• Burama bog`lam usulida qon ketishini to`xtatish
  •  Birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari




    Download 156,04 Kb.
    bet21/37
    Sana23.01.2024
    Hajmi156,04 Kb.
    #143596
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
    Bog'liq
    Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti umumtex-fayllar.org (1)

    8. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari 
    Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishdan oldin quyidagi ishlarni 
    bajarish lozim:
    - jarohatlanish omillarini yo`qotish (masalan, jarohatlanuvchini xavfli joydan olib 
    chiqish); elektr simidan ajratib olish (elektr to`ki urganida; jarohatlanuvchining
    ahvolini yomonlashtiruvchi barcha narsalardan qutqarish) jarohatlanuvchi 
    ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib
    chiqish kerak;
    - agar bemorga xavf tug`ilmaydigan bo`lsa, birinchi tibbiy yordam ko`rsatishda
    uni qo`zg`atmaslik kerak;
    - hushidan ketganda xushiga keltirish va tashlab ketmaslik kerak;
    - birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun jarohatlanganning kiyimini yechish 
    yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo`lish zarur;
    - jarohatini avaylash;
    Tananing biror joyi shikastlangan yoki suyagi ochiq singan bo`lsa
    arteriyadan yoki venadan qon ketishi mumkin. Arteriyadan oqadigan qon och qizil 
    rangli bo`ladi va u kuchli bosim ostida beto`xtov oqadi. Venadan oqadigan qon
    to`q qizil rangli bo`ladi va u jarohatdan otilib chiqadi. Tomchilab qon ketishda 
    qon tomib – tomib turadi va qon ozroq miqdorda sekin chiqadi.
    Yirik arteriyalar jarohatlanganda tezlik bilan birinchi yordam ko`rsatish 
    zarur. Birinchi navbatda tomirni barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish orqali
    qon ketishini to`xtatish lozim.


    34


    Qon ketishini suyakga qon tomirlarini siqish orqali to`xtatish ham mumkin.
    Oyoq qo`llardan qon oqqanda rezina bog`lam yoki tasma, gazlama parchasi, 
    ro`molga yoki boshqa narsalardan foydalanib burama bog`lam usulida qon
    to`xtatiladi. 


    Burama bog`lam usulida qon ketishini to`xtatish
    Burama bog`lam usulida quyidagi ishlarni bajarish lozim;
    - teriga bir necha qatlam qilib taxlangan toza bint, gazlama parchasi yoki
    ro`molcha qo`yilib; jarohat bo`sh boylanib, qon to`xtaguncha tayoqcha yoki 
    ruchka bilan buraladi;
    - bog`lam ostiga jarohat qachon bog`langan vaqti aniq yozilgan (masalan, 05 
    soat 35 min.) qog`oz qo`yilishi shart, chunki shifokorni yordam
    ko`rsatishiga qayta yordam beradi.
    Vena va kapilyar qon oqishni to`xtatishda bosib turadigan bog`lam
    qo`yishning o`zi kifoya. Jarohat atrofiga yod suriladi va ustidan sterillangan bint 
    parchasi yoki toza ip – gazlama qo`yilib bint bilan mahkam bog`lanadi.


    Download 156,04 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




    Download 156,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari

    Download 156,04 Kb.