|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 113/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.99
joylashgan. AESlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda AQSH turadi – 60ta AES, reaktorlar soni
100ta.
Keyingi o’rinlarni quyidagi mamlakatlar egallaydi: Frantsiya – 19ta AES, 58 reaktor, Yaponiya –
17ta AES, 43 reaktor, Xitoy – 13ta AES, 36 reaktor, Rossiya – 10ta AES, 36 reaktor, Buyuk Britaniya –
7ta AES, 15 reaktor.
Yangi AESlar qurish bo’yicha Rossiya, Hindiston va Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Ayrim davlatlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishda AESlarning ulushi yuqori bo’lib, 12
mamlakatda bu ulush 30 foizdan oshadi.
Shu bilan birga, ayrim davlatlarda AESlar faoliyati to’xtatilgan. Masalan Italiya o’z hududidagi
barcha AESlarni yopgan. Belьgiya, Germaniya, Ispaniya, SHveytsariya yadroviy energetikadan voz
kechish bo’yicha uzoq muddatga mo’ljallangan siyosatni amalga oshirmoqda. Niderlandiya,
Tayvanь, Shvetsiya atom energetikasidan voz kechishni rejalashtirgandi, ammo hozircha buni
amalga oshirish ortga surilgan.
2017 yil boshidagi holatga ko’ra, dunyo bo’yicha 60ta reaktor qurilish bosqichida. AES
reaktorlaridan foydalanish muddati 30-40 yil, ayrim hollarda 60 yilgacha deb baholanadi. AQSHdagi
Sarri AESi (1972 yilda qurilgan) uchun esa 2015 yilda foydalanish muddatini yana 80 yilga
uzaytirishga ruxsat so’ralgan.
AESlar har 10 yilda tekshiruvdan o’tkaziladi va xavfsizlik standartiga javob beradigan bo’lsa,
tekshiruv natijalariga ko’ra litsenziya muddati uzaytiriladi.
AESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi bo’yicha AQSH dunyoda 1-o’rinda turadi -
804 ming 872,94 GVt/soat. Bu butun dunyodagi AESlar ishlab chiqargan elektr energiyasining
uchdan bir qismiga teng.
Janubiy Koreyadagi Kori AESi dunyodagi eng yirik AES hisoblanadi – uning quvvati 6254 MVtni
tashkil etadi. Frantsiyada jami elektr energiyasining 70 foizi atom stantsiyalarida ishlab chiqariladi.
Hisob-kitoblarga ko’ra, muqobil energiya manbalaridan ekologik toza energiya ishlab chiqarish
AESdagiga nisbatan taxminan 20 baravar qimmatga tushadi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra,
jahondagi ko’mir zaxiralari 270 yilga, neftь 50 yilga va gaz 70 yilga yetadi. AESlarda ishlatiladigan
uran zaxirasi esa 5 718 400 tonnani tashkil etadi. U 2500 yilga yetishi hisoblab chiqilgan.
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari Avstraliya, Qozog’iston, Rossiya va Kanadada. O’zbekiston
bu borada 11-o’rinda turadi.
|
| |