• 11. Amaliy mashg‘ulotlar.
  • 12. Xavfsizlikni ta’minlash
  • “Sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirish va uning samaradorlik darajasi”
  • Sport turizm tadbirlarida tabiatni muhofaza qilish ishlari




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/31
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #148515
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
    Bog'liq
    1681723729267154daraja

    10. Sport turizm tadbirlarida tabiatni muhofaza qilish ishlari .Yurishda ish 
    vazifalari. Ish turlari va shakllari. Tabiiy, tarixiy va madaniy yodgorliklardan 
    foydalanish va muhofaza qilish qonunlari. Joylarni geografik tahlili: relefi, 
    iqlimi, suv tarmog‘i, transporti, aholisi, hayvonot va o‘simlik olami. Mahalliy 
    aholining xo‘jalik tizimi, urf-odati. 
    11. Amaliy mashg‘ulotlar. Amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi tartib-
    qoidalari, yurishga tayyorgarlik davrida xavfsizlikni ta’minlash masalalari 
    (guruh tanlash, asosiy va qo‘shimcha yo‘lni ishlab chiqish yo‘nalishida 
    qutqaruv xizmati joylarini aniqlash, anjomlarni tayyorlash va tekshirish). 
    12. Xavfsizlikni ta’minlash vositalar va usullar kompleksining alohida 
    amalda ishlab chiqish, anjomlar, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash yo‘lini 
    ishlab chiqish, joyda anjomlarni tekshirish. 
    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib turizm tadbirlari asosan, o‘quvchilarga 
    ta’lim-tarbiya berish bilan birga ona-Vatanning qadimgi tarixiy, madaniy 
    yodgorliklari, hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi, mamlakatimizning xalq va 
    qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lgan manbalari bilan bevosita tanishadilar. Ular 
    maktabda tarix, geografiya, biologiya, jismoniy tarbiya, astronomiya kabi 
    fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar va O‘zbekistonda sport 
    turizmini rivojlantirish hamda o‘quvchilar turizmlar jarayonida geografiya, 
    biologiya, fizika, matematika, astronomiya darslarida olingan bilimlarini 
    amaliyotga qo‘llab, hayotiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘la boshlaydilar. 
    Dissertatsiyaning “Sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik 
    madaniyatni rivojlantirish va uning samaradorlik darajasi” deb nomlangan 
    uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarida o‘quvchilarda Sport turizmlari tadbirlarida 
    ekologik madaniyatni rivojlantirish bosqichidagi didaktik vazifalar inobatga 
    olingan holda tajribaviy sport turizmlari tashkil qilinib, ularning kechish muddati 
    har xil bo‘lishi aniqlandi. Sport turizmlari tadbirlarida ekologik madaniyatni 
    rivojlantirish masg‘ulot strukturasining murakkabligiga, o‘quvchining umumiy va 
    maxsus tayyorgarlikka egaligiga, ruhiy ta’sirlanishlarning barqarorligiga, nerv 
    faoliyatining ishiga bog‘liqligi bilan tavsiflanadi.
    Tabiat omil (havo, bosim, havo harorati, yorug‘lik, suv) laridan sport turizmi 
    o‘tkazishda muhim vosita sifatida foydalaniladi. Inson organizmini jismoniy 
    tarbiyalashda eng samarali vosita sport turizmidir. Sport turizmi gavda ayniqsa, 
    oyoq muskullarining bir maromda o‘sishi va mustahkamlanishi, yurak-qon tomir 


    18 
    tizimi faoliyati va nafas olish a’zolarining yaxshilanishiga samarali ta’siri 
    ko‘rsatadi. 
    Tadqiqotda qatnashgan 624 o‘quvchidan tajriba guruhidagi 311 nafarida 
    tavsiya etilayotgan metodika bo‘yicha Sport turizmlari tadbirlarida ekologik 
    madaniyatni 
    rivojlantirish 
    jarayonida, 
    “ijobiy (eko)ko‘chirish”dan keng 
    foydalanildi. Shu bilan birga “ijobiy ko‘chirish” asosida o‘rgatishning ma’lum 
    izchillikda bo‘lishi belgilandi va sport turizmlari tanlandi. Tadqiqotda salbiy 
    samara bilan ekoko‘chish ehtimol bo‘lishi e’tiborga olindi. 
    Sport turizmlari tadbirlarida ekologik xarakterdagi o‘yinlardan foydalanishni 
    optimal ravishda loyihalash ko‘p jihatdan o‘quvchilarda mustahkam iroda va 
    insoniylik fazilatlarini tarkib toptirishga zamin yaratadi.
    Bu natijalarning ekosamaradorligini aniqlash uchun mezonlarni qo‘llashda 
    ahamiyatlilik darajasi olingan tanlanmalar ob’yektlarining xossalari bir-birlaridan 
    qanchalik farq qilishiga qarab tanlandi. Bu farqlar o‘quvchilar harakat malakasini, 
    turizm texnikasini, ekologik madaniyat darajasining turlichaligi va bir qator 
    omillar (atrof-muhit ekotarbiya, irsiyat, ekomadaniyat, ekoong, ekoma’naviyat, 
    yosh xususiyatlari, quvvati, xarakteri, jinsi va boshqalar)ga bog‘liqligi bilan 
    belgilanadi. Shuning uchun tanlanmalarni tashkil qilganimizda bu omillar e’tiborga 
    olindi. 
    Tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish uchun olingan tanlanmalar
    ob’yektlarning dastlabki xususiyat va xossalarining imkoni boricha bir xilligiga 
    erishildi. Bunga tanlanmalarni, masalan, bir xil sinf o‘quvchilaridan iborat qilib 
    tuzish orqali erishildi. Tajriba-sinovlar 6 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi
    7-9 sinf o‘quvchilari tomonidan harakat malakasi va sport turizmi texnikasiga ega 
    bo‘lganlik, shuningdek mustahkam iroda, atrof-muhitga ongli munosabatda 
    yondashishga oid madaniyat, etika, insoniylik fazilatlarni o‘zlashtirish 
    ko‘rsatkichlari keltirilgan. 
    Tajriba-sinov ishlarining yakunlari yuqori, o‘rta, past baholash mezonlari 
    bo‘yicha kuzatildi. Tajriba boshida amaldagi o‘quv dasturlari bo‘yicha tadbirlar 
    olib borilganda natijalar ko‘rsatkichi sezilarli farq qilmagan bo‘lsa, tajriba oxiriga 
    kelib, tajriba guruhida ijobiy natijalarga erishildi.
    Yuqoridagi mezonlar samaradorlik koeffitsienti yordamida asoslangan bo‘lib, 
    ularning mohiyati ko‘rib chiqilayotgan vaziyatda birdan oshib ketgan, bu esa joriy 
    etilayotgan o‘quv yo‘nalishlarining zamonaviylariga nisbatan samaradorligini yana 
    bir bor tasdiqlaydi. 
    Tajriba-sinov ishlari, ta’kidlanganidek Namangan viloyati, Farg‘ona viloyati, 
    Andijon viloyati maktablarida olib borildi. 
    Tadqiqotning samaradorligini ob’yektiv baholash maqsadida nazorat sinfi 
    uchun ham respondentlar tasodifiy tanlash yo‘li bilan jalb etildi. 
    Tajriba so‘nggida olingan yakuniy miqdor ko‘rsatkichlari 1-,2-,3-jadvallarda 
    keltirib o‘tilgan (qarang 1-jadval). 

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sport turizm tadbirlarida tabiatni muhofaza qilish ishlari

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish