12
Sport turizmi 7-9 sinf o‘quvchilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, salomatlikni
mustahkamlaydi, o‘qish va mehnat qilish qobiliyatini oshirib, teran fikrlaydigan,
atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini oldini olishga qaratiladi.
Shuning
uchun bugungi kunda turizmga va shu qatorida ekologik madaniyatni oshirish 7-9
sinf o‘quvchilarining o‘smirlik yoshiga to’g’ri keladi. Fiziologik nuqtai nazardan,
yurak va o‘pka, shuningdek nerv, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi,
tananing mukammal rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari sport
turizmi o‘quvchilarning jismoniy barkamol bo‘lishlari uchungina emas, balki aqliy
va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun ham muhim ahamiyatga ega. Sport
turizmlari tadbirlarida o‘quvchilar maqsadga erishishi uchun bilimi, farosati,
qat’iyatli, jamoa oldida o‘zining emas, balki o‘rtoqlarining xatti-harakatlari uchun
ham javobgarlik hissini sezadigan bo‘ladi.
Sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarning faollik ko‘rsatishi o‘qituvchining
ana shu turizmlarni o‘tkazishga qanday tayyorlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘zi turizmni aniq va yaqqol tasavvur qilishi, turizmlar jarayonida
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarini yaxshi tushunishi lozim.
O‘quvchilarni
sport
turizmlari
tadbirlarida
ekologik
madaniyatini
rivojlantirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilanadi:
Birinchi vazifa - sog‘liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jismoniy
jihatdan to‘g‘ri rivojlanish hamda uning aqliy va ish qobiliyatining oshishiga ta’sir
etishdir. Eng muhimi atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish.
Ikkinchi vazifa: o‘quvchilarda yangi ekomazmundagi sport turlari (tog‘ sporti,
chang‘i turizmi, suv turizm)ga qiziqish, ko‘nikma va
malakalar hosil qilish, ularni
maxsus ekobilimlar bilan qurollantirish. Sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilar
harakat, ko‘nikma va ekomalakalarni egallaydilar. Bu ekomalaka va ko‘nikmalar
jismoniy tarbiya bo‘yiсha tuzilgan o‘quv dasturida nazarda tutilgan bo‘lib, ulardan
ba’zilari, masalan, tez yurish, yugurish, sakrashlar amaliy mashqlardir.
Uchinchi vazifa: o‘quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch,
tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik) asosiy harakat sifatlarini shakllantirish. Yuqorida
aytilgan jismoniy sifatlar alohida mavjud bo‘lmay, balki ulardan biri u yoki bu
faoliyat turida yetakchi o‘rinni egallaydi. Sport turizmi tadbirlari o‘quvchilarning
harakatlari, sifatlarini har tomonlama shakllantirish, ularda ekoaxloqiy-irodaviy
sifatlarni tarbiyalash, xulq-atvor madaniyati ko‘nikmalarini tarkib toptirish lozim.
To‘rtinchi vazifa: o‘quvchilarda o‘z sog‘ligiga ongli
munosabatni tarbiyalash
bo‘lib, bu ularning ozoda-sarishtalik tartibi, gigiena, ekogigiena qoidalariga rioya
qilishlari, sport turizmi, yurishlar bilan shug‘ullanishlarida namoyon bo‘ladi.
Sport turizmi texnikasini takomillashtirishga qaratilgan ushbu vazifalar
ekoharakatlarni
takomillashtirib
o‘quvchilarda
yangi
ekomadaniyatni
rivojlantirishga zamin yaratadi va ilgari o‘zlashtirilgan
ekologik bilimlarni
takomillashishiga yordam beradi. Shuning uchun, inson va tabiat o‘rtasidagi har
qanday ziddiyat har doim insonning aybi bilan yuzaga keladi, deb ta’kidlash
mumkin. Chunki tabiat xolis va hamma bilan bir xil munosabatda bo‘ladi. Inson
haqiqatan ham ibtidoiy tabiatga duch kelishi tez-tez
uchramaydi, ammo kutilmagan
13
holatlar yuzaga kelsa, xatto sayr-u sayoxat qilish ham o‘ta og‘ir bo‘lib qolishi
mumkin. Masalan, ob-havoning keskin yomonlashishi, o‘rmon yong‘inlari,
yo‘nalishni yo‘qotish, yo‘lda to‘siq, shikastlanish, va hokazo.