|
VI. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
|
bet | 7/10 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 72,43 Kb. | | #261040 |
Bog'liq №10 Туристик маҳсулотлар ишлаб чикариш технологияси 2 курс ТуризмVI. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA METODLARI
real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;
esse, tezis va maqolalar yozish;
vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish;
jarayonli-yo’naltirilgan ta’lim;
muhokamalarda ishtirok etish;
kichik guruhlarda ishlash;
loyiha ishi bajarish;
mustaqil ishlarni bajarish;
taqdimot tayyorlash;
turli darajadagi testlarni yechish;
so’rov o’tkazish;
muammoni hal qilish.
VII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABALAR
Fanga ajratilgan kredit talabalarga semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestrda ikki marta yozma ish (yoki test) shaklda o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
Shuningdek, amaliy mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi..
|
| |