• Kalit so’z
  • O’ZBEKISTONDA VA DUNYODA ELEKTR ENERGETIKASINI RIVOJLANISHI




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    O’ZBEKISTONDA VA DUNYODA ELEKTR ENERGETIKASINI RIVOJLANISHI 
     
    D.Xolbayev, A.Abdirimov, H.Matkarimov, J.Yo’ldashev
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya: Bugungi kunda iste’molchilar elektr energiyaga bo’lgan talablarini qondindirish 
    maqsadida qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan elektr energiya olish 
    va Respublika bo’yicha ishlab chiqarilayotgan elektr energiya tahlili.
    Kalit so’z: Elektr energiya, IES, GES, tarmoq, kuchlanish, havo linya, quvvat, tarmoq. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.96 
    Elektr (elektr energiyasi) ning hozirgi zamondagi ahamiyatini baholash juda mushkul; 
    hayotimizni va har bir inson hayotini – ishlab chiqarishdami, biznesdami, turmushdami elektrsiz 
    tasavvur qilish mumkin emas. XX asrda sodir bo’lgan ilmiy-texnika revolyutsiyasining ikki muhim 
    yo’nalishini ko’rsatish mumkin. Bu – odamning fizikaviy energiyasini energiyaning boshqa turlari 
    (asosan elektr energiyasi) bilan to’la almashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirish yordamida 
    odamlarni andazalangan operatsiyalardan (fizikaviy va aqliy mehnatlardan) ozod qilish. SHuning 
    uchun, vatanimiz kompleks xo’jaligining barcha sohalaridagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot energetika 
    va avtomatika bilan aniqlanadi. 
    Energetikani rivojlanishi elektr energiyasini ishlab chiqarishni uzluksiz ko’paytirish bilan 
    bog’liq. Nima uchun, insonlar elektr energiyasini energiyaning asosiy turi sifatida qabul qilgan? 
    Chunki, uni ishlab chiqarish, taqsimlash, hamda undan ishlab chiqarishda foydalanish qulaydir. Bir 
    odamning muskul (mushak) quvvati 50 Vt ga teng, bir yilda u 100 kVt

    s ishlab chiqarishi mumkin. 
    O’zbekistonda esa bir odam uchun 2000-2500 kVt

    s to’g’ri keladi. Aholi boshiga qancha ko’p elektr 
    energiyasi to’g’ri kelsa, shuncha mamlakatda yashash darajasi yuqori bo’ladi. Buni, AQSH, 
    SHvetsiya, Norvegiya, Olmoniya va boshqa rivojlangan mamlakatlar misolida ko’rish mumkin. 
    1 kVt

    s nima beradi? Uning yordamida 1,5 kg po’latni eritish, 30 kg ko’mir qazib olish, 36 kg 
    non yopish, 30 ta jo’ja chiqarish mumkin. Qudratli energetika sistemasiga birlashtirilgan elektr 
    tarmoqlaridagi (elektr stantsiyalaridan iste’molchiga qarab) energiyaning ulkan oqimi tirik 
    organizmning qon tomirlari sistemasiga o’xshashdir. Energetika respublika kompleks xo’jaligining 
    asosiy sohasi hisoblanadi. O’zbekistonda umumiy o’rnatilgan quvvati 11043 MVt bo’lgan 37 ta katta 
    IES va GES; shu jumladan, IES – 9644 MVt, GES – 1399 MVt Uzbekiston o’zini energiya bilan butunlay 
    ta’minlaydi, hamda qisman Markaziy Osiyo davlatlariga va Janubiy Qozog’istonga beradi. 
    O’zbekistonda elektr ta’minotini tashkil qilish 12 ta viloyat elektr tarmoqlari korxonalariga 
    yuklatilgan. Elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi 220000 km dan oshiq, shu jumladan 500 kV 
    kuchlanishda – 1600 km, 220 kV da – 4600 km. Bu elektr tarmoqlar va sistemalar ishonchli va 
    samarali ishlashi lozim! Buning uchun yosh mutaxassisga quyidagilar zarur: o’ta yuqori, yuqori va 
    boshqa kuchlanishli liniyalardagi jarayonlarni tushunishi; o’ta samarali va ishonchli sxema va 
    joylanishlarni, ratsional kuchlanish, optimal kesim yuza, transformatorlarning soni va quvvati, 
    kompensatsiyalovchi uskunalarning quvvati va o’rnatish joyi va boshqalarni to’g’ri tanlashni bilishi 
    kerak. 
    Tarmoqlarning normal va shikastlanish ish holatlarini (tarmoqning alohida qismlarida quvvat 
    yoki toklar, sistema tugunlaridagi kuchlanishlar, tarmoq elementlaridagi quvvat isrofi) hisoblash 
    usullarini bilish lozim. Bu holatlarni boshqarish usullarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, 
    kuchlanishni rostlash imkoniyatlarini bilishi; holatlarni rele himoyasi, nazorat va boshqarish 
    avtomatikasini tushunishi; tarmoqning ratsional variantini tanlash masalalarini yecha olishi kerak. 
    Energosistemaning birorta elementidagi (bunday elementlar bir necha ming) shikastlanish aholisi 
    ko’p millionli butun regionning elektr energiya ta’minotini butunlay yoki qisman to’xtalishiga, sanoat 
    korxonalari, qishloq xo’jalik korxonalri va transport ishini to’xtatishga olib kelishi mumkin. Tarixda 
    bunday katta shikastlanishlar va ularning oqibatlari ma’lum. Masalan, 1965 yili AQSHda, bu 30 mln 
    aholi hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. 
    Uzatish liniyasi deb, elektr energiyasini uzatish uchun mo’ljallangan liniya, ulovchi armatura, 
    tayanch, izolyator, travers, kabel, kanallar sistemasiga aytiladi. Elektr energiyasi 1 kV dan yuqori 
    kuchlanishda uzatilsa, liniya yuqori kuchlanishli (HL), 1 kV dan kichik bo’lsa – past kuchlanishli (PKL) 
    deyiladi. 
    HL lari katta quvvatlarni bir necha yuz km masofalarga 110,220,500,750,...kV kuchlanishda 
    uzatish uchun ishlatiladi. Bunday liniyalardan tashkil topgan tarmoqlar ta’minlovchi deb ataladi. 
    Bulardan farqli, yuqori kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlar energiyani iste’molchilar orasida bir 
    necha o’n km masofada taqsimlash uchun xizmat qiladi va kuchlanishi 6,10,35 kV bo’lgan 
    liniyalardan tashkil topadi. 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’ZBEKISTONDA VA DUNYODA ELEKTR ENERGETIKASINI RIVOJLANISHI

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish