|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 112/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.98
O’zbekistondagi AESning birinchi energobloki 2028 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi
rejalashtirilgan. Avvalroq Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasidagi To’dako’l atrofidagi hududlar
AES qurilishi uchun salohiyatli maydon sifatida ko’rilayotgani ma’lum qilingan edi. Keyinroq
Jizzaxdagi Aydarko’l atrofidagi hudud ham salohiyatli hudud sifatida e’tirof etildi. Ushbu AES qurilishi
11 milliard dollarga baholangan. Sobiq Ittifoq olimlari o’tgan asrning 40-yillarida ana shunday
elektrostantsiyalarning ishlash tamoyillari borasida izlanishlar olib borishni boshlashgan. 1948 yilda
I. Kurchatov hukumatga atom energiyasini ajratib olish bo’yicha ishlarni boshlashni taklif qiladi. 1950
yil mayda Kaluga oblastidagi Obninsk shahrida dunyodagi birinchi AES qurilishi boshlanadi. Quvvati
5 MIt bo’lgan mazkur AES qurilishi 1954 yilda yakunlanadi va Obninsk AESi ishga tushadi. Yadroviy
reaktor yordamida elektr energiyasi esa ilk bor 1951 yilda AQSHning Aydaho shtatida olinadi. U
tajribaviy bo’lib, atigi 800 Vt energiya ishlab chiqaradi. Uning ishlashini tekshirib ko’rish uchun
generatorga to’rtta cho’g’lanma lampochka ulanadi va hech kim kutmagan holda bu lampochkalar
yonadi.
Atom elektr stantsiyasi atom yadrosi ajralib chiqishi natijasida hosil bo’ladigan reaktsiya
asosida ishlaydi. Ushbu jarayonda asosan uran yoki plutoniy atomlari ishtirok etadi. AESda urandan
foydalanish uchun uran rudasi kukunga aylantiriladi. So’ngra uran kukuni metall «tabletka»
ko’rinishiga keltiriladi — u kichik kolbalarga presslanadi va 1500 daraja haroratda bir necha sutka
kuydiriladi.
Aynan mana shu uran tabletkalari yadroviy reaktorlarga joylanadi. Bitta reaktorda bir vaqtning
o’zida 10 milliontaga yaqin uran tabletkalari ishlatiladi.
Atom yadrolari neytron ajratib chiqaradi. Neytronlar yangi neytronlarni hamda ulkan kinetik
energiyaga ega zarralarni hosil qiladi. Aynan mana shu energiya atom stantsiyasi faoliyatining asosini
tashkil qiladi. Atom reaktorida reaktsiya vaqtida ajralgan energiya issiqlikka aylanadi va issiqlik
tashuvchiga (suvga) o’tadi.
So’ngra issiqlik tashuvchidagi harorat maxsus issiqlik almashuvchi qurilmalar orqali ikkinchi
konturdagi oddiy suvga o’tadi va uni qaynatadi. Qaynash natijasida hosil bo’lgan suv bug’i turbinani
aylantiradi. Turbina elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generatorni harakatga keltiradi.
SHunday qilib, AESning ishlash tarzi xuddi issiqlik elektr stantsiyasiniki kabidir. Faqat ular
o’rtasidagi farq bug’ning qanday yo’l bilan hosil qilinishida.
2017 yil 1 fevral holatiga ko’ra, dunyo bo’yicha 31ta davlat atom elektr stantsiyasiga ega bo’lib,
jami 191ta AES faoliyat ko’rsatmoqda va reaktorlar soni 451tani tashkil etadi. Aksariyat atom elektr
stantsiyalari Yevropa, SHimoliy Amerika, Janubi-Sharqiy Osiyo va sobiq SSSR hududida
|
| |