|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 661/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.608
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA TURLARI (SHAMOL VA QUYOSH ENERGIYASI) VA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA SUV OMBORLARIDA BARBO ETILGAN
GIDROELEKTR STANSIYALARINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
Saloydinov Sardorjon Qodirjon o’g’li
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya: Maqolada, shamol energiyasi texnologiyalaridan foydalangan holda suv
omborlari va gidroelektr stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlari haqida
fikr mulohazalar yuritilgan bo’lib, hozirda eng muhim masalalardan bo’lib turgan energetika
sohasidagi muammolarni yechishga imkon beradigan takliflar keltirilgan. Suv omborlari va
gidroelektr stansiyalar bizni mamlakatimiz agrar hududligini inobatga olsak asosiy qismi
sug’orishga berilgani sababli yoz oylaridagi energiya ishlab chiqarish kamayganda shamol
energiyasi orqali stabilligini ta’minlash mumkunligini ko’rib chiqamiz.
Kalit so’zlari: shamol energiyasi, suv omborlari, gidroelektr stansiyalar, energiya
samaradorligini oshirish, energetika sohasidagi muammolar, muammolarni yechimi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son
2023-yilda
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni
jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” [1]
, hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori, 08.07.2022 yildagi PQ-314-son
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
uchun zarur yer maydonlarini ajratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim
hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” [2] gi qarorlari hozir kunda qayta
tiklanuvchi energiyaga bo’lgan talabni qanchalik dolzarb ekanligini ko’rsatib turibdi.
Bu masala yuzasidan oldindan e’tibor qaratiladi ya’ni O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 4-noyabrdagi PQ-4477-son qarori bilan “2019-2030-yillarda O’zbekiston
Respublikasini “yashil” iqtisodiyotga o’tish bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.
“Strategiya”ni amalga oshirishda energiya va yoqilg’i ta’minoti, elektr energiyasi, issiqlik va issiqlik
ta’minoti, joriy yil va 2030 yilgacha bo’lgan davrda mamlakatimizni energiya bilan ta’minlashning
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida energiya iste’mol
qiluvchi ob’ektlar va turli darajadagi quvvatlar, shu jumladan kam energiya talab qiladigan, lekin
mamlakatning ijtimoiy-ekologik rivojlanishida muhim rol o’ynaydigan mamlakatning sezilarli
miqdordagi hududlari mavjud [3].
|
| |