• Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqotning amaliy natijalari




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/31
    Sana30.01.2024
    Hajmi1,19 Mb.
    #148515
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
    Bog'liq
    1681723729267154daraja

    Tadqiqotning amaliy natijalari: 
    sport 
    turizmi 
    tadbirlarida 
    o‘quvchilarda 
    ekologik 
    madaniyatni 
    rivojlantirishning bosqichlari va komponentlari aniqlashtirilgan; 
    sport turizmi tadbirlarida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirishga 
    doir jismoniy mashqlar va testlar to‘plami ishlab chiqilgan; 
    sport 
    turizmi 
    tadbirlarida 
    o‘quvchilarda 
    ekologik 
    madaniyatni 
    rivojlantirishning mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan; 
    jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun o‘quvchilarda sport turizmi tadbirlarida 
    ekologik 
    madaniyatni 
    rivojlantirishning 
    pedagogik 
    mexanizmlarini 
    takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuvlar, usullar 
    ilmiy-metodik asoslanganligi, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan 
    olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-
    statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning 
    amaliyotga 
    joriy 
    etilganligi 
    hamda 
    vakolatli 
    tashkilotlar 
    tomonidan 
    tasdiqlanganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. 
    Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati sport turizmi tadbirida o‘quvchilarda 
    ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, mazmuni va uning nazariy-amaliy 
    asoslari ochib berilganligi, umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sport turizmi 
    tadbirlarida ekologik madaniyatni rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga asoslanganligi, 
    inson salomatligini saqlash, tabiatni muhofaza qilish kabi integratsiya 
    jarayonlarida qayta aloqani ta’minlash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab 
    chiqilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati sport turizmi tadbirlarida 
    o‘quvchilarda ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonlarida ekologiyaga oid 
    bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish, sport turizmini tashkil etish shakl va 
    usullarining 
    modifikatsiyalanganligi, 
    o‘quvchilar o‘rtasida atrof-muhitga 
    ehtiyotkorona 
    munosabatda 
    bo‘lishga 
    asoslangan 
    sport 
    musobaqalarini 
    o‘tkazilganligi hamda tadqiqot jarayonida olingan natijalardan 7-9 sinf 
    o‘quvchilari uchun “Sport turizmi va ekologiya” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmada 
    aks etganligi bilan belgilanadi. 

    Download 1,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish