlar o`rnatish).


    Download 156,04 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




    Download 156,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     YOng`in xavfsizligi. YOng`inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlari

    Download 156,04 Kb.