11
masalasiga doir turli tarixiy qarashlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bu haqda olima
N.Sh.Bozorova quyidagi ta’rifni bergan: “Ekologik madaniyat – bu tabiat haqidagi
bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish
faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va
mas’uliyatli yondashuvdir”, unda tabiat bilan inson o‘rtasida o‘zaro oqilona,
mas’uliyatli munosabat tarkib topadi, deyiladi.
X.A.Rahmatovaning o‘quvchilarni sinfdan tashqari ishlar jarayonida
ekologik-gigienik tarbiyalash masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotida esa ekologik-
gigienik ta’lim - bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon ekanligi,
mazkur jarayonda o‘quvchilarga ekologiya, atrof-muhit muhofazasi, shuningdek,
inson salomatligini asrash asoslari borasidagi bilimlar berilishi haqida so‘z ketadi.
Ushbu fikrlarda, atrof-muhitni muhofaza qilishni o‘rgatish muhim ekanligini
ko‘rishimiz mumkin.
Bizning mualliflik fikrimizga ko‘ra, sport turizmlari tadbirlarida ekologik
barqarorlikni ta’minlash, o‘quvchilarning qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali
foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va ularning
salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalasidir.
Ma’lumki, axloq, xulq va atvor so‘zlari arabcha bo‘lib, ular o‘zbek tilida ham
o‘z ma’nosida ishlatiladi. Sport turizm keng qamrovli ta’lim-tarbiyaviy jarayondir.
Sport turizm davrida o‘quvchilar bevosita tabiat bilan muloqot qiladilar. Bu muloqot
natijasi o‘quvchida mavjud bo‘lgan axloqning oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
Sport turizmi o‘quvchilarning ekomadaniyati va ekoma’naviyati darajasining
o‘sishiga zamin yaratib, xulq, odob, qonun-qoidalari, axloq kategoriyalarini ularning
ongi, hayoti, turmush tarziga singdirishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi (1-rasm).