Qismlarga ajratish-yig`ish ishlarini bajarganda




Download 156,04 Kb.
bet22/37
Sana23.01.2024
Hajmi156,04 Kb.
#143596
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Bog'liq
Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

9. Qismlarga ajratish-yig`ish ishlarini bajarganda

xavfsizlik qoidalari. 

Umumiy qoidalar. Ko`tarish-tushirish jihozlari yaroqli, ishlashga qulay va
xavfsiz bo`lishi lozim. Og`ir vaznli agregat va detallarni olishda maxsus qamragich 
(strop) ishlatilib kamida to`rt joyidan ilinib mahkamlanishi kerak. Agregat aylanib
ketishga yo`l qo`ymasdan ko`tariladi. Agregat yoki mexanizm ko`tarilgan holatda 
qismlarga ajratish yoki yig`ish man etiladi. Ilgak, zanjir, qamragich va yuk
ko`tarish kamida bir yilda ikki marta tekshirilib, sinab ko`riladi. YUkni ko`tarishda 


35


og`irlik markazi hisobga olinmasa aylanib ketishi yoki surilishiga sabab bo`ladi va
xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi.
YUkni sekinlik bilan ko`tarib uni turgan joyidan ajratish paytida ehtiyot
bo`lish maqsadga muvofiq, aynan shu holatda o`girilib yoki surilib ketishi 
mumkin. Agregat yoki qismlarni ajratish va yig`ish ishlarida yaroqli asbob–
uskunalarni ishlatish xavfsiz ishlashning eng muhim shartidir. O`lchami to`g`ri 
kelmaydigan kalitlar bilan bolt yoki gaykani burab bo`shatish, kalitni boshqa kalit
yoki truba bilan uzaytirib tortish mumkin emas, bu shikastlanishga olib keladi. 
Burab chiqarib bo`lmaydigan holatlarda gaykani kesib olish va gaz alangasidan
foydalanish mumkin. Qo`zg`almas birikmalar vtulka, podshipnik halqa va boshqa 
detallar maxsus moslama va press yordamida chiqarib olinadi yoki o`rnatiladi. Har
bir asbob-uskuna foydalanishda o`z vazifasi bo`yicha qo`llanish shart! Prujina yoki 
siqilib turuvchi detalni bo`shatish vaqtida chiqib ketishdan saqlovchi moslama
yoki himoyalovchi vositadan foydalanish kerak. Detal yoki agregatlarni yuvish va 
tozalash ishlarini bajarishda yuvish uskunalaridan to`g`ri foydalanish zarur.
Siqilgan havo bilan tozalashda himoya ko`zoynagi taqib olinadi va havo oqimini 
o`ziga qarama-qarshi tomonga yo`naltiriladi. Uchli va kesib ketish ehtimoli
bo`lgan detallarni qo`lqop bilan mahkam ushlab, sirpanib ketishga yo`l 
qo`ymasdan olish kerak. Moy, suyuqlik va loyli yuzalarni tozalab, artib quruq
holda ishlashga ruxsat etiladi. Ish joyida moy va suyuqliklarning yerga to`kilishi-
yiqilish va jarohatlanishga sabab bo`ladi.
Asbob-uskunalarni o`z joyiga tartib bilan qo`yish, ish joyini toza tutish, 
oyoq kiyimni oyoqda mustahkam turishi va ishchi kiyimni loyiq hamda qulay
bo`lishi, ish joyini to`g`ri tashkil qilinishi-xavfsiz ishlashning zaruriy talablaridan 
biridir.



36


Dars deganda, o`qituvchining o`quv guruhiga (brigadaga) uyushgan 
tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o`zgarmas o`quvchilar bilim mashg`ulot
o`tkazishi tushuniladi. 
Dars kasb-hunar ta`limi o`quv muassasalarida ham ta`limni tashkil etishning
asosiy shakli hisoblanadi. 



Download 156,04 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Download 156,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qismlarga ajratish-yig`ish ishlarini bajarganda

Download 156,04 Kb.